Get Mystery Box with random crypto!

«Аkademnashr» nashriyoti

Logo of telegram channel akademnashr — «Аkademnashr» nashriyoti А
Logo of telegram channel akademnashr — «Аkademnashr» nashriyoti
Channel address: @akademnashr
Categories: Literature
Language: English
Country: Uzbekistan
Subscribers: 4.61K
Description from channel

«Akademnashr» nashriyotining rasmiy kanali
Мutolaa qiling!
Оnlayn buyurtma: t.me/akademsavdo
Tel: 99 433-16-77
Manzil: https://maps.app.goo.gl/VcqwAHTqhVTkZLUFA
Ish vaqti: 9:00 ›› 18:00 (Dushanba - Juma)
Aloqa: @akademnashr_bot

Ratings & Reviews

2.75

4 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


serobov
serobov


The latest Messages 15

2022-05-09 19:00:36
#viktorina

Matnazar Abdulhakim bir she'rida «X»ga nisbatan olijanob, muruvvatli sifatlarini berib, «Faqat bir sharti bor, faqat bir sharti, Uning mushugiga pisht demasang bas» deya ogohlantiradi..

Shoir ta'biri bilan aytganda, «mushuklari dunyoni bosib ketgan» va «har so‘zidan ziyo taratuvchi» X ni toping.

@akademnashr

Telegram | Instagram | Facebook
1.6K views16:00
Open / Comment
2022-05-09 13:22:36
#viktorina

Bugun soat 21:00 da viktorina savoli kanalga joylanadi. Eng birinchi aniq javob yozgan ishtirokchi g‘olib bo‘ladi. Tahrirlangan (edit, изменить) javoblar inobatga olinmaydi.

Bugungi viktorina sovrini: JEYMS JOYSning «MUSAVVIRNING YOSHLIKDAGI SHAMOYILI» kitobi

Kitob g‘olib bo‘lgan ishtirokchimizga O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkazib beriladi. Agar Toshkentda istiqomat qilayotgan bo‘lsa, nashriyotimizdan kelib olib ketishi mumkin bo‘ladi.

Kanalimizni kuzatib boring. Yaqinlaringizni viktorinaga chorlang.

@akademnashr

Telegram | Instagram | Facebook
1.6K views10:22
Open / Comment
2022-05-09 10:47:39 ​​ UCHDAN KEYIN KECH, Masaru Ibuka

Itning bolasi it, bo'rining bolasi bo'ri bo'lganidek, odam bolasi ham odam bo'lishi aniq va ravshan. Lekin muhit ta'siri sababli bu aniqliklar buzilishi mumkin. Bolaning qanday muhitda o'sishi, ota-onaga va oila a'zolariga bog'liq, balki bunda onaning roli katta ahamiyatga ega. Yapon yozuvchisi Masaru Ibuka ham ushbu „Uchdan keyin kech“ asarida bolaning erta rivojlanishi va undagi kamchiliklar haqida sodda va lo'nda fikrlar yozgan.

Yozuvchining 1971-yili erta ta'lim haqida birinchi kitobi "Uchdan keyin kech" nashr etilgan va "Ibuka nazariyasi" dunyo yuzini ko'rgan. Kitob 5 qismdan iborat va u qismlar ichida ham mavzularga bo'lingan.

Erta rivojlanish deganda bolani ma'lumotlar bilan to'ldirib tashlash yoki unga o'qish va yozishni o'rgatish tushuniladi. Biroq undan muhimroq tomoni bolada fikr yuritish, baholash va idrok qilish yoki uqish qobiliyatlarini rivojlantirishdir. Masaru Ibuka ayni shu mavzuga jiddiy yondashadi va ko'proq doktor Suzuki (skripkachi) olib borgan metodlarni misol qilib keltiradi.

Katta odam baliq chizadi, bola esa bu rasmda og'zi ochiq baliqni ko'radi. Kattalar bolani bu kabi javobiga koyishadi va bu ochilishga tayyor turgan g'unchani yakson qilish bilan barobardir. Shu joyida, barchamizga tanish Ekzyuperining „Kichkina shahzoda“ ertagi esimga tushdi (ilon yutib yuborgan fil va shlyapa).

Go'daklik – inson hayotidagi eng ta'sirchan davr. Uch yoshgacha bo'lgan bola miyasi esa, siz bilan men o'ylagandan ko'ra rivojlangandir. Xuddiki u „oppoq qog'oz“, u qog'ozga qanday yozish esa sizning ishingiz!..
Ko'pchilik takrorlaganidek, menimcha bu qo'limdagi kitobni Yer yuzidagi barcha ota-onalar o'qishlari kerak.

Siz ham o'qigan bo'lsangiz, fikringizni yozib qoldiring.

