Get Mystery Box with random crypto!

«Аkademnashr» nashriyoti

Logo of telegram channel akademnashr — «Аkademnashr» nashriyoti А
Logo of telegram channel akademnashr — «Аkademnashr» nashriyoti
Channel address: @akademnashr
Categories: Literature
Language: English
Country: Uzbekistan
Subscribers: 4.61K
Description from channel

«Akademnashr» nashriyotining rasmiy kanali
Мutolaa qiling!
Оnlayn buyurtma: t.me/akademsavdo
Tel: 99 433-16-77
Manzil: https://maps.app.goo.gl/VcqwAHTqhVTkZLUFA
Ish vaqti: 9:00 ›› 18:00 (Dushanba - Juma)
Aloqa: @akademnashr_bot

Ratings & Reviews

2.75

4 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


serobov
serobov


The latest Messages 11

2022-05-25 10:52:47 Yangi davr she’riyatining Cho‘lponi

Ayni ijodi gullagan davrida mustabid tuzum qurboni bo‘lgan xalqimizning o‘tyurak farzandi Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon ijodiga, shaxsiyatiga qiziqish hech qachon so‘nmadi. Adib merosi, ayniqsa, istiqlol yillari yurtimizda, shuningdek, xorijda ham katta qiziqish bilan o‘rganila boshladi.

Tatariston xalq shoiri Radif Gatashning Cho‘lponga bag‘ishlangan maqolasi fikrimiz isbotidir. Ushbu maqola qisqartirib e’tiboringizga havola etilmoqda.

Maqolani o'qing
————————————

@akademnashr

Telegram | Instagram | Facebook
424 views07:52
Open / Comment
2022-05-24 16:06:19
#bolalar_kuni_tuhfasi

Sovg‘a to‘plami narxi: 100 000 so‘m

Xarid: t.me/akademsavdo

Manzil: Chilonzor, So'galli ota - 5.

@akademnashr

Telegram | Instagram | Facebook
1.4K views13:06
Open / Comment
2022-05-24 11:48:11 ​​ Bolalarni barcha yomonliklardan himoya qilishni istasangiz, ularga yaxshi kitoblar hadya qilishda bardavom boʻling. Chunki kitob bu ilm. Ilmli inson esa Allohning marhamati bilan nafaqat oʻzini boshqalarni ham himoya qilishga qodir.

1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan “Akademnashr” nashriyoti tomonidan tayyorlangan sovgʻa toʻplamini xarid qiling va bolajonlarga hadya qiling.

Toʻplamga Respublikamizda “Bolalar va oʻsmirlar uchun eng yaxshi kitob” deb tan olingan “Bobomning oshqozonidagi mamlakat” hamda niderland tilidan bir necha tillarga shu jumladan oʻzbek tiliga ham tarjima qilinib jahon bolalarining sevimli kitobiga aylangan “Mushuklar malikasi Minush” kiritilgan. “Jajji akademik kutubxonasi”dan esa “Jajji huquqshunos” kitobi bonus sifatida bizdan hadya.

Sovg‘a to‘plami narxi: 100 000 so‘m

Xarid: t.me/akademsavdo

Manzil: Chilonzor, So'galli ota - 5.

Yetkazib berish narxlari:

Toshkent bo‘ylab: 15 000 so‘m
Viloyat markazlarigacha: 10 000 so‘m
Tuman va qishloqlargacha: 20 000 so‘m


————————————

@akademnashr

Telegram | Instagram | Facebook
16.6K viewsedited  08:48
Open / Comment
2022-05-23 20:09:27
#viktorina

To‘g‘ri javob: shaxsan o‘zi haqida o‘ylamagan

Manba: «Konfutsiylik», Syu Fancheng

To‘g‘ri javobni birinchi bo‘lib, «Kitoblar shahzodasi» nickidagi obunachimiz topdi.

Bugungi viktorinada birinchi izohdayoq to‘g‘ri javob yozildi.

————————————

Xarid: @akademsavdo

Telegram | Instagram | Facebook
561 views17:09
Open / Comment
2022-05-23 19:00:07
Tarixiy manbalarda Konfutsiy to‘rt narsadan mutlaqo o‘zini tiygani haqida aytiladi. Bular: behuda fikrlarga berilmagan, o‘z mulohazalarida keskin bo‘lmagan, o‘jarlik qilmagan va to‘rtinchisini siz toping.

————————————

Xarid: @akademsavdo

Telegram | Instagram | Facebook
889 views16:00
Open / Comment
2022-05-23 18:48:41 Viktorina haqida

Savolga javobni tezkorlik bilan bir qatorda o‘ylab ham yozishingiz kerak bo‘ladi. Chunki bugungi savoldan boshlab sizga faqat bir marta izoh yozish imkoniyati beriladi.

Siz bir marta izoh yozsangiz, bir soat ichida qayta izoh yoza olmaysiz.

Eslatib o‘tamiz, tahrirlangan javob inobatga olinmaydi.

