Get Mystery Box with random crypto!

«Аkademnashr» nashriyoti

Logo of telegram channel akademnashr — «Аkademnashr» nashriyoti А
Logo of telegram channel akademnashr — «Аkademnashr» nashriyoti
Channel address: @akademnashr
Categories: Literature
Language: English
Country: Uzbekistan
Subscribers: 4.61K
Description from channel

«Akademnashr» nashriyotining rasmiy kanali
Мutolaa qiling!
Оnlayn buyurtma: t.me/akademsavdo
Tel: 99 433-16-77
Manzil: https://maps.app.goo.gl/VcqwAHTqhVTkZLUFA
Ish vaqti: 9:00 ›› 18:00 (Dushanba - Juma)
Aloqa: @akademnashr_bot

Ratings & Reviews

2.75

4 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


serobov
serobov


The latest Messages 9

2022-06-01 14:32:03 ​​ GEOGRAFIYA FANIDAN UNIVERSAL QO‘LLANMA — I-II

#yangi_nashr

Kitoblar maktab darsliklari va o‘quv atlaslaridan foydalangan holda, test tizimining zamonaviy talab va tavsiyalari asosida ishlab chiqilgan.

Qo‘llanmalarning universal tomoni shundaki, unda har bir sinf kesimida muhim geografik ma'lumotlar va savol-javoblar to‘plami berilgan.

«Geografiya fanidan universal qo‘llanma» shartli ravishda ikki qismdan iborat: 1) «Muhim geografik ma'lumotlar» qismidan darslik matnida keltirilgan 4000 ga yaqin asosiy tushuncha va izohlar, 2) «Savol-javoblar» qismidan esa 4000 ga yaqin savol-javoblar o‘rin egallagan.

Mualliflar: Adhamjon Mamadiyorov, Quvonchbek Sag‘dullayev, Shahzod Ibragimov
Hajmi: 1-qism: 432 b. 2-qism: 528 b.
Muqova: yumshoq
Narxi: 23 000 so'm (har biri)

—————————
Manzil: Chilonzor, So'galli ota - 5.
Xarid: t.me/akademsavdo

Telegram | Instagram | Facebook
1.2K views11:32
Open / Comment
2022-06-01 08:50:42
1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni!

Jajji muxlislarimizni bayram bilan muborakbod etamiz, ularga kelgusida ulkan zafarlar tilab qolamiz!

Telegram | Instagram | Facebook
2.6K views05:50
Open / Comment
2022-05-31 13:35:41 ​​#yangi_nashr #tez_kunda

NAZAR ESHONQUL: «KITOB BANDASI»

Iliq bahorning so‘nggi kunlarida «Akademnashr»dan qaynoq tuhfa

«Aslida, bizni o‘rab turgan olam ham, biz bilan birga yashayotgan odamlar ham, o‘zimiz ham yashash va xulosa qilish, saboq olish, anglash va hushyor tortish uchun abadiyat lahzalariga bitilgan bir kitobmiz: bu kitobni, uning ichini o‘qish, anglash, his etish va o‘qiganlarini boshqalarga yetkazish esa faqat ijodkor – san’atkorning qo‘lidan keladi....

Yangilanayotgan dunyo poklanayotgan dunyodir. Yangi adabiyot yangi so‘z, yangi til deganigina emas, balki yangi dunyo, yangi iztirob, yangi tafakkur, yangi yuksaklik degani hamdir».

Mazkur kitob taniqli adib Nazar Eshonqulning dunyo adabiyoti va san'ati namoyondalari haqidagi kuzatishlari, adabiy tahlil va mulohazalaridan tashkil topgan. Undagi muallif xulosalari o‘quvchiga ijod mohiyatini teranroq anglashda yordam beradi.

Hajmi: 416 bet
Bichimi: 60x84 1/16
Muqova: qattiq
Narxi: 45 000 so‘m

—————————
Manzil: Chilonzor, So'galli ota - 5.
Xarid: t.me/akademsavdo

Telegram | Instagram | Facebook
1.5K views10:35
Open / Comment
2022-05-31 10:42:54
ESKI O‘ZBEK YOZMA ADABIY TILI

Kitob o‘zbek tili tarixida kechgan uzoq va murakkab lingvistik jarayonlarni bir tizimda o‘rganib chiqishga, shuningdek yuz bergan o‘zgarishlarni muayyan izchillikda aks ettirishga xizmat qiladi.

Unda o‘zbek adabiy tilining yuzaga kelishidan boshlab o‘rta asrlardagi tarixiy taraqqiyoti, tilning fonetik va yozuv tizimi, grammatik qurilishi, yozma uslublar takomili masalasi, lug‘at tarkibida yuz bergan o‘zgarishlar yozma yodgorliklar materiali asosida ko‘rib chiqiladi.

Kitob filologlar, turkiy tillar tarixi yo‘nalishida izlanish olib borayotgan yosh ilmiy xodimlar va talabalarga mo‘ljallangan.

Muallif: Qosimjon Sodiqov
Hajmi: 592 bet
Muqova: qattiq
Narxi: 75 000 so‘m

—————————
Manzil: Chilonzor, So'galli ota - 5.
Xarid: t.me/akademsavdo

Telegram | Instagram | Facebook
419 views07:42
Open / Comment
2022-05-30 20:00:56
To‘g‘ri javob: apelsin

Manba: «Xaloskor sulton Sayfiddin Qutuz», Shahodat Ulug‘

To‘g‘ri javobni birinchi bo‘lib, Lazizbek ismli ishtirokchimiz topdi.

