Get Mystery Box with random crypto!

«Аkademnashr» nashriyoti

Logo of telegram channel akademnashr — «Аkademnashr» nashriyoti А
Logo of telegram channel akademnashr — «Аkademnashr» nashriyoti
Channel address: @akademnashr
Categories: Literature
Language: English
Country: Uzbekistan
Subscribers: 4.61K
Description from channel

«Akademnashr» nashriyotining rasmiy kanali
Мutolaa qiling!
Оnlayn buyurtma: t.me/akademsavdo
Tel: 99 433-16-77
Manzil: https://maps.app.goo.gl/VcqwAHTqhVTkZLUFA
Ish vaqti: 9:00 ›› 18:00 (Dushanba - Juma)
Aloqa: @akademnashr_bot

Ratings & Reviews

2.75

4 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


serobov
serobov


The latest Messages 8

2022-06-06 15:35:42
#kayfiyat

Mutolaaga kirishib ketib, elektron kitob o‘qiyotganingiz yodingizdan ko‘tarilganida :)

—————————
Manzil: Chilonzor, So'galli ota - 5.
Xarid: t.me/akademsavdo

Telegram | Instagram | Facebook
1.1K views12:35
Open / Comment
2022-06-06 08:01:05 ​​Adabiyot jurnalistika emas. Unda biron mavzu yetakchilik qilyapti yoki chetda qolyapti deb baho berish uning kuch-quvvatini, qiyofasini belgilamaydi.

U kundalik mavzularni to'la qamrab olishi shart ham emas. Mavzularni tez va dolzarb tarzda aks ettirgani
emas, insonni qay darajada tadqiq etganiga qarab adabiyotning ko'lami belgilab kelingan.

Adabiyotning azaliy mavzusi – inson. To'g'ri, u qahramon qilib olgan inson zamon bilan, uning muammolari bilan yuzma-yuz turgan shaxsdir. Adib insonni yuzida va qalbida balqib turgan zamon bilan yaxlit holda, zamon bilan munosabatga kirishgan holatda, davr bilan ma'naviy-ruhiy tippa-tiklikda tasvirlasa ham, baribir, kundalik mavzularning izidan quvib yurishi shart emas. «Zamon qahramoni» degani bugungi mavzularga o'ralashib qolgan qahramonmas, balki millatning ayni davrdagi dardini, qiyofasini, fazilatlarini, og'riq va iztirobini, g'urur va iftixorini, sha'n va sharafini o'zida mujassam etgan qahramondir.

Kundalik mavzular hafta, oy sayin o'zgarib turadi, ammo adabiyotning mavzusi, agar chinakam badiiy ifoda etilsa, asrlar osha yashaydi. Adabiyotni mavzu belgilamaydi. Uni iste'dod, mahorat, badiiyat belgilaydi.

NAZAR ESHONQUL: KITOB BANDASI
1.3K viewsedited  05:01
Open / Comment
2022-06-05 13:07:01
ADIB XOLID: O‘ZBEKISTON TAVALLUDI
124 views10:07
Open / Comment
2022-06-04 16:09:07
O‘zbek tilidan mavzulashtirilgan mashqlar va testlar to‘plami

Abituriyentlar imtihondan oldin o‘z bilimlarini sinab olishi uchun yana bir imkoniyat!

Yangi darslik va manbalar asosida tuzilgan.

Test va mashqlar orqali o‘zbek tili bo‘yicha bilimlaringizni mustahkamlaysiz.

Maktab o‘quvchilari, ona tili fani o‘qituvchilari, abituriyentlar, talabalar va barcha o‘zbek tiliga qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan.

Shuningdek, to‘plamdan:

5-9-sinf darsliklari asosida mavzulashtirilgan mashqlar;
Tutuq belgisi qo‘yilishi mumkin bo‘lgan so‘zlar imlosi;
«X» va «H»li so‘zlarning muxtasar lug‘ati o‘rin olgan.

