Get Mystery Box with random crypto!

«Аkademnashr» nashriyoti

Logo of telegram channel akademnashr — «Аkademnashr» nashriyoti А
Logo of telegram channel akademnashr — «Аkademnashr» nashriyoti
Channel address: @akademnashr
Categories: Literature
Language: English
Country: Uzbekistan
Subscribers: 4.61K
Description from channel

«Akademnashr» nashriyotining rasmiy kanali
Мutolaa qiling!
Оnlayn buyurtma: t.me/akademsavdo
Tel: 99 433-16-77
Manzil: https://maps.app.goo.gl/VcqwAHTqhVTkZLUFA
Ish vaqti: 9:00 ›› 18:00 (Dushanba - Juma)
Aloqa: @akademnashr_bot

Ratings & Reviews

2.75

4 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


serobov
serobov


The latest Messages 2

2022-08-25 16:17:03
#yangi_nashr

TURK SHE'RIYATI ANTOLOGIYASI

Nazm muxlislari uchun turk she'riyatining sara namunalarini o'zida jamlagan yangi kitob nashr etildi.

Kitobda Yunus Emro, Mehmed Akif Erso‘y, Yahyo Kamol Bayotli, Oshiq Vaysal Shotiro‘g‘li, Shukufa Nihol Bashar, Ali Mumtoz Oro‘lot kabi ko‘plab qardosh turk xalqining taniqli shoirlari ijodi qamrab olingan.

Tarjimon: Yo‘ldosh Eshbek
Nashrga tayyorlovchi: Abdumurod Tilavov
Muharrir: Shermurod Subhon

MUNDARIJA

Muqova: yumshoq
Hajmi: 368 bet
Narxi: 38 000 so'm
Xarid: t.me/akademsavdo

Kuzatib boring: @akademnashr

Instagram | Facebook | Twitter
1.4K views13:17
Open / Comment
2022-08-25 09:03:41 #gaplashamiz

Turk she'riyatiga qiziqasizmi? Turk shoirlaridan kimlarning ijodi bilan tanishsiz?

Yangilik bor. Yaqin soatlarda bilib olasiz...

@akademnashr | #yangi_nashr
1.2K views06:03
Open / Comment
2022-08-24 10:23:07 ​​ KITOB HAQIDA KITOB

To'ldirilgan 2-nashri

Endi sizda «Qaysi kitobni o‘qisam ekan?» degan savolga o‘rin qolmaydi. Barcha savollaringizga mazkur «mutolaa ensiklipodeyasi»dan javob olasiz.

Kitob to‘rt bo‘limdan iborat bo‘lib, «Maqolalar» bo‘limidan muallifning gazeta va jurnallarda chop etilgan maqolalari o‘rin olgan. «Tadqiqotlar» bo‘limida esa so‘rovnoma va tahliliy-surishtiruv materiallar keltirib o‘tilgan.

Kitobning ikkinchi nashri «Bolalarga qanday kitoblar yoqadi?», «Kitob yo‘li: ro‘yodan ro‘yobga», «Kitobxon bolalarga 8 tavsiya», «Nyu-York xalq kutubxonasi: asrning eng shov-shuvli kitoblari», «Guardian: XXI asrning eng yaxshi 100 ta kitobi» kabi maqolalar bilan to'ldirildi.

Muallifning Tohir Malik, Anvar qori Tursunov, Abror Muxtor Aliy kabi ziyoli insonlar bilan uyushtirgan intervyulari «Suhbatlar»da, «Ma’lumotlar»da bo‘lsa, muallif tomonidan tarjima qilingan maqola va ma’lumotlar tilga olingan.

Shuningdek, kitobda «Guardian: barcha davrlarning eng yaxshi 100 kitobi», «Rossiyalik maktab bitiruvchilari o‘qib chiqishi shart bo‘lgan 100 ta kitob», «BBC: barcha davrlarning eng yaxshi 200 kitobi» va shu turdagi qiziqarli ma’lumotlar keltirilgan.

