Get Mystery Box with random crypto!

«Аkademnashr» nashriyoti

Logo of telegram channel akademnashr — «Аkademnashr» nashriyoti А
Logo of telegram channel akademnashr — «Аkademnashr» nashriyoti
Channel address: @akademnashr
Categories: Literature
Language: English
Country: Uzbekistan
Subscribers: 4.61K
Description from channel

«Akademnashr» nashriyotining rasmiy kanali
Мutolaa qiling!
Оnlayn buyurtma: t.me/akademsavdo
Tel: 99 433-16-77
Manzil: https://maps.app.goo.gl/VcqwAHTqhVTkZLUFA
Ish vaqti: 9:00 ›› 18:00 (Dushanba - Juma)
Aloqa: @akademnashr_bot

Ratings & Reviews

2.75

4 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


serobov
serobov


The latest Messages 3

2022-08-19 18:10:41
Dasturlash tillari — 10 daqiqada

«TexnoPlov» blogining dasturlash tillari haqidagi ajoyib videosini tomosha qiling.

05:06 - JavaScript va 05:29 - Python haqida gapirib o‘tilgan ekan

Dasturlashga oid eng sara o'zbek tilidagi kitoblar

Kuzatib boring: @akademnashr

Instagram | Facebook | Twitter
2.5K viewsedited  15:10
Open / Comment
2022-08-19 13:30:51
Dasturlash olamiga qadam qo'yishning ayni vaqti

Dasturlashga oida eng sara o'zbek tilidagi kitoblarni tavsiya qilamiz..

«C++ tili asoslari» — 60 000 so‘m
Onlayn xarid

«Mukammal dasturlash: JavaScript» — 46 000 so‘m
Onlayn xarid

«Mukammal dasturlash: HTML & CSS» — 46 000 so‘m
Onlayn xarid

«Pythonda dasturlash asoslari» — 55 000 so‘m
Onlayn xarid

Telegram | Instagram | Facebook
6.0K views10:30
Open / Comment
2022-08-18 11:58:16 ​​NAZAR ESHONQUL: SAYLANMA-II

Ham tarix, ham kelajak. Nazar Eshonqulning favqulodda muhim hodisa deb atashga arziydigan asari. "Lahad", boshqa nomi esa "Go‘ro‘g‘li yoxud hayot suvi". Sobiq kommunistik tuzumning chirkinliklari va inson atalmish mavjudlikka ko‘rsatgan zug‘umlari aks etgan roman. N. ismli shaxsning borliq ichra birdaniga yo‘q bo‘lib qolishi. Jamiyatdagi o‘z o‘rni, mavqei, uy-joyi, borinki barchasidan judo bo‘lishi. Kecha unga yaqin bo‘lgan insonlarning barchasi undan uzoqlashishi, sevgan qizi(o‘ynashi)ning tashlab ketishi, insonlar unga vahm ila boqishlari, oylar davomida ko‘rilgan chalkash tushlar, ahmoqona sud jarayonlaridan tortib to tergovchini izlab teshilgan kovushgacha. Barchasi birgina N.ning o‘limi haqida gazetaga noto‘g‘ri xabarning bosilishi oqibatida.

Xabar bosildi, rahbarlar esa uni tasdiqlashdi, ular biz adashibmiz uzr, deb o‘zlarini sharmanda qilisharmidi? Yo‘q. N. ni rostan ham o‘ldirib qo‘ya qolishadi, tamom. Bu nafaqat kechagi tarix va kutilayotgan kelajak hamdir.

Saylanmada ikkita roman ("Lahad", "Taqiq mevasi") va uchta qissa("Urush odamlari", "Tun panjaralari" va "Qora kitob") bor. Xuddi beshta mustaqil kitob o‘qigandekman, fikrlar chalkash, g‘oyalar esa bir postga sig‘maydi. Balki bu asarlarni sizdan qizg‘anayotgandirman, balki revyularini yozgim kelmayotgandir, bilmadim. Lekin bu kitoblarni o‘qishingiz kerak, o‘zbek ham, boshqasi ham.

Nurali Karimov

Kuzatib boring
: @akademnashr

Instagram | Facebook | Twitter
1.5K views08:58
Open / Comment
2022-08-17 13:29:40
Qay biri to'g'ri?
Anonymous Quiz
55%
chiy-chiylamoq
45%
chiychiylamoq
649 voters1.6K views10:29
Open / Comment
2022-08-17 10:41:52
Vaqt, vaqt, vaqt... U bunchalar tez o'tadi? Qayoqqa bunchalar shoshadi? Bu qattol shiddat inson umrini tushga, ro'yoga aylantirib qo'ymaydimi? Uxlading-u, uyg'onding. Qisqagina davom etgan tushingda esa butun umringni ko'rding. Bunchalar shafqatsizsan, vaqt?

