Get Mystery Box with random crypto!

«Аkademnashr» nashriyoti

Logo of telegram channel akademnashr — «Аkademnashr» nashriyoti А
Logo of telegram channel akademnashr — «Аkademnashr» nashriyoti
Channel address: @akademnashr
Categories: Literature
Language: English
Country: Uzbekistan
Subscribers: 4.61K
Description from channel

«Akademnashr» nashriyotining rasmiy kanali
Мutolaa qiling!
Оnlayn buyurtma: t.me/akademsavdo
Tel: 99 433-16-77
Manzil: https://maps.app.goo.gl/VcqwAHTqhVTkZLUFA
Ish vaqti: 9:00 ›› 18:00 (Dushanba - Juma)
Aloqa: @akademnashr_bot

Ratings & Reviews

2.75

4 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


serobov
serobov


The latest Messages 16

2022-05-02 16:01:25
#viktorina #6

«Nafsim aytur samir yerinda o‘lturubon
Turluk ne'mat ilakimga kelturubon»

Ahmad Yassaviyning mazkur satrlarida keltirilgan «samir» so‘zi qanday ma'noni bildiradi?

@akademnashr

Telegram | Instagram | Facebook
1.3K viewsedited  13:01
Open / Comment
2022-05-02 15:07:55 Bugun ham 18:00 da viktorina savoli kanalga joylanadi. Tayyor turing.

Tahrirlangan (Edit/Изменить) javoblar hisobga olinmaydi.

Yaqinlaringizni ham viktorinaga taklif eting. Ertaga so‘nggi sovg‘a o‘ynaladi.

@akademnashr
1.3K viewsedited  12:07
Open / Comment
2022-05-02 00:06:18
Ramazon hayiti muborak bo‘lsin, azizlar!


Telegram | Instagram | Facebook
869 views21:06
Open / Comment
2022-05-01 20:48:21 ​​TELEGRAM KONKURS G‘OLIBLARI ANIQLANDI

Umumiy qiymati 310 ming so‘mni tashkil etuvchi 5 ta bolalar uchun kitoblar to‘plami o‘ynalgan telegram konkurs g‘oliblari aniqlandi.

G‘olib bo‘lgan ishtirokchilarni fotodan ko‘rishingiz mumkin.

Jonli efirdan yozib olingan videoni guruhimizga joyladik:
https://t.me/akademnashr_uz/6745

G‘olib bo‘lgan raqamlar:
105
214
333
385
224

Konkursda 424 kishi ishtirok etdi.

Instagram giveaway g‘oliblari ham aniqlandi. U haqida instagram sahifamizdan bilib olishingiz mumkin.

Bizni kuzatib boring. Qiziqarli konkurslar, bonuslar, sovg‘a va yutuqlar hali oldinda!

@akademnashr

Telegram | Instagram | Facebook
952 views17:48
Open / Comment
2022-05-01 16:59:27 Akademnashrdan Ramazon tuhfasi! Bolalar uchun atalgan 29 nomdagi umumiy qiymati 310 000 so‘mni tashkil etuvchi kitoblar to‘plamini tekinga qo‘lga kiriting Telegram kanalimizda o‘tkaziladigan konkursda qatnashing va 5 ta to‘plamdan biriga ega bo‘ling.…
530 views13:59
Open / Comment
2022-05-01 16:21:19 To‘g‘ri javob: Yordam berishni

Bertold Brext: «Tabib bo‘lishning o‘zi yetmaydi, yordam berishni ham o‘rganish lozim».

To‘g‘ri javobni birinchi bo‘lib, Diyorbek ismli obunachimiz topdi.

@akademnashr

Telegram | Instagram | Facebook
690 views13:21
Open / Comment
2022-05-01 16:00:02
#viktorina #5

Jahon adabiyotining yirik namoyondalaridan biri Bertold Brext tabib bo‘lishning o‘zi kamlik qilishini, yana «X»ni ham o‘rganish kerakligini ta'kidlaydi.

Savol: «X»ni toping.


@akademnashr

Telegram | Instagram | Facebook
737 viewsedited  13:00
Open / Comment
2022-05-01 13:33:32 ​​«Bu ketishning oxiri yomondur, o‘qumoq, o‘qutmoq kerakdur. Bolalarga otalardan ilmi diniy va ilmi zamoniy meros qolsun!»