Muallif: Davronbek Tojialiyev
Hajmi: 272 bet
Muqova: yumshoq
Narxi: 30 000 so‘m
Xarid: t.me/akademsavdo

Kuzatib boring @akademnashr | #qayta_nashr
1.4K viewsedited  07:23
Open / Comment
2022-08-23 20:31:47 To‘g‘ri javob: agar

Viktorina g‘olibi: Isfandiyor Baxoviddinov

Manba

@akademnashr
1.4K views17:31
Open / Comment
2022-08-23 19:21:02
Diqqat savol: Ularning javobini aniq yozib bering.

@akademnashr
1.6K views16:21
Open / Comment
2022-08-23 15:25:16
Bugun... #viktorina

Sovrin: «O‘ZBEK QO‘SHIQ SHE'RIYATI SULTONI» kitobi

21:21

Yaqinlaringizni xabardor qiling.

@akademnashr
1.5K views12:25
Open / Comment
2022-08-22 11:39:41 ​​ JAN LAFONTEN: «BO‘RI BILAN QO‘ZICHOQ»

O'zi she'riyatga uncha qiziqmas edim, lekin shu kitobni o'qidim-u she'riyatga qiziqishim ortdi. Ushbu kitobda avval aytib o'tganimdek juda ko'p ajoyib masallar she'riy tarzda bayon qilingan.

Men haligacha qayta qayta o'qiyapman, hattoki ba'zi masallarni, iboralarini yodlab ham oldim.

Lafonten o‘z masallarida halollik, haqgo‘ylik, odamiylik singari umuminsoniy mavzularni ko‘tarib chiqadi hamda hayotda uchraydigan ijtimoiy kamchiliklar va inson xulqidagi nuqsonlarni hajviy kulgi ostiga oladi.

She'riy masallarida o'ziga yarasha soddalik, o'z navbatida so'z kuchi va ma'nolarni mohirona yetkazib berilgan ekan. Lafontenga qoyil qolmasdan iloj yo'q. Tarjima ham o'z navbatida a'lo darajada bo'libdi, xuddiki asli kabi biror katta o'zgartirish kiritilmagandek go'yo. Xullas, she'riyat va masal shaydolari, bu kitobni albatta o'qing...

Uning she'riy masallari juda ko'p holatlarda hozirgacha ertakka, multfilmga va yoki hikoyalarga aylantirilgan. Eng ajablanarlisi, siz bu kitobni o'qib ana shu multfilm yoki ertaklardan olmagan ibratni shu kitobdan olasiz. (Original baribir originalda :))

Kitobland blogi

@akademnashr
1.5K viewsedited  08:39
Open / Comment
2022-08-21 13:23:26
#qayta_nashr

«Kitob haqida kitob»ning to‘ldirilgan ikkinchi nashri tez kunlarda kitobxonlar qo‘liga yetib boradi.

Muallif
: Davronbek Tojialiyev

Mazkur kitob haqidagi kitobxon mulohazalari:

Abror Muxtor Aliy

The Muallimah

Bookgeek.uz

Muhammadamin Mirsaidov

Kuzatib boring: @akademnashr

Instagram | Facebook | Twitter
1.4K views10:23
Open / Comment
2022-08-20 20:34:50
Yuqoridagi parcha Somerset Moemning «Luiza» nomli hikoyasidan olingan edi. Mazkur hikoya «Yomg‘ir» hikoyalar to‘plamidan joy olgan.

Telegram | Instagram | Facebook
1.4K views17:34
Open / Comment
2022-08-20 05:58:57 Dialogni o'qib, hikoya nomi va muallifini toping.

— Doim o‘limimni kutayotgandek gapirasiz..
— Aytmoqchi, yuragingiz ancha sog‘ayib qolibdi, deb eshitdim?
— Yuragim hech qachon sog‘aymaydi. Bugun ertalab shifokor ko‘rigiga bordim. O‘lishga tayyor bo‘lib turishimni maslahat berdi.
— Yo‘g‘-e, bunga yigirma yildan beri tayyorlanasiz-u?

Kuzatib boring: @akademnashr

Instagram | Facebook | Twitter
1.6K views02:58
Open / Comment