Get Mystery Box with random crypto!

«Аkademnashr» nashriyoti

Logo of telegram channel akademnashr — «Аkademnashr» nashriyoti А
Logo of telegram channel akademnashr — «Аkademnashr» nashriyoti
Channel address: @akademnashr
Categories: Literature
Language: English
Country: Uzbekistan
Subscribers: 4.61K
Description from channel

«Akademnashr» nashriyotining rasmiy kanali
Мutolaa qiling!
Оnlayn buyurtma: t.me/akademsavdo
Tel: 99 433-16-77
Manzil: https://maps.app.goo.gl/VcqwAHTqhVTkZLUFA
Ish vaqti: 9:00 ›› 18:00 (Dushanba - Juma)
Aloqa: @akademnashr_bot

Ratings & Reviews

2.75

4 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


serobov
serobov


The latest Messages 17

2022-04-30 16:00:59
#viktorina #4

Alisher Navoiyning "Farhod va Shirin" dostonida "u shunday ko‘p yo‘l bosadigan chopqir, tez uchar qora otdir, uning ustiga insonning barmog‘i chavandoz bo‘lib minib olgan", deya nimaga ta’rif berilgan?

@akademnashr

Telegram | Instagram | Facebook
873 views13:00
Open / Comment
2022-04-30 13:40:18 Akademnashrdan Ramazon tuhfasi! Bolalar uchun atalgan 29 nomdagi umumiy qiymati 310 000 so‘mni tashkil etuvchi kitoblar to‘plamini tekinga qo‘lga kiriting Telegram kanalimizda o‘tkaziladigan konkursda qatnashing va 5 ta to‘plamdan biriga ega bo‘ling.…
385 views10:40
Open / Comment
2022-04-30 12:54:48 ​​#yangi_nashr

MAHMUDXO'JA BEHBUDIY

— hayoti
— faoliyati
— taqdiri

Mahmudxo‘ja Behbudiy XX asr boshlarida Turkistonda vujudga kelgan milliy uyg‘onish harakatining atoqli rahbarlaridan biri bo‘lib, shu davrda o‘zbek xalqi ijtimoiy ongining uyg'onishida muhim rol o‘ynadi. U Turkistonda yangi usul maktablarining ochilishi va milliy matbuotning yuzaga kelishida faol ishtirok etdi, bu bilan kifoyalanib qolmay, birinchi o‘zbek dramasini yaratib, professional o‘zbek teatr san’atining paydo bo‘lishiga zamin hozirladi.

U xalq va jamiyatni ma’rifatlantirish orqali mustaqillikka erishish g‘oyasini olg'a surgan, shu qutlug‘ g‘oya va maqsad yo‘lida halok bo‘lgan ulug‘ ajdodimizdir.

Oʻzbek adabiyotshunosi, jamoat arbobi Naim Karimov qalamiga mansub mazkur risola Mahmudxo‘ja Behbudiyning hayoti, adabiy va ijtimoiy faoliyati bilan yaqindan tanishish imkonini beradi deb umid qilamiz.

Muallif: Naim Karimov
Muqova: yumshoq, 320 bet
Narxi: 45 000 so‘m
Xarid: t.me/akademsavdo

Xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib beriladi.

@akademnashr

Telegram | Instagram | Facebook
555 views09:54
Open / Comment
2022-04-29 17:01:58 ​​To‘g‘ri javob: JANUB

Oq — G‘arb
Ko‘k — Sharq
Qora — Shimol
Qizil — Janub


Manba: ESKI O‘ZBEK YOZMA ADABIY TILI

To‘g‘ri javobni birinchi bo‘lib, Dilshodbek ismli obunachimiz topdi.

Viktorina davom etadi. Kanalimizni kuzatib boring.

@akademnashr

Telegram | Instagram | Facebook
872 views14:01
Open / Comment
2022-04-29 16:01:16
#viktorina #3

Qadimgi turklarda rang-tusni bildiruvchi sifatlar «u»ni ifodalashga xizmat qilgan: oq, ko‘k, qora va qizil. Amir Temur qurdirgan Oqsaroy va Ko‘ksaroy ham bejizga bunday nomlanmaganini sezishimiz mumkin.

Agar «u» nima ekanligini topgan bo‘lsangiz, bizga «qizil»ning ekvivalentini aniq yozib bering.

@akademnashr

Telegram | Instagram | Facebook
1.0K views13:01
Open / Comment
2022-04-29 10:18:43 ​​#yangi_nashr

YASSAVIY HIKMATLARI LUG‘ATI
(turksug‘ud so‘zlari)

XI-XII asrlarda o‘zbek xalqining vujudga kelish barobarida uning adabiy tili ham shakllanib bordi. Ayni shu davrda Ahmad Yassaviyning «Hikmat»lari yaratildi. Shakllanayotgan xalq o‘z adabiy tiliga, yangi islomiy turkiy adabiyotiga ega bo‘ldi.

Islomlashgan turkiy adabiy tilimiz tiklanish va rivojlanish jarayoninigina emas, dunyoqarashimiz tarixiy jarayonini o‘rganishda ham «Hikmatlar» muhim ahamiyat kasb etadi.

Gordlevskiy degan rus olimi o‘ris bosqinlari ortidan ergashib kelib, Yassaviy va uning hikmatlari o‘zbek xalqi orasida XIX yuzyilllik oxirlarida ham juda keng miqyosda o‘qilganini ifodalab, «Uyida Qur’on topiladigan sartlar ancha kam bo‘lgani holda, «Hikmat» topilmaydigan sart xonadoni kamdan-kam topilardi», - deb aytgan edi.