ABDUQAYUM YO‘LDOSH: PUANKARE

Muqova
: yumshoq
Narxi: 17 000 so‘m

Xarid: t.me/akademsavdo

@akademnashr

Telegram | Instagram | Facebook
1.6K views07:41
Open / Comment
2022-06-22 10:22:41
#sotuvda

SALTANATLAR JANGI

Kitobda Napoleon hukmronligi ostidagi farang imperiyasi va imperator Aleksandr I boshchiligidagi Rossiya imperiyasi o‘rtasidagi dahshatli hamda dramatik kurash haqida hikoya qilinadi.

Muallif: Ixtiyor Esonov
Muqova: yumshoq
Hajmi: 256 bet
Narxi: 20 000 so‘m

—————————
Manzil: Chilonzor, So'galli ota - 5.
Xarid: t.me/akademsavdo

Telegram | Instagram | Facebook
819 views07:22
Open / Comment
2022-06-21 19:08:05
Bir kun qoldi!

Mezana anjumanlar markazi hamda Akademnashr hamkorligida katta ilmiy suhbat!

O'zbek kitobxonlariga "O'zbekiston tavalludi: ilk SSSR davrida millat, imperiya va inqilob" asari orqali tanish bo'lgan amerikalik olim Adib Xolid bilan ijodiy uchrashuv!

Asar yuzasidan o'zingizni qiziqtirgan barcha savollarga muallifning aynan o'zidan javob olish imkoniyatini o'tkazib yubormang.

Ilmiy suhbatga tashrif buyuring!

Ijodiy uchrashuv ertaga soat 18:15 da bo'lib o'tadi.

Ro'yxatdan o'tish uchun

Murojaat uchun telefon:
+998 99115-55-12
+998 99115-55-07

Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Bog'iravon 55-uy
Mo'ljal: "Modern Stroy" binosi

Joylashuv

Barchani kutib qolamiz!
803 views16:08
Open / Comment
2022-06-21 12:16:31 Айни дамда "Akademnashr" нашриётининг раҳбари “ORIAT Dono” радиосида, эшитамиз...

http://oriatdono.uz/
1.2K viewsedited  09:16
Open / Comment
2022-06-21 07:00:04 ​​#foydali

«Kutish» rejimining zararlari

Kompyuter, televizor kabi jihozlarni kutish rejimida qoldirib elektr quvvatini ortiqcha sarf qilasiz. Kompyuterdan bir muddat uzoqlashdingizmi, monitor va karnaylarini o'chirib qo'yish mumkin.

Mobil telefon toʻliq zaryadlanib boʻlgach, uni sugʻurib qoʻying. Quvvatlaydigan qurilmaning o'zini ham sug'urishni unutmang, quvvat bermagan holatda ham, sug'urib qo'yilmasa, iste'mol qilishda davom etadi, juda kam boʻlsa ham.

«Aqlli uy» tizimini qo'llang

Harakat datchiklari, aqlli lampalar, Wi-Fi rozetka, quyosh batareyali yoritkichlar, fotorele va «Aqlli uy» tizimiga kiruvchi boshqa qurilmalar elektr quvvatni samarali tejash imkonini beradi.

Tizimning mohiyati shundaki, yoritish, isitish va elektr quvvat bilan ta'minlash tashvishi maxsus dasturlar yordamida boshqariladi. Elektr jihozlarning, yoritish, istish tizimining ishlash jadvali avvaldan kiritiladi, natijada jihozlar faqat kerak boʻlgan paytdagina, siz uyda boʻlganda (yoki kelishingizdan biroz avval) ishga tushadi.

SUPER ELEKTRIK
1.2K views04:00
Open / Comment
2022-06-20 21:29:07 #viktorina

To‘g‘ri javob: realizm, modernizm, postmodernizm

Manba: «Kitob bandasi», Nazar Eshonqul

Matnni to‘liq holda o‘qishingiz mumkin:

***

Realizm, modernizm, postmodernizm. Ularni qanday farqlash, mohiyatini anglash mumkin? Menimcha, juda oson.

Realist ijodkor fotografga, modernist musavvirga, postmodernchi montajchiga o'xshaydi.

Yaxshi fotografiya ham san'at, usta fotograf undan ham san'at asari yarata oladi, bunga san'at tarixi ko'p marta guvoh bo'lgan, lekin u voqelikka to'liq bo'ysunadi, ko'z oldidagini aks ettiradi.

Musavvir esa voqelikni o'ziniki qiladi, voqelikni xohish-irodasi, didi, tasavvuri va tafakkuriga bo'ysundiradi, U voqelikni o'zi istaganday yaratadi va taqdim qiladi.

Postmodernchi esa bugungi texnik imkoniyatlarini namoyish qilish uchun voqelikni zamonaviy texnik, fikriy, ma'naviy, moddiy effektlar bilan montaj qiladi.

P/S: Bugungi viktorinada to‘g‘ri javob topilmadi.

@akademnashr
1.2K views18:29
Open / Comment