Book1tob

Telegram | Instagram | Facebook
1.9K viewsedited  07:47
Open / Comment
2022-05-05 11:46:52
«O‘zbek davlatchiligi tarixi» nimalarni bayon qiladi?

Kitob miloddan avvalgi II mingyillik ikkinchi yarmidan milodiy III asrgacha davrni o‘z ichiga oladi.

Mazkur kitob «Davlatlar tarixi» va «Davlatchilik institutlari» deb nomlanuvchi 2 qismdan iborat.

«Davlatlar tarixi» qismi uch bobni o‘z ichiga oladi:

1) Ilk davlatchilikning shakllanishi va rivojlanishi
2) Ellin davlatchiligi tizimida Baqtriya va So‘g‘d
3) Davlatchilikning rivojlanishidagi antik davr

«Davlatchilik institutlari» bo‘limida esa ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, soliq va pul munosabatlari, din, diplomatik aloqalar, san'at, yozuv tizimlari kabi bir qancha sohalar haqida so‘z boradi.

Mazkur kitob tarix fani mutaxassislari hamda keng kitobxonlar ommasi uchun mo‘ljallangan.

Hajmi: 552 bet
Muqova: qattiq
Narxi: 75 000 so‘m
Xarid: t.me/akademsavdo

O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib beriladi.

Telegram | Instagram | Facebook
1.3K views08:46
Open / Comment
2022-05-04 19:46:15
Bugun «Akademnashr»da ahil jamoamizning farzandlari uchun Ramazon hayitini nishonladik.

Bolajonlar she'r aytishdi, o‘yinlar o‘ynashdi, qo‘shiq kuylab, raqsga tushishdi. Biz bolalar ko‘zida quvonchni ko‘rdik.

Kelgusi bayramlarda ham bolajonlar uchun shunday quvonchli tadbirlar o‘tkazishni niyat qildik.

Qiziqarli jarayonlarni siz ham tomosha qilishingiz mumkin:

Videolavha


Telegram | Instagram | Facebook
669 viewsedited  16:46
Open / Comment
2022-05-04 09:58:55 ​​#book_review

“Mustaqillik masalasi hech qachon, hatto 1917-yili ham kun tartibida turmagan; jadidlar ko’proq muxtoriyatga intilganlar. Ularning fikricha, muxtoriyat imperiya doirasidagi tenglik barobarida yangicha tasavvur qilingan Turkiston millatining ravnaqi uchun shart-sharoit yaratib berardi. Ma’lum sabablarga ko’ra jadidlar uchun millat muhim edi. Madaniy elita sifatida ular faqatgina madaniyatga asoslangan jamoatni tasavvur etar, yetakchilikka bo’lgan yagona da’vosi ham - zamonaviy dunyoda zaruriy madaniy kapital egalari sifatida millatni najotga eltish yolg’iz ziyolilar qo’lidan kelishi - madaniy yo’nalishida edi...”

Adib Xolid bilan tanishuv o’tgan yilning yoz oylariga to’g’ri keladi. O’zim sevib kuzatadigan mensenvaular kitob blogida “Jadidism” kitobiga taqriz ko’rib qoldim. Juda yoqdi. Zakaz qildim (kitob juda qimmat).

O’qishni boshladim. Ayni Jadidism kitobiga video ham olingan YouTubeda. Kitob shu yil boshida Akademnashrda nashr qilindi.

Xullas, kitobni boshladim va o’qilish jarayoni naqd 3 oy davom etdi.

Muallif Rossiya inqilobidan keyingi yillaridagi Markaziy Osiyo tarixini xronologik tarzda (xrolonogik metodni ilmiy ish qilayotganlar yaxshi tushunishadi) ko’rsatib bergan. Ocharchilik, mayda urushlar, inqiloblar, jadidlar, zamonaviy maktablar ochilishi, paranji tashlash - kitob barini o’z ichiga qamrab olishga harakat qilgan.

Mavzu juda katta. O’ylashimcha, muallif katta okean ichida suzgandek. Ya’ni biz 1917-1921 yillardagi Buxoroda bo’layotgan voqealarini o’qib, ko’z oldimizga sahnachalarni keltirayotgan paytimiz Xolid bizni shundoq 1918-yilgi Toshkentga olib keladi. Balki, uning qarashi va nazari, bilimida bu normaldir, ammo ilmiy ishni to’liq tushunmaydigan va bu kabi kitoblarni o’qib ko’rmagan odam ozgina shoshib qoladi.

Muallif ancha arxivlar ustida ishlagani, kartotekalar-u mayda qog’ozlargacha ko’zdan qochirmagani qator faktlar, yillar bilan yozilganida yaqqol ko’rinib turibdi.

O’zbekistonning davlat sifatida shakllanishida Bolsheviklar emas, balki ko’proq jadidlar harakati turtki bo’lgani ko’p bora ta’kidlangan. Jadidismni o’qigandan keyin ba’zi ma’lumot va gaplar qayta yozilgandek bo’ldi.

