Get Mystery Box with random crypto!

«Аkademnashr» nashriyoti

Logo of telegram channel akademnashr — «Аkademnashr» nashriyoti А
Logo of telegram channel akademnashr — «Аkademnashr» nashriyoti
Channel address: @akademnashr
Categories: Literature
Language: English
Country: Uzbekistan
Subscribers: 4.61K
Description from channel

«Akademnashr» nashriyotining rasmiy kanali
Мutolaa qiling!
Оnlayn buyurtma: t.me/akademsavdo
Tel: 99 433-16-77
Manzil: https://maps.app.goo.gl/VcqwAHTqhVTkZLUFA
Ish vaqti: 9:00 ›› 18:00 (Dushanba - Juma)
Aloqa: @akademnashr_bot

Ratings & Reviews

2.75

4 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


serobov
serobov


The latest Messages 70

2021-07-18 07:41:04
– Яна ёрдам пулими? – туриб кетишимга оз қолди. – Ҳар гал мен ёзавераманми, ахир...
– Бўйдоқсиз, ижарада турасиз, сиз ёзсангиз ярашади, – деб юпатди у, – ёки тагида машинаси бор, ўзидан тинган манави акаларингиз ёзсинми?

#акция #улгуриб_қолинг

Абдураҳмон Иброҳимнинг «Ғир-ғир шабада» китобини сотиб олсангиз, муаллиф «Мозийдан келган меҳмон» китобини совға қилмоқда.

Совғалар сони чегараланган!

Нархи
: 17 000 сўм
Харид: http://t.me/akademsavdo

Кузатиб боринг: t.me/akademnashr

Aloqa | Instagram | Facebook
Twitter | Tiktok | Youtube
491 views04:41
Open / Comment
2021-07-17 07:33:07
– Бир иш қилсанг, қўл учида қиласан, – жеркиди у яна жаҳл аралаш.
– Мен ҳам чарчаганман, – ниҳоят чидолмадинг.
– Сен ишлаб келгансан-да? Ёт, ухла бўлмасам, – ўшқирганча, тескари бурилиб олди...
... Тепангда меҳрибон қуёш, ҳаётбахш нурлари билан бутун борлиқни эгаллаб олган. Соябон остида қулай ва хотиржамсан. Оёғинг қумга ботиб, узоқ юрасан, бироқ чарчамайсан. Ёқимли ҳисларни туясан. Қани энди, қани энди уйғонмасам дейсан...

«Соябон остида», Рахшона Аҳмедова

Китоб нархи: 30 000 сўм
Муқова: юмшоқ, 320 бет
Харид учун: t.me/akademsavdo

Кузатиб боринг: t.me/akademnashr

Aloqa | Instagram | Facebook
Twitter | Tiktok | Youtube
1.2K views04:33
Open / Comment
2021-07-16 19:54:20 Bolalar adabiyotida yozuvchilar va ijod mahsullari orasida kichik jarlik paydo bo'layotgani, uning sabablariga yechim izlash tarafdori ekanim haqida yozgandim. Ayni shu mavzu yuzasidan ko'plab ziyolilar, o'z sohasining mutaxassislari va ekspertlar ishtirokida ertaga, 17-iyul kuni soat 20:00 da kanalim orqali ovozli suhbat tashkil etamiz.

Unda sohadagi og'riqli nuqtalar va atroflicha yechimlar haqida suhbatlashamiz. O'z taklif va fikrlaringizni izohlarda yozib qoldiring, eng yaxshi izoh egalariga ertangi suhbatimizda so'z berishga harakat qilamiz.

Suhbatda ishtirok etuvchi spikerlar:

1. Sherzod Shermatov — Xalq ta'limi vaziri
2. Sanjar Nazar — «Akademnashr» rahbari
3. Aziza Umarova — «SmartGov Consulting» rahbari
4. Firuz Allayev — «Asaxiy books» asoschisi
5. Shahnoza Soatova — bloger
6. Axtam Ro'zimurodov — noshir
7. Saida Rashidova — yozuvchi adiba
8. Abdukarim Mirzayev — jurnalist
9. Sa'dullo Quronov — yozuvchi
10. Jahongir Po'latov — «Cambridge» o'quv markazi rahbari
11. Temurbek Adhamov — «Osmondagi bolalar» loyihasi muallifi
12. Muhammadali Eshonqulov — biznes murabbiy
13. Abdusattor Abdurahimov — IT tadbirkor