Viktorina haftaning dushanba va payshanba kunlari soat 21:00 da @akademnashr kanalida o‘tkazib boriladi.

Yaqinlaringizni xabardor qiling.

————————————

Xarid: t.me/akademsavdo

Telegram | Instagram | Facebook
858 viewsedited  15:48
Open / Comment
2022-05-23 14:11:42
#viktorina

Bugungi sovrin: Somerset Moem: «YOMG'IR» hikoyalar to'plami

Kanalimizni kuzatib boring. Yaqinlaringizni viktorinaga chorlang.

————————————

Xarid: @akademsavdo

Telegram | Instagram | Facebook
1.1K viewsedited  11:11
Open / Comment
2022-05-23 08:42:09
GUL VA BULBUL

(A.S.Pushkindan)

Bahor chog'ida xoli bog'da bir zulmatli tun erdi,
G'arib bulbul fig'on aylab: «Gulim, rahm aylagil», - derdi.

U gul hech bir quloq solmas edi faryod-u afg'ona,
Faqat orom olardi nag'madin to'lg'ona-to'lg'ona.

Seni hech sevmagan bir gul uchun, ey shoirim, sen ham
Yonarsan, o'rtanarsan, dod etarsan tinmayin bir dam.

Qo'y endi, behuda dod etma, ohing unga yetmaydi,
Qaraysan, yashnagan bir gul, faqat dodingga yetmaydi.

1934-yil

CHO‘LPON: «SHE'RLAR»

Xarid: @akademsavdo

Telegram | Instagram | Facebook
1.2K views05:42
Open / Comment
2022-05-22 17:29:26 ​​Buyuk yozuvchi Lev Tolstoy 22 yoshida o‘zi uchun hayotiy tartib-qoidalar tuzadi va unga butun umr amal qiladi. Iroda, faollik, xotira va aqliy qobiliyatni rivojlantiradigan bu yo‘riqlar sizu bizga ham katta foyda berishi aniq.

Har qanday jismoniy mashaqqatga chida, qiynalganingni boshqalarga bildirma.

Har kun zaifroq biladigan tilingda she’r yodla.

Qo‘lingdagi mulkning o‘ndan birini ehson qil.

O‘n barobar boyib ketsangda, hayot tarzingni o‘zgartirma.

Har qanday narsaga har tomonlama nazar sol – foydasini ham, zararini ham ko‘r.

O‘zing bilmagan yoki yoqtirmaydigan odamlarning maqtovini olishga urinma.

Har tong kunlik reja tuz va uni albatta bajar.

Boshqalarning fikrini o‘ylab o‘tirgandan ko‘ra o‘z ustingda ko‘proq ishla.

Shuhrat uchun sarf-xarajat qilma.

O‘zing uchun iloji boricha ko‘p mashg‘ulot o‘ylab top.

Bir o‘zing yakunlashing mumkin bo‘lgan ishga yordamchi talab qilma.

Hech qachon hissiyotlaringni oshkor qilma.

Yaqin kishingni o‘zingday yaxshi ko‘r, ikki yaqin kishingni esa o‘zingdan ham ko‘proq yaxshi ko‘r.

Iloji boricha kam uxla.

Har tun kunduzi o‘rganganlaringni takrorla.

Ortiqcha narsangni o‘zing uchun emas, jamiyat uchun ishlat.

Yaxshilik qilishga imkon izla.

Yaxshi bo‘l va sening yaxshi ekaningni hech kim bilmasligiga intil.

Hammani birday yaxshi ko‘r, bu muhabbatdan o‘zing ham chetda qolma.

Elning muhabbati uchun mayda tuyg‘ulardan voz kech.

Sharoit qancha yomon bo‘lsa, harakatni shuncha kuchaytir.

Bor narsalarga qanoat qil.

Biror ishni boshlasang, oxiriga yetkazmay tashlab ketma.

Yaqinlaringning hayoti shirin bo‘lishiga hissa qo‘sh.

“Yoshlik” jurnali, 2015 yil 12-son

#foydali #maqola

@akademsavdo

Telegram | Instagram | Facebook
4.1K viewsedited  14:29
Open / Comment
2022-05-22 10:54:36 ​​Madaminbek tavbasi kimga kerak edi?

Tarix xatolar takrori, ayni vaqtda, parallellardan ham iborat. Shu kunlarda Ukrainada bo‘layotgan voqealar menga yaqin o‘tmishimizdagi ayrim voqealarni tez-tez yodimga tushiryapti. Ular haqida yozdim. Xususan, Turkiston muxtoriyatini ag‘darish ham o‘ziga xos maxsus amaliyot bo‘lgani, uning o‘rniga sho‘ro hukumati o‘rnatilgani, milliy-istiqlolchilik harakati...

Yana bir voqea xayolimdan o‘taveradi. Siyosat shunday narsaki, xohlasa tarix charhpalagini teskari aylantiradi, qora oq, oqni qora, deb ko‘rsatadi. Unutmasligimiz kerakki, siyosatni g‘oliblar yuritadi, demak, tarixni ular yozadi!