Muqova: yumshoq, 480 bet
Narxi: 20 000 so‘m
Xarid: t.me/akademsavdo

@akademnashr
741 views13:09
Open / Comment
2022-06-03 10:33:47 ​​«BEHBUDIYA» KUTUBXONASI

... Kutubxonani tashkil etish, general- gubernatorlikdan ruxsat olish oson bo‘lmagan. «...Nikolay davrida kutubxona ochmoq, - deb yozgan edi Hoji Muin, - nashr qilmoqdan ham qiyin edi. Shuning uchun Nikolay taxtdan tushgungacha Toshkand va Qo‘qon kabi markaziy shaharlarda mutolaaxonalar muyassar bo‘lmadi.
Lekin Mahmudxo‘janing sabotkorona g‘ayrati bilan 1908 yil may oyinda mutolaaxona jamiyatining nizomnomasi tasdiq qilinub, sentyabr oyinda rasman ochildi».

Yana shu manbadan ma’lum bo‘lishicha, Turkistonda nashr etilgan har turli kitoblardan tashqari kutubxonaga «Rusiya, Istanbul va Misr matbuoti» ham keltirilgan. Kutubxona «1919 yilgacha xalq ionasi bilan davom qilib, mazkur sanadan (ya’ni Behbudiy qatl qilingandan keyin – N.K.) maorif shoʻbasining qo‘liga o‘tgan».

Keyinchalik «Behbudiya» kutubxonasi nomi bilan mashhur bo‘lgan mutolaaxona ikki smenada (ertalab soat 9 dan 5 gacha va kech soat 6 dan 12 gacha) ishlab, 60 dan 110 nafargacha bo‘lgan kishilarga madaniy xizmat ko‘rsatgan.

Behbudiyning «Samarqand
kutubxona islomiyasi» («Turkiston viloyatining gazeti», 1908 yil noyabr) degan maqolasidan ma’lum bo‘lishicha, kutubxona jamg‘armasida to‘plangan kitob va risolalar o‘sha kezlarda 600 ta, gazeta va jurnallar esa undan ham ko‘p bo‘lgan.

Behbudiy agar pul ko‘paysa, diniy va dunyoviy kitoblarni yanada ko‘proq sotib olish, Istanbul va Qohirada nashr etilayotgan gazeta va jurnallarga esa obuna bo‘lish mumkinligini aytgan.

Qiziqish doirasi g‘oyat keng bo‘lgan Behbudiy kutubxonaga kelgan vatandoshlarining ham dunyoqarashi va bilim doirasi keng bo‘lishi uchun kutubxonaga jahon, xususan, Sharq tarixi, dini va madaniyatiga doir ko‘plab kitoblarni olib kelgan.

«Oyna» jurnalida e’lon qilingan xabarlardan birida aytilishicha, kutubxona fondida uch jildlik «Tarixi madaniyat», «Tarixi islom», «Buyuk tarixi umumiy», «Tarixi istiqbol», «Turk tarixi», «Zafarnomai shohiy», «Xulosai tarixi madaniyat», «Oynai tarixi usmoniy», «Madaniyati islomiya tarixi», «Temurlang», «Yigirmanchi asrda olami islom va Ovrupo», «Tarixi kashf ul-Amriqo», «Tarix Eron», «Tarixi Eroni buzurg» singari asarlar bo‘lganki, ularni birinchi navbatda Behbudiyning o‘zi o‘qib yoki varaqlab chiqqanligi shubha uyg‘otmadi.

NAIM KARIMOV: «MAHMUDXO‘JA BEHBUDIY»
731 views07:33
Open / Comment
2022-06-02 21:25:18
To‘g‘ri javob: Rey Bredberi

Manba: Kitob bandasi

To‘g‘ri javobni birinchi bo‘lib Shahzod ismli ishtirokchimiz topdi.

—————————
Manzil: Chilonzor, So'galli ota - 5.
Xarid: t.me/akademsavdo

Telegram | Instagram | Facebook
1.1K views18:25
Open / Comment
2022-06-02 19:02:11
Savol: Qaysi yozuvchi adabiyotga daxldorligini yuqoridagi gaplar orqali obrazli ifoda etgan?