E’tiborimni tortgan narsa istalgan odamning kelib yerimizda istagandek qaror-u, qonunlar chiqargani. Istagan yo’rig’iga yuritishga uringani bo’ldi. Ulardan birini keltirsam “Musbyuro “Turkiston turkiy (yerli) xalqlar va kelgindi (пришлий) aholi bo’lmish rus, arman, yahudiylar mamlakati deb hisoblansin” degan qarorni chiqardi”.

Kitobni o’qishingizdan oldin o’zingizni ilmiy, ilmiy bo’lganda ham chin ilmiy kitob o’qishga tayyorlashingiz kerak. Sababi, shunchaki bir hafta yo 1 oylik mutolada yuzaki ko’z yugurtirishgina mumkin.

Kitob juda katta mehnat evaziga barpo bo’lgan. Har bir ma’lumotni kiritish, uni ustida ishlash insondan yillar va tog’dek matonatni talab qiladi.

Menga eng yoqqan bob “Ongdagi Inqilob” bo’ldi. Ayni shu yerda yangicha maktablar, ayollar inqilobi ya’ni qizlar uchun maktablar qurila boshlagani, ayollarning ishga joylasha boshlagani, eng asosiysi bilim olib ziyolilar qatlamiga kirib boshlagani haqida yozilgan.

Umuman reviewni davom ettirishim mumkin, lekin xayolimda ilmiy ish dissertatsiyasiga taqriz yozayotgandek bo’lyapman . Keling bir fragment bilan yakunlaymiz:

Biz “Turkiston davri”, ya’ni inqilobdan to milliy-hududiy chegaralanishgacha bo’lgan yillar haqida juda kam ma’lumotga egamiz. Aksariyat tadqiqotchilar bu davrni yo’l-yo’lakay, boshqa masalalarni yoritayotganda nomigagina tilga olgan, lekin bu o’ta muhim yillar haqida yaxlit, tugal bayon mavjud emas. Bu yillardagi Buxoro haqidagi bilimlarimiz ham juda oz. Ushbu bo’shliqlar O’rta Osiyoning boshqa davlatlariga qaraganda O’zbekiston va uning yaratilishi haqida ancha kam ma’lumotga ega ekanimizdan darak. Juda taajjublantiradigan holat, chunki O’zbekiston tarixi butun O’rta Osiyo tarixidir deb baralla ayta olgulik, axir.

O’qing, tarixni bilish zarur! Zero, tarixsiz kelajak yo’q. Chet elliklar bizning tariximiz haqida yozib, o’qishayotgan bir paytda, biz tayyor kitobni o’qimasak bo’lmaydi.

@mahinsworld
405 views06:58
Open / Comment
2022-05-03 16:30:53
To‘g‘ri javob: o‘rganishni bilmaydiganlar

Manba: MUKAMMAL XOTIRA, Shohruh-Mirzo Rahmonov

To‘g‘ri javobni birinchi bo‘lib, obunachilarimiz orasidan Yulduz Iltizorova topdi.

@akademnashr

Telegram | Instagram | Facebook
784 views13:30
Open / Comment
2022-05-03 16:00:33
#viktorina #7

Alvin Toffler XXI asrda o‘rganish muammo bo‘lmasligini, balki «X»lar muammo bo‘lishini ta'kidlaydi.

Savol: «X»ni toping.


@akademnashr

Telegram | Instagram | Facebook
845 views13:00
Open / Comment
2022-05-03 13:49:16
Yarador sherning ojiz holini payqagan shoqollar hukmronlikni qo‘lga olmoq ilinjida g‘imirlab qolishdi. Xuddi jaziramada quyosh dashtni zabtiga olgan payt bir qultum suvga joniqib qo‘l cho‘zgan yo‘lovchi misol. Ammo iroda kuchi bunga toqat qilmaydi. Sallasiz bosh boshdirki, ammo zakosiz bosh aslo bosh emasdir.

XALOSKOR SULTON SAYFIDDIN QUTUZ

Muallif: Shahodat Ulug‘
Muqova: qattiq, 224 b.
Narxi: 27 000 so‘m
Xarid: t.me/akademsavdo

@akademnashr

Telegram | Instagram | Facebook
990 viewsedited  10:49
Open / Comment
2022-05-02 17:11:49
To‘g‘ri javob: «dunyoning o‘rtasi»

Manba: «Yassaviy hikmatlari lug‘ati», Baxtiyor Isabek

To‘g‘ri javobni birinchi bo‘lib, obunachilarimiz orasidan Azizbek To‘xtaboyev topdi.

@akademnashr

Telegram | Instagram | Facebook
1.3K views14:11
Open / Comment