Get Mystery Box with random crypto!

«Аkademnashr» nashriyoti

Logo of telegram channel akademnashr — «Аkademnashr» nashriyoti А
Logo of telegram channel akademnashr — «Аkademnashr» nashriyoti
Channel address: @akademnashr
Categories: Literature
Language: English
Country: Uzbekistan
Subscribers: 4.61K
Description from channel

«Akademnashr» nashriyotining rasmiy kanali
Мutolaa qiling!
Оnlayn buyurtma: t.me/akademsavdo
Tel: 99 433-16-77
Manzil: https://maps.app.goo.gl/VcqwAHTqhVTkZLUFA
Ish vaqti: 9:00 ›› 18:00 (Dushanba - Juma)
Aloqa: @akademnashr_bot

Ratings & Reviews

2.75

4 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


serobov
serobov


The latest Messages 14

2022-05-13 06:00:54 ​​Yaqinda "Ogonyok" jurnalining latifalar ustunida Leonid Prudovskiy qalamiga mansub "Janoblar va o'rtoqlar to'g'risidagi hikoyalar"ning yangi turkumi chop etildi. Mana shulardan biri:

"Tarixchilar o'rtasida Iosif Stalin hayotidan bir epizod tildan-tilga ko'chib yuradi: Stalin mukofotlari bo'yicha qo'mitaning majlisi davom etmoqda va unga Mixail Borisovich Xrapchenko raislik qilayotir.

Eshik ochilib, ohista Stalin kirib keladi. Hamma o'rnidan turadi. Xrapchenko so'zlashdan to'xtaydi.
Stalin:
- O'rtoq Xrapchenko, davom ettiravering, - deganicha komissiya a'zolarining orqasida u yoqdan-bu yoqqa yurib turadi.
Muhokama davom etadi.
- O'rtoq Tixanov qayerda? - deb so'raydi Stalin.
- Nikolay Semyonovich Pokistonga xizmat safariga ketgan, o'rtoq Stalin.
- Davom ettiravering, o'rtoq Xrapchenko.

Muhokama yana etadi, Iosif Vissarionovich esa komissiya a'zolari ortida uyoqdan-buyoqqa qadam tashlashini davom ettiraveradi.
- O'rtoq Fadeev qayerda? - deydi u yana muhokamani bo'lib.
- Fadeev betob, o'rtoq Stalin, - javob beradi Xrapchenko.
- Davom ettiravering, o'rtoq Xrapchenko, - deydi Stalin yurishdan to'xtamay va dabdurustdan so'rab qoladi: - Ko'hna Rim nega inqirozga yuz tutganini bilasizmi?

Tabiiyki, hammaning vujudi quloqqa aylanadi: axir, ertaga bu tarixiy so'zlarga bag'ishlangan maqolalar paydo bo'lishi, darsliklar qayta yozilishi, yuzlab monografiya va dissertatsiyalar bitilishiga ko'z ko'rib, quloq eshitmagan imkoniyatlar ochilishi turgan gap edi.

- Rim imperiyasi, - dedi dohiy muallimlarga xos donolik bilan, - birinchi darajali muammolarni hal etish uchinchi darajali shaxslarga topshirilib qo'yilgani uchun ham inqirozga yuz tutdi. Davom ettiravering, o'rtoq Xrapchenko."

Taqdirning xazilini qarangki, SSSRday imperiya uchinchi va v. boshqa ishlarga ham Siyosiy Byuro burnini tiqavergani tufayli parchalanib ketdi.

Faxriyor, "Metahikoyalar oralab"

@panda_books
1.3K views03:00
Open / Comment
2022-05-12 20:07:55
To‘g‘ri javob: poraxo‘r

To‘g‘ri javobni obunachilarimiz orasida birinchi bo‘lib Javohir topdi. Tabriklaymiz! G‘olibimizga Anni Shmidtning «Mushuklar malikasi Minush» kitobi bepul yetkazib beriladi.

Manba: «Ey do‘st yoxud Azimnoma» kitobi

Telegram | Instagram | Facebook
1.4K views17:07
Open / Comment
2022-05-12 19:02:31
#viktorina

Azim Suyun «x»ni qo‘yga o‘xshatadi. «Qo‘yni qo‘lingdan yem berib o‘rgatsang, ergashib yuraveradi» deya qo‘shimcha qiladi.

Savol: «x»ni toping.