—————————
Manzil: Chilonzor, So'galli ota - 5.
Xarid: t.me/akademsavdo

Telegram | Instagram | Facebook
1.1K views16:02
Open / Comment
2022-06-02 16:54:17
#viktorina

Bugungi sovrin: «SO‘Z YODLASH SIRLARI» kitobi

21:00

Kanalimizni kuzatib boring. Yaqinlaringizni viktorinaga chorlang.

—————————
Manzil: Chilonzor, So'galli ota - 5.
Xarid: t.me/akademsavdo

Telegram | Instagram | Facebook
1.2K views13:54
Open / Comment
2022-06-02 13:01:40
«KITOB BANDASI» bugundan sotuvda!

Hali inson qalbida go'zallikka boʻlgan intilish so'nmagan ekan, u san'atga hamisha ehtiyoj sezaveradi. Faqat itlar yoki hayvonlargina san'atni tushunmaydi, unga befarq bo'ladi.

Odam hamisha o'zidan mukammalroq narsaga intiladi. San'at esa hozircha insonga qaraganda mukammalroq, unga ehtiyoj sezish ana shu mukammallikka intilish deganidir. Agar siz aytayotgan «junun» xayol ma'nosida boʻlsa, toʻgʻri, adabiyot - xayolot dunyosi. Quruvchi g'ishtdan uy quradi, yozuvchi xayoldan dunyo yaratadi.

Dard, og'riq, musibat, iztirob, bilim - ana shu xayolning mustahkam tirgaklari. Ulardan birontasini sug'urib olsangiz, adabiyot ag'darilib tushadi. Iste'dod ham, asli, xayol bilan hayotni omixtalashtirish, bir-biriga yaqinlashtirish va bu ikkisidan yangi dunyo yarata olish mahoratidir.

NAZAR ESHONQUL: «KITOB BANDASI»

—————————
Manzil: Chilonzor, So'galli ota - 5.
Xarid: t.me/akademsavdo

Telegram | Instagram | Facebook
1.2K views10:01
Open / Comment
2022-06-02 08:04:01 ​​Mutolaa jarayoni men uchun yoqimli sarguzasht. Agar u tarixiy asar bo‘lsa ikki karra rohat. Tekin, beminnat bilim. Alhamdulillah, bugun yana bir yaxshi kitobni o‘qib tugatdim. Jiddiy, tarixiy sarguzasht asar. Bugun erta tongda ana shu sarguzashtim va nihoyat so‘nggi manziliga yetdi. Fikrlarimni yozmasam bo‘lmaydi)

Bu asar tarixning juda yashirin bo‘lmasada , lekin ko‘pchiligimizga noma’lum bo‘lgan sahifalarini yuz ko‘zimizga tutadi. (Bu haqda birozdan keyin to‘xtalaman) Uni o‘qib o‘tmishdan bilim, ibrat, saboq oldim. Uzoq o‘tmishimizning men bilmagan sahifasi ko‘z oldimda jonlanib ketdi.

Men ham barcha kitobxonlar qatori Xorazmshoh-Chingizxon, Manguberdi-Chingizxon o‘rtasidagi janglarning oqibatlarinigina bilardim xolos. Holbuki, Xorazmshoxlar va chingiziylar o‘rtasidagi ayovsiz kurash Jaloliddin Manguberdidan keyin ham davom etgan. Hattoki, keyingi davrlardagi janglar ancha shiddatli, natijalar hayajonli, o‘qib, bilib entikib ketasiz.

Tarixda afsonaviy sultonlardan Jaloliddin Manguberdi, Sohibqiron Temur, Mirzo Bobur... va yana kim? Ro‘yxatga yana kimlarni qo‘shamiz?

Kimsan mo‘g‘ullarni yer tishlatgan, ularning ustidan zafar quchgan va islom o‘lkalariga ularning shum qadamini kesgan, chingiziylarning vaxshiyona maqsadlarini yo‘qqa chiqargan yana bir jasur sarkarda haqida hikoya qilingan men aytayotgan asarda. Bu bahodirning ismi Sayfiddin Qutuz.