Suhbatni huquqshunos, bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev bilan birgalikda olib boramiz. Suhbat linki: https://t.me/alisher_sadullaev?voicechat

@alisher_sadullaev
784 views16:54
Open / Comment
2021-07-16 08:52:06
«... юлдузлар йироқлигидан, ой ойдинлигидан, офтоб оташлигидан, ер юмшоқлигидан, сув суюқлигидан, тош қаттиқлигидан, тун қоронғулигидан, йўл узунлигидан норози қичқирмоқда! Одамлар жим, одамлар жим, одамлар жим!»

Темирпўлат Тиллаев, «Ўлим ўпқони»

#иқтибос

Харид учун: t.me/akademsavdo

Кузатиб боринг: t.me/akademnashr

Aloqa | Instagram | Facebook
Twitter | Tiktok | Youtube
1.4K views05:52
Open / Comment
2021-07-15 12:40:35 ​​#янги_китоб_сотувда

«Соябон остида»

Рахшона Аҳмедованинг ҳикоя ва қиссаларида реализмнинг жўн ва жозибадор дунёси яширин. Ёзганларини ўқисангиз, ёзувчининг жаҳонгашталиги, кўп юрт ва одамларни ўргангани, кузатгани сезилади. Адибанинг ўткир маҳорати сизни ана шу оламлар кенглигига етаклаб кетади.

«Бир замонлар бизни чулғаган туйғулар ёш авлод ёзувчиларини ҳам муайян маънода безовта қиларкан, улар нафақат бизнинг давомчиларимиз, мавзуларимизнинг ҳам келажак давомчилари экан. Демак адабий занжир узилмаган, у ишончли қўлларда, фақат уларни авайлаб-асраш, қўллаб қувватлаш керак. Мен шуларни ўйладим».

Темур Пўлатов, Ўзбекистон халқ ёзувчиси

Китоб нархи: 30 000 сўм
Муқова: юмшоқ, 320 бет
Харид учун: t.me/akademsavdo

Кузатиб боринг: t.me/akademnashr

Aloqa | Instagram | Facebook
Twitter | Tiktok | Youtube
1.0K views09:40
Open / Comment
2021-07-14 14:42:25 ​​#review #taqriz

Andrey Platonov"Jon" romaniga yozilgan review

"Jon - saodat yo'llarida sarson qalbdir." (turkman xalq maqoli)

Hech o'ylab ko'rganmisiz, biz nima uchun hayot kechiramiz? Agar bizdan bor-budimizni yulib olib, cho'lga uloqtirishganda, holimiz ne kechar edi? Umid qachon so'nadi? Qalbda kelajak kunga ishonch qolmasa, nima bo'ladi?

Ushbu asar aynan shu haqida. Jon - bu Sariqamish ko'li atrofida yashab kelayotgan kichik qavm bo'lib, uning sanoqli qolgan a'zolari asl va majoziy ma'noda ham hayotdan uzilib qolgandi. Natijada o'sha qavmdan chiqqan, bir muddat Moskvada tahsil olgan Nazar Chig'atoev ismli yigitga ularni to'plash va ular orasida sotsializm qurish vazifasi topshiriladi.

Albatta, Platonov asarida sotsializm qatnashmasa va u o'lik qalblarni "kommunistcha" uyg'otmasa, asari chop etilmaslgini yaxshi bilardi. Shu sababdanmi, tom ma'noda, men bu asarni bemalol liberal yo'nalishda yozilgan deya olaman.

Asar voqealari va undagi qahramonlar doimo harakatda bo'lsa-da, u bir ritmni ushlamaydi. Ba'zi nuqtalarda juda tezlashib ketsa, ba'zi joylarida sokin tasvirlar boshlanadi. Ammo kitobni xayolni bir jamga qo'yib, sokin bir tarzda o'qishni maslahat bergan bo'lardim.

Asardan nima oldim?
Ochig'i, bu savolni taqriz yozarkanman, hamon o'ylanaman. Asarning asosiy tezisi nima? Qiyin sharoitlarda qanday omon qolishmi? Menimcha, unday emas. Turkman xalqini e'zozlashmi? Yaqinu, ammo unday ham emas.