1920 yil yanvarda Farg‘onadagi sho‘ro qo‘mondonlari o‘sha vaqtlarda qo‘rboshilarga bosh bo‘lgan Madaminbek huzuriga elchi yuborib, sulh tuzishni taklif etadi. Taklif Madaminbek uchun ayni muddao edi. Sababi, 1919 yil kuzi va qishidagi janglarda Madaminbek ketma-ket yengilgan, qo‘shin ta’minoti uzilgan, ustiga-ustak, qish juda qattiq kelib, sovuq zo‘ridan teraklar ham yorilib ketgan qahraton kunlar.

Madaminbekka fursat yutish uchun zo‘r imkoniyat edi. Bu haqda sho‘ro qo‘mondonlarining ma’lumotlari arxivlarda saqlanib qolgan. Bir necha oy cho‘zilgan muzokaralar bahor boshlarida Marg‘ilonda ikki tomonning uchrashuvi bilan nihoyalanadi. Musulmon qo‘shin tomondan Madaminbek, sho‘ro hukumati tomonidan esa Nikolay Andreyevich Verevkin-Raxalskiy boshchiligidagi delegasiyalar yuzlashadi. Verevkin-Raxalskiy keyinchalik general-leytenant darajasiga yetadi, 1984 yilda vafot etadi.

O‘sha muzokarada sho‘ro tomoni Madaminbekdan tavba qilishni so‘raydi. Ayrim manbalarga ko‘ra, buni talab qilgan kishi sho‘rolar tomonida muzokaralarda ishtirok etgan N.Xo‘jayev edi. Madaminbek o‘shanda hammaga mashhur bo‘lib ketgan (afsus, buni hozir buni biz bilmaymiz!) gaplarni aytadi (ma’nosi):

“Men nima uchun tavba qilishim kerak? Men yurtimni, xalqimni himoya qildim. Qo‘qon muxtoriyatini qonga botirganlarga qarshi kurashdim. Menga o‘xshagan dilida din va millat dardi bor yigitlarga bosh bo‘ldim. Tavbani men emas, yurtimga bostirib kelganlar, begunoh odamlarni o‘ldirganlar, qishloqlarni kuydirganlar, ayollarni zo‘rlaganlar, chaqaloqlarni nobud qilganlar, dehqonning uyidagi oxirgi donini tortib olganlar tavba qilishi kerak! Birortangiz Farg‘onaning biror qishlog‘iga boringchi, odamlarni sizlarni ko‘rib qochadilar. Biz borsak odamlar bizni qarshilash uchun ko‘chalarga chiqadilar. Uyida bir siqim uni yo‘q, lekin mehmon qilish istagida yonadilar. Qotilligingiz bilan qanoat hosil qilmay armani dashnoqlarni xalq ustiga yugurtirdingiz, dashnoqning qonsiragan hanjari bilan xalqning qonini oqizdingiz, buning uchun kim tavba qilishi kerak? Xalqning ustiga bosganlarmi yoki bosganlarning yo‘lini to‘sganlarmi?..”

Madaminbekning vajohatini ko‘rgan Verevkin-Raxalskiy vaziyatni yumshatmoqqa urinadi:

“Madaminbek aytgan ishlar bo‘lgani to‘g‘ri... Sho‘ro idoralariga ayrim nopok kimsalarning qo‘shilgani ham rost. Biz ularni idoralarimizdan haydadik... Tavba qilish haqida gapirish ortiqcha...”

Madaminbek tavba qilishi sho‘ro hukumati targ‘iboti (propagandasi) uchun juda kerak edi. Madaminbekning so‘zlarini e’lon qilishib, “mana, ko‘rdinglarmi, Madaminbek tavba qildi!” deb gazetalar, varaqalar nashr etib, xalq tasavvurida bosmachi Madaminbek qiyofasini yaratish rejasi bor edi.

Madaminbek sho‘rolarning hiyla-nayranglariga uchmadi. Mohiyatan, u haq edi. U bosmachi ham, kallakesar ham emasdi. Bosmachi sho‘ro hukumatining o‘zi edi.

Mana shu voqeani tafsilotlari bilan o‘rganganimdan so‘ng (majlis stenogrammasi saqlanib qolgan, adashmasam, “Sharq yulduzi”da e’lon qilingandi) “Madaminbek. Qonli gullar vodiysi” romanimga kiritgan edim.

Nega bu tarixni eslab qoldim?

Biz yaqin tariximizni bilishimiz kerak. Bizga ko‘p narsalarni o‘rgatadi. Bu tarixni qaytarilishiga yo‘l qo‘ymasligimiz shart. Buning uchun esa ma’nan qurollangan bo‘lishimiz talab etiladi.

Baxtiyor Abdug‘afur

Xarid: @akademsavdo

Telegram | Instagram | Facebook
463 views07:54
Open / Comment