«Mahmudo‘ja Behbudiy»

Telegram | Instagram | Facebook
945 viewsedited  10:33
Open / Comment
2022-05-01 07:01:37 ​​Ideal muqova qanday bo‘lishi kerak?

Muqova – kitobning yuzi, o‘ziga xos tashrif qog‘ozi. Unga qarab nashr haqida ilk tasavvur uyg‘onadi. Xaridor, avvalo kitobni emas, uning muqovasini sotib oladi. Shuning uchun yaxshi muqova kitob muvaffaqiyatining kamida ellik foizini ta’minlaydi.

Muqova – kitobxonda ma’lum hislar uyg‘otadigan san’at asari! Aynan muqovaga qarab turib u kitobni o‘qish yoki o‘qimaslik qarorini beradi. Muqova kitobning tarixini ko‘rsatishi, ammo ichida yozilganlarni butunlay aytib bermasligi kerak. Muqova tufayli o‘quvchida qiziqish, kitobni o‘qib chiqishga rag‘bat paydo bo‘ladi. Shu sababli men doim o‘z ishlarimni kichkinagina jumboq bilan bezayman, toki intriga bo‘lsin, o‘quvchida ishtiyoq uyg‘onsin, xayolida qolsin, shu kitob haqida o‘ylashga, oxiri qaytib kelib uni olish va o‘qishga majbur qilsin.

Ko‘pchilik mualliflar yoki buyurtmachilar kitoblarining tashqi ko‘rinishini oldindan tasavvur qilib oladilar va bu masalada dizaynerdan ko‘ra bilimliroqman deb o‘ylaydilar. Kitobingizda ko‘tarilgan mavzu bo‘yicha eng yaxshi mutaxassis bo‘lsangiz ham, bu uning muqovasi borasida hamma narsani bilasiz degani emas. Ko‘p dizaynerlar murakkab xarakterga ega, o‘ziga bino qo‘ygan va murosasiz odamlar. Lekin shunday insonlarning asarlari natijada hammaga manzur bo‘ladi. Chunki ularning o‘z ishiga jon-jahdi bilan kirishib, pozitsiyasini ehtiros bilan himoya qilib, injiqlik va qaysarlik bilan ko‘zlagan maqsadiga erishishi professionalizmi hamda ishiga nisbatan mas’uliyatidan dalolat beradi. Mijoz nima desa bajarib, «menga nima, pulini olsam bo‘ldi-da», – degich muloyimlardan ehtiyot bo‘lish kerak.))

Ba’zida men ham mijozlarga yon berishga majbur bo‘laman. O‘zlari istagan, ko‘ngillaridek muqovaga ega bo‘lsinlar, qalblarida armon qolmasin, deyman-da. Ko‘p marta o‘zimnikini ma’qullab, bosim bilan bo‘lsa-da o‘tkazgan ishlarim oxirida ko‘pchilikka manzur kelib, e’tirof qozongan. Ammo mijoz aytganini indamay bajarib bergan muqovalarimdan hech biri muvaffaqiyatli chiqmagan.

Dizayner original bir narsa chiqarishi, buyurtmachiga aynan shu yechim eng ma’qul va optimal ekanini uqtira bilishi kerak. Menimcha, dizaynerga quloq solmagan mualliflar doim yutqazadilar.

Ko‘pincha mualliflarga Photoshopdan sal-pal xabardor holatlarida o‘zlaricha chizib yoki xayolan yaratib olgan muqovalari nima uchun zaif, bo‘sh ekanini anglatolmay xunob bo‘laman. Muqova shaxsiy tasavvurlar va mulohazalar emas, yaxshi did bilan aprofessional darajada ishlanishi kerak. Shu sababli buyurtmachilarning muqova yaralishida eng katta foydasi dizaynerga xalaqit bermasligi deb bilaman.

Bahriddin Bozorov

Telegram | Instagram | Facebook
1.2K views04:01
Open / Comment
2022-04-30 16:59:16 To‘g‘ri javob: QALAM

To‘g‘ri javobni birinchi bo‘lib, Shahzod ismli obunachimiz topdi.

Viktorina davom etadi. Kanalimizni kuzatib boring.

@akademnashr

Telegram | Instagram | Facebook
697 views13:59
Open / Comment