Men bu tarixiy shaxsni yaqindan bilib, vataniga , oilasiga, yaqinlariga bo‘lgan mehri, jasorati, mardligi , tadbirkorligi va odilligi uchun yaxshi ko‘rib qoldim. Movarounnaxrni bir xovuch tuprog‘i uchun beshafqat, ko‘zlari qonga to‘lgan mo‘g‘ullarga ham bas kela olgan bu shaxsning jasoratidan faxrlanib ketasiz.

Odatda tarixiy asarlarda ba’zan biz kitobxonlar keragidan ko‘proq badiiy bo‘yoqlarga guvoh bo‘lamiz. Xo‘sh, yozuvchi tarixni istaganicha o‘zgartirib yozishga haqqi bormi?

Kecha yozuvchi, adabiyotshunos, tarjimon Ulug‘bek Hamdam bilan suhbatlashganimda, ustoz ham ana shu mavzuda gapirib qoldilar. Nega adib tarixni istaganicha bitishi kerak? Qalamning yuki, mas’uliyati , kitobxonlarning oldidagi javobgarligi... Bular uchun keyin kim javob beradi. Istaganicha yozaveradigan adib kelajak oldida javobgar bo‘lib qolmaydimi?

“Xaloskor sulton Sayfiddin Qutuz” bu kamchiliklardan butunlay xoli. Hatto muallif badiiy to‘qimaga berilmay tarixiy haqiqatga bo‘ysunganiga guvoh bo‘ldim. Bir tomonda salibchilar, boshqa tomonda vahshiy mo‘g‘ullar iskanjasida qolib ketgan musulmon olamining taqdirini o‘ylab “tipirchilab” qoldim. Yakunida esa o‘sha men tahmin qilgan yoqimsiz holat baribir yuz berdi. Qutuz ham afsuski bobosi Xorazmshox va tog‘asi Jaloliddin kabi ehtiyotsizlikka (balki hatoga ) yo‘l qo‘ydi. Sotqin va xoin, nafsiga qul bo‘lgan Biybarsning xiyonati oqibatida ulkan saltanat adolatli sultonidan ayrildi. Ammo Qutuz mo‘g‘ullarni yer tishlatgan afsonaviy sarkarda, xaloskor sulton sifatida tarixga muxrlandi.

To‘g‘ri muallif badiiy to‘qimaga erk berishni istamagan. Lekin, men uchun baribir ayrim taqdirlar ochiq qoldi. Masalan, Movaraunnahr zaminiga mo‘g‘ullar qadami yetgach, barcha shahzodalarni qatl etilishini bilgan Xonsulton (Sayfiddinning onasi, Jaloliddin Manguberdining singlisi) farzandini ilon chaqib olamdan o‘tdi deya, aslida esa uni o‘zga yurtga chiqarib yuborishni maqsad qiladi. O‘rniga esa boshqa bolakayning murdasi mo‘g‘ullarga ko‘rsatiladi.

Menda savol tug‘ildi, xo‘sh, u bolakay haqiqatdan ham ilon chaqib vafot etganmidi yoki Xonsulton shunga majbur bo‘lganmi? Ya’ni uning joriyasi Xadichaning ishimidi bu ? Chunki, Xadicha Xonsulton uchun jonidan ham kecha oladigan,ilon yog‘ini yalagan o‘ta sodiq joriya edi. Xonsulton, hatto Xadichaning keyingi taqdiri ham menga negadir qiziq tuyuldi. Ular faqat chingiziy shaxzodalarga joriya qilib berilgani yozilgan xalos.

Xullas, haqiqatdan ham o‘tmishning og‘ir va shonli kunlariga mazza qilib sayohat qilasiz. Men nasib qilsa shu asarga “Bitmas xazina” ning yangi sonida to‘xtalmoqchiman. Sizga yoqimli mutolaa!

Nigora Hasanova, jurnalist

Telegram | Instagram | Facebook
1.1K views05:04
Open / Comment