Mening nazarimda, "Jon"da muallif inson faqat yeb-ichish va uxlash uchun bu dunyoga kelmaganligi, qorinni to'yg'azish va yotoqda xotin bilan yotish qayg'usi - hali chinakam tiriklik degani emasligini ochib bermoqchi bo'ladi bizga. Bosh qahramon chala o'lik yigirma chog'lik qavmni qayta hayotda yashashga o'rgatguncha, cho'lda tortgan azoblari buning qanchalar murakkab ekanligini ko'rsatib beradi.

Asardan ko'p narsa olsa bo'ladi. "Jon" — tiriklik va yo'qlik, hayot va o'lim, ruhiyat sokinligi haqida tafakkur qilishga undovchi g'aroyib asar.

Menda hozircha shu. Keyingi mutolaalarda ko'rishguncha, aziz kitobsevarlar...

@panda_books
1.1K views11:42
Open / Comment
2021-07-14 07:34:48 #тақриз #китобхондан

ЙИҒЛАБ ЎҚИЛАДИГАН АСАР ҲАҚИДА

Сийқаси чиқиб кетган, ростлигига шу гапларни ўйлаб топганларнинг ўзи ҳам ишонмайдиган қуйидаги жумлалар билан бошланади асар: “... Ҳар куни Сталиннинг мана бу гапи «Правда», «Известия», «Комсомольская правда» газеталарида босилади:

«СССР – эрксевар мамлакат. Дунёда унга тенг келадиган давлат ҳам, куч ҳам йўқ. Биз бунга биринчи галда Компартиямизнинг доно сиёсати ва улуғ рус халқининг етакчилигида эришдик...

ДАВОМИ...


Кузатиб боринг: @akademnashr

Aloqa | Instagram | Facebook
Twitter | Tiktok | Youtube
1.3K viewsedited  04:34
Open / Comment
2021-07-13 08:56:28 ​​​​#yangi_kitob_sotuvda

«Pythonda dasturlash asoslari»
Anvar Narzullayev


Dasturlash asoslariga oid o‘zbek tilidagi ilk eng mukammal qo‘llanma hisoblanadi.

Kitobning har bir bo‘limi uchun maxsus video darslar yozilgan bo‘lib, ularga kitobda ko‘rsatilgan QR kod orqali o‘tish mumkin. Darslar bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar va ularning javoblari Github platformasiga yuklangan.

Qo‘llanma Python dasturlash tili asosida yozilganligiga qaramay, dasturlashga ilk qadam qo‘yayotgan barcha ixlosmandlarga tavsiya etiladi.

Kitob nafaqat talabalar, o‘quv markazlari tinglovchilari, maktab o‘quvchilari balki mustaqil ravishda dasturlashni o‘rganuvchilar uchun ham mo‘ljallangan.

Kitob 23-iyul kunidan sotuvga chiqariladi.

Oldindan to‘lov qiling va kitobni birinchilardan bo‘lib qo‘lga kiriting!

Narxi: 50 000 so‘m
Muqova: qattiq
Buyurtma berish: @akademsavdo

O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib beriladi.
Xizmat narxi: 10 000 so‘m.

Kuzatib boring: @akademnashr

Aloqa | Instagram | Facebook
Twitter | Tiktok | Youtube
7.2K views05:56
Open / Comment
2021-07-12 13:30:32
#факт

Дунёдаги энг сермаҳсул ёзувчи Барбара Картленд ҳисобланади. У ойига ўртача иккитадан роман ёзган.

@akademnashr

Aloqa | Instagram | Facebook
Twitter | Tiktok | Youtube
1.0K views10:30
Open / Comment
2021-07-12 07:55:00 «Men endi amin bo‘ldim: sen xuddi mening xo‘jabekam yoki anavi Tibbe xo'jayining kabi haqiqiy odam ekansan. Ular ham qorni ochiqsa, tippa-tirik tovuqni chavaqlab, hech uyalmay qozonga bosishadi. Keyin maza qilib, suyagigacha qoldirmay yeb bitirishadi. Lekin birorta qush ovlagan mushukni ko‘rib qolishsa bormi, dunyoni boshiga ko‘tarib ayyuhannos solishadi. Mana senga ikkiyuzlamachilik, mana senga munofiqlik!»

Anni Shmidt, «Mushuklar malikasi Minush»

t.me/akademnashr
2.3K views04:55
Open / Comment