Bu e’tirof Yassaviy «Hikmat»i 700 yil davomida xalqimiz tili va dunyoqarashiga uzluksiz ta’sir qilib kelganini ko‘rsatishi bilan birga keyingi asrda deyarli taqiqlangan bu
yodgorligimizni har tomonlama o‘rganishimizni taqozo qiladi.

O‘rganishni «Hikmat»dagi turkiy yo turksug‘ud so‘zlarining shakli va ma’nosi tadqiqidan boshlash esa bu yo‘l xolis, atroflicha bo‘lishini ta’minlaydi deb hisoblaymiz.

Muallif: Baxtiyor Isabek
Muqova: qattiq, 256 bet
Narxi: 45 000 so‘m
Xarid: t.me/akademsavdo

Xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib beriladi.

@akademnashr

Telegram | Instagram | Facebook
1.2K viewsedited  07:18
Open / Comment
2022-04-28 16:31:14
To‘g‘ri javob: HAQIQAT

Tugʻilish hamisha muqarrar emas,
Bu — ma'lum haqiqat,
O‘lim ham hech «men nohaqman» demas,
Bu - mal’un haqiqat.

Kapalakning hatto haqiqati tayin,
Mehnatkash dehqonning oʻz haqiqati,
Haqiqatin dovlar mahkum, oshiq, la'in,
Shoirlarning soʻz – haqiqati.

Oʻzicha tushungan haqiqati bordir
Ochning ham,
toʻqning ham
kurashchining ham.
Haqiqatga hamma da'vogardir -
Loqayd, murosasiz – har qanday odam.

Ha,
Dunyoda haqiqatlar cheksiz,
Haq-u nohaq undan umidvor.
Lekin biz
haqiqat bittagina deymiz.
Chunki
buning bari
bizga daxldor!

Asqad Muxtor

To‘g‘ri javobni birinchi bo‘lib, kuzatuvchilarimizdan Fazilatxon Tursunova topdi.

@akademnashr

Telegram | Instagram | Facebook
1.3K views13:31
Open / Comment
2022-04-28 16:00:46
#viktorina

Asqad Muxtor bir she'rida och ham, to‘q ham, loqayd-u murosasiz ham «U»nga da'vogarlik qilishini aytib o‘tadi. Satrlarning birida hatto kapalakda ham «U» bor ekanini ta'kidlaydi.

Savol: Asqad Muxtor nazarda tutayotgan «U»ni toping.

@akademnashr

Telegram | Instagram | Facebook
1.3K views13:00
Open / Comment
2022-04-28 12:02:16 ​​#viktorina

Viktorina savoli kanalimizga har kuni bir xil vaqtda 18:00 da, 6 kun joylab boriladi. To‘g‘ri javob esa bir soat o‘tib e'lon qilinadi.

Tanishlaringizni viktorinaga taklif qiling. Kanalimizning bildirishnomalarini yoqib, «shay» bo‘lib turing!

P/S: Kechagi 1-kun viktorinamiz g‘olibiga sovg‘alar jo‘natib yuborildi.

@akademnashr

Telegram | Instagram | Facebook
1.4K viewsedited  09:02
Open / Comment
2022-04-28 10:34:51 ​​Sanjar Nazar: “10 yillar avval mualliflarga qalam haqi to‘lasak, ustimizdan kulishardi”

“Akademnashr” nashriyoti 2010-yildan mualliflik huquqiga qat’iy amal qilishni boshlagan. O‘shanda bu masalaga jiddiy qaralmas, qalam haqi to‘lash degan tushuncha unutilayozgan edi.

Biz hech qursa, arzimagan miqdorda bo‘lsa-da, berishga harakat qilganmiz.
Boshqa nashriyotlardan “Ortiqcha daxmazaning nima keragi bor, qonunda bo‘lgani bilan u ishlamasa, birov so‘ramasa, boshingni ortiqcha og‘ritib nima qilasan?” degan mazmunda munosabat bo‘lar, orqavorotdan shunga ham boshini og‘ritib turibdi, deb kulishardi. Ammo o‘zim ijodkor bo‘lganim uchun bu masalaga yengil qaray olmaganman.

Oradan 10 yillar o‘tib vaziyat o‘zgardi. Ayniqsa, 2021— 2022-yildan bu masalaga ko‘p nashriyotlar e’tibor bera boshlashdi. Shu yili mart oyida Turkiyada mualliflik huquqlari savdosi bo‘yicha muzokaralar uchun o‘tkaziladigan “Istanbul 7-Xalqaro noshirlar haftaligi” bo‘lib o‘tdi. Unda son jihatdan mezbon Turkiyadan keyin ikkinchi o‘rinda O‘zbekiston noshirlari bo‘lishdi.

15 ta nashriyot ishtirok etdi. Bu nashriyotlar uchun xalqaro doiradagi mualliflar bilan kelishuvga erishib, mualliflik huquqlarini sotib olish uchun maydon ham bo‘ldi. Bu ham nashriyotlarning mualliflik huquqiga munosabati o‘zgarganining yaqqol isboti.

daryo.uz

Maqolani to‘liq shaklda o‘qing
O‘zbekiston noshirlari mualliflik huquqi muammolari haqida

Telegram | Instagram | Facebook
1.4K views07:34
Open / Comment