Get Mystery Box with random crypto!

«Аkademnashr» nashriyoti

Logo of telegram channel akademnashr — «Аkademnashr» nashriyoti А
Logo of telegram channel akademnashr — «Аkademnashr» nashriyoti
Channel address: @akademnashr
Categories: Literature
Language: English
Country: Uzbekistan
Subscribers: 4.61K
Description from channel

«Akademnashr» nashriyotining rasmiy kanali
Мutolaa qiling!
Оnlayn buyurtma: t.me/akademsavdo
Tel: 99 433-16-77
Manzil: https://maps.app.goo.gl/VcqwAHTqhVTkZLUFA
Ish vaqti: 9:00 ›› 18:00 (Dushanba - Juma)
Aloqa: @akademnashr_bot

Ratings & Reviews

2.75

4 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


serobov
serobov


The latest Messages 5

2022-06-15 12:29:51
​​#qayta_nashr

NEMISCHA - O‘ZBEKCHA, O‘ZBEKCHA - NEMISCHA LUG‘AT

Mazkur keng qamrovli lug‘atdan nemis va o‘zbek tilidagi 50 mingga yaqin so‘z va iboralar o‘rin olgan;

Ham nemischa - o'zbekcha, ham o'zbekcha-nemischa lug'atning bir kitobga jamlanishi foydalanuvchilar uchun juda qulay;

Lug‘atning oxirgi qismida mamlakat nomlari, sonlar, kuchli va noto‘g‘ri fe'llarning asosiy shakllari ifodalangan jadvallar ilova qilingan;

Lug‘atdan o'quvchilar, talabalar, tarjimonlar, shuningdek nemis tilini mustaqil o'rganayotganlar foydalanishi mumkin.

Muqova: yumshoq
Hajmi: 768 bet
Narxi: 30 000 so‘m

—————————
Manzil: Chilonzor, So'galli ota - 5.
Xarid: t.me/akademsavdo

Telegram | Instagram | Facebook
454 views09:29
Open / Comment
2022-06-15 10:02:30
SOYABON OSTIDA

Raxshona Ahmedovaning hikoya va qissalarida realizmning jo‘n va jozibador dunyosi yashirin. Yozganlarini o‘qisangiz, yozuvchining jahongashtaligi, ko‘p yurt va odamlarni o‘rgangani, kuzatgani seziladi. Adibaning o‘tkir mahorati sizni ana shu olamlar kengligiga yetaklab ketadi.

Narxi: 30 000 so‘m
Muqova: yumshoq
Hajmi: 320 bet

—————————
Manzil: Chilonzor, So'galli ota - 5.
Xarid: t.me/akademsavdo

Telegram | Instagram | Facebook
658 views07:02
Open / Comment
2022-06-15 09:56:48
#Nazar_Eshonqul_60_yoshda

"Жаҳон адабиётининг илғор оқимларини, энг илғор усулларини Назар Эшонқулчалик тадқиқ қилган, ўз ижодига татбиқ этган ёзувчи йўқ".

Иброҳим Ғафуров

Назар Эшонқул ижоди ҳақида
адабиётшуносларнинг фикрлари.

@mm_telekanal
614 views06:56
Open / Comment
2022-06-14 21:07:36
Бу эътиборни менга эмас, адабиётга, сўзга бўлган эътибор деб қабул қиламан – Назар Эшонқул

Анжуман доирасида адибнинг янги асарлари тақдимоти ҳам бўлиб ўтди. “Академнашр” нашриёти томонидан чоп этилган “Сайланма”нинг биринчи жилдида Назар Эшонқулнинг ўттиздан ошиқ ҳикоялари, иккинчи жилдида эса роман ва қиссалари ўрин олган.

Батафсил: http://oyina.uz/kiril/posts/7244

Расмий саҳифаларимиз

Web-site | Telegram | Facebook | YouTube
946 views18:07
Open / Comment
2022-06-14 16:45:53
Суюнчи берингизлар!

Янги бир китоб нашр этилиш арафасида. Шахсан ўзим энг яхши кўрадиган 10 таликдан жой олган китоб. “Энг яхши бадиий китоб” учун Пулитцер мукофотини олган. BBC талқинига кўра энг яхши 200 китоб рўйхатининг илк ўнталигидан жой олган (2003 йил). “Патқалам” китоб мукофоти (The Quill Book Awards) ғолиби. “The Guardian” талқинига кўра инглиз тилида ёзилган энг яхши 100 китоб рўйхатидан жой олган. BBC талқинига кўра энг кучли руҳлантирувчи 100 китоб рўйхатига қўшилган. 80% АҚШ мактаблари дастурига киритилган.

Китоб асосида фильм суратга олинган бўлиб у “Оскар” (3 та номинация), “Олтин Глобус”, “Канн кинофестивали”, “Америка киносанъати институти”нинг мукофотлари билан тақдирланган.

Турли савиядаги китобхонларга бирдай ёқиши мумкин бўлган, ҳазми енгил, аммо тоши оғир асар.

Хўш, қайси китоб бу? Ким топа олади?

https://t.me/SanjarNazar
1.0K views13:45
Open / Comment
2022-06-14 11:57:09 "Akademnashr" нашриётида ёзувчи Назар Эшонқулнинг икки жилдлик "Сайланма"си чоп этилибди. "Сайланма"нинг биринчи жилдидан ёзувчининг ҳикоялари ўрин олган. Шу ҳикоялар ҳақида каминанинг айрим мулоҳазаларини қуйида ўқишингиз мумкин.
353 views08:57
Open / Comment
2022-06-14 07:21:57
#yangi_nashr

NAZAR ESHONQUL: SAYLANMA - I, II

Mahoratli o‘zbek yozuvchisi, yaqindagina «Kitob bandasi»ni kitobxonlarga armug‘on etgan adib Nazar Eshonqulning ikki jildli «Saylanma»si nashr etildi.

«Saylanma»da adibning eng sara asarlari jamlandi. Jumladan, birinchi jilddan muallifning 30 dan ortiq hikoyalari o‘rin olgan bo‘lsa, ikkinchi jilddan roman va qissalar joy egalladi.

Ta'tilga chiqayotgan talaba-yu o‘quvchilar, qolaversa barcha kitobxonlarga ajoyib tuhfa bo‘ladi degan umiddamiz!

Muqova: qattiq
Yozuv: kirill
Hajmi: 1-jild: 512 b. 2-jild: 576 b.
Narxi: 45 000 so‘m (har biri)


—————————
Manzil: Chilonzor, So'galli ota - 5.
Xarid: t.me/akademsavdo

Telegram | Instagram | Facebook
1.9K