—————————
Manzil: Chilonzor, So'galli ota - 5.
Xarid: t.me/akademsavdo

Telegram | Instagram | Facebook
932 views17:00
Open / Comment
2022-05-30 19:01:14
#viktorina #savol

—————————
Manzil: Chilonzor, So'galli ota - 5.
Xarid: t.me/akademsavdo

Telegram | Instagram | Facebook
1.0K views16:01
Open / Comment
2022-05-30 17:13:06
#viktorina

Bugungi sovrin: Shohruh-Mirzo Rahmonov, «MUKAMMAL XOTIRA - 2» kitobi

21:00

Kanalimizni kuzatib boring. Yaqinlaringizni viktorinaga chorlang.

—————————
Manzil: Chilonzor, So'galli ota - 5.
Xarid: t.me/akademsavdo

Telegram | Instagram | Facebook
1.7K views14:13
Open / Comment
2022-05-30 15:01:45
Qalam sotuvchi

Viktor Gyugo Prussiyaga yo‘l oladi. Chegarada:

– Nima bilan shug‘ullanasiz? – deb so‘raydi anketa to‘ldirayotgan jandarm.

– Yozaman, – deb javob beradi adib.

– Tirikchiligingiz nimadan, deb so‘rayapman, – deydi nazoratchi tushuntirgan bo‘lib.

– Qalamdan, – deb qo‘ya qoladi Gyugo.

– Ha, unday bo‘lsa, – deb yengil tortadi jandarm, – “kasbi” degan joyga “qalam sotuvchi” deb yozib qo‘yamiz.

Orif Tolib tarjimasi

Telegram | Instagram | Facebook
1.2K views12:01
Open / Comment
2022-05-30 08:24:41
SUPER ELEKTRIK

Zamon tezkor va shiddatli. U insondan hayotning turfa sinovlariga tayyor turishni talab qiladi. Bugun erinchoqlik qilib nimanidir oʻrganmasangiz, hayotdan orqada qolib ketishingiz mumkin.

Kitobda barcha zamonaviy kashfiyotlarning asosi boʻlmish elektr toki, elektr jihozlar, texnika va texnologiyalar, elektr bilan ishlashda amal qilinishi kerak boʻlgan xavfsizlik qoidalari haqida batafsil ma'lumot beriladi.

Mazkur qo‘llanma «Dastlabki tushunchalar», «O‘tkazgichlar olami», «Elektr jihozlar», «Elektr va xavfsizlik», «Maishiy texnika», «Bilimlar ombori», «Elektron sxemalar», «Layfxak» kabi bo‘limlardan tashkil topgan.

Har bir mavzu tushunarli bo‘lishi uchun surat, grafik va chizmalar bilan boyitilgan.

Fan-texnika olamiga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasi uchun mo'ljallangan.

Muallif: Adham Ahmedjanov
Hajmi: 392 bet; yumshoq muqova, A4
Narxi: 75 000 so‘m
Xarid: t.me/akademsavdo

@akademnashr

Telegram | Instagram | Facebook
1.1K views05:24
Open / Comment
2022-05-29 08:30:11 ​​2019 yilning noyabrida "Akademnashr"da ish boshlagandim. Hali noshirlikda hech vaqoni bilmayman, sohani "kitob o‘qish"gina, deb biladigan odamga Sanjar aka hech ikkilanmay ishonch bildirgandilar. Aytilgan maosh ham men uchun o‘sha paytlari katta summa edi...

Noyabr oxiriga borib ikkinchi ishonch bildirildi. Qo‘limga Adib Xolidning "O‘zbekiston tavalludi..." kitobining tarjimasini berib, shuni asliyati bilan solishtirib, tahrirlang, tarjimon bilan ham bamaslahat ish ko‘ravering, dedilar.

Rosti, avval bunday katta ko‘lamdagi ish olmagan, tahrirni nimadan boshlashni ham bilmasdim. Keyin sekin-sekin hammasi iziga tushib, jo‘nashib ketdi. "O‘zbekiston tavalludi..." menga qator ilmlarning eshigini ochib berdi sal o‘tib. Nashriyotda "tavallud topishim"ga hissa qo‘shgandi))

Eng avval ilmiy asar qanday yozilishi, dalillar bilan ishlash, fakt-cheking, soxta matn, manbani aslidan ajratish, xronologiyani qanday shakllantirish va eng muhimi, noshirlik amalda qanday bo‘lishini o‘zimga bildirmay o‘rgatib qo‘yaverardi. Kitob tarbiyalasa, shunchalikdir-da))

Tahrirni tugatganimda alohida haq ham berildi. Mukofotlanganim uchinchi ishonch bo‘ldi.

Shunda "Akademnashr"da ishonch hammasidan ustunligini tushungandim. Bilaman, tahririmdan o‘zimning ham ko‘nglim to‘lmagan. Mendan keyin yana ikki muharrir ham ko‘rib chiqqan bu kitobni. Lekin sening no‘noqligingni hali endi boshlovchi-da, deya ko‘z yumib, xatolaringni bilmaganga olib, tag‘in ishonch bildirilgani, bilmasam, hamma rahbarniyam qo‘lidan kelavermasa kerak... (Bu davlat pulini tuya qiladigan tashkilot emas, xususiy, o‘z pullarini boricha ishiga tikkan, foyda-ziyoni ham faqat o‘ziga tegishli rahbarning bag‘rikengligi)

Bularni kimnidir alqash yoki zo‘r odamsiz-da, deyish uchun yozmadim. Shunchaki, odamlar orasida ishonch kamayayotgani achinarli ekanini shu palla yozgim keldi, xolos.

Ishonch uchun rahmat)

Charos Nizomiddinova

Telegram | Instagram | Facebook
1.2K views05:30
Open / Comment