@akademnashr

Telegram | Instagram | Facebook
1.6K views16:02
Open / Comment
2022-05-12 15:00:13
#viktorina

Bugun soat 21:00 da viktorina savoli kanalga joylanadi. Eng birinchi aniq javob yozgan ishtirokchi g‘olib bo‘ladi. Tahrirlangan (edit, изменить) javoblar inobatga olinmaydi.

Bugungi viktorina sovrini: ANNI SHMIDTning «MUSHUKLAR MALIKASI MINUSH» kitobi

Kitob g‘olib bo‘lgan ishtirokchimizga O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkazib beriladi. Agar Toshkentda istiqomat qilayotgan bo‘lsa, nashriyotimizdan kelib olib ketishi mumkin bo‘ladi.

Kanalimizni kuzatib boring. Yaqinlaringizni viktorinaga chorlang.

@akademnashr

Telegram | Instagram | Facebook
1.5K views12:00
Open / Comment
2022-05-12 06:38:39 ​​Fikrlarimizning qadri har tarafdan bizning til bilish qobiliyatlarimiz bilan bog‘liqdir.

Maykl Strachinskiy

SO‘Z YODLASH SIRLARI

Xarid: @akademsavdo

Telegram | Instagram | Facebook
1.5K views03:38
Open / Comment
2022-05-11 20:01:31
#nomsizmuqova

Bahriddin Bozorov ijodidan

Telegram | Instagram | Facebook
1.6K views17:01
Open / Comment
2022-05-11 08:57:17
«Haqiqatdan ham, Buxoro va buxoroliklar holi juda achinarli boʻlib, voqean, bu xudpisand ulamolarning ishlari bu millatning tanazzuliga sabab boʻlgan. Ammo, birodar, bundan judayam qaygʻuga botmang. Faqat sizning ulamoingiz emas, islom olamidagi barcha ulamolar ham soʻnggi uch yuz yilda shunga oʻxshash xiyonatlarga yo'l qo'ymoqdalar. Kuni kechagina Usmonliy, tatar, Eron va Hinduston ulamolari ham sizning ulamoingiz singari oʻzgalarning, mazlum xalqning qonini ichib keldilar.

Faqat bu millatlar sizdan oldinroq ushbu haqiqatdan ogoh topib, imkon boricha bu ulamolarning tomiriga bolta urishga intilib, qisqa vaqt ichida millatparvar ulamolarni qorni oʻygʻon ulamolardan farqlab, birinchilarini boshlariga toj qilib, ikkinchilarini esa oyoq ostiga olmish»¹.

O‘zbekiston tavalludi: ilk SSSR davrida millat, imperiya va inqilob

¹ — Abdurauf Fitrat. Hind sayyohi bayonoti.

Hajmi: 424 bet
Muqova: qattiq
Narxi: 75 000 so'm

Xarid: @akademsavdo

Telegram | Instagram | Facebook
1.6K views05:57
Open / Comment
2022-05-10 11:53:28 Kitoblar ro‘yxati va narxlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin. 2022 yil.

Kuzatib boring @akademnashr

Xarid: @akademsavdo

Telegram | Instagram | Facebook
1.8K views08:53
Open / Comment
2022-05-10 10:15:45
​​ SOMERSET MOEM: «YOMGʻIR»
(hikoyalar to‘plami)


Tarjimon: Alisher Otaboyev
Muqova: qattiq
Hajmi: 192 bet
Narxi: 27 000 so‘m
Xarid: @akademsavdo

Telegram | Instagram | Facebook
1.8K views07:15
Open / Comment
2022-05-09 20:00:29
To‘g‘ri javob: shayton

To‘g‘ri javobni obunachilarimiz orasida birinchi bo‘lib Alisher Egamberdiyev topdi. Tabriklaymiz! G‘olibmizga Jeyms Joysning «Musavvirning yoshlikdagi shamoyili» kitobi bepul yetkazib beriladi.

SHAYTON

Juda olijanob, ko‘p sermuruvvat,
Chunon rahmdilki, qilasan havas.
Faqat bir sharti bor, faqat bir sharti, Uning mushugiga pisht demasang bas.

Aylanib-o‘rgilar qadd-u bo‘yingdan,
Har so‘zdan taratib ziyoni...
Mushuklari esa, mushuklar esa
Bosib ketgan butun dunyoni.

Matnazar Abdulhakim

@akademnashr

Telegram | Instagram | Facebook
1.8K viewsedited  17:00
Open / Comment