2021-08-02 08:03:24
UMMAT YAXSHIDIR
Savdogarlik qilib, bozor kezgandan,
Olsang nasihatim, qimmat yaxshidir.
Hotam bo‘lib, ammo riyo qilgandan,
Ko‘ngilda qilingan himmat yaxshidir.
Bir mard yaxshi, muxannasning yuzindan,
Hisob kuni oqar qoni ko‘zindan,
Har kim boshqa bo‘lsa aytgan so‘zindan,
Undan dinga qaytgan Yazid yaxshidir.
Xayr ishin tark etib, bad ish izlasa,
Do‘st bo‘lib, do‘stidan sirin gizlasa,
Allohni unutib, yolg‘on so‘zlasa,
Undan jim o‘ltirgan behad yaxshidir.
Qodir Egam - jismimizni bor etgan,
Aqlsizdir, Haq ishiga or etgan,
Bemahal qurilgan buzuq ko‘prikdan
Jahannam ustida sirot yaxshidir
Besh vaqt namoz o‘qi, musulmon bo‘lsang,
Bilib, oxirating g‘amini qilsang,
Joning borligida xayr qozonsang,
Rohat yotar yering - lahad yaxshidir.
So‘z maʼnosin chiqar bir yaxshi joydan,
Bexabarlar ayro tushar Xudoydan,
Besh vaqt namoz qilmas bexabar boydan
Yurtsiz, pirsiz lo‘li-arvat yaxshidir.
Maxtumquli, ko‘rding yaxshi-yomonni,
Yolg‘onchining bo‘lmas onti-iymoni,
Bir oq uyga borsang, olmas mehmonni,
Har kimning o‘z eli - ummat yaxshidir.
«So‘z chamani»: Maxtumquli
t.me/akademnashr
Aloqa | Instagram | Facebook
Twitter | Tiktok | Youtube
2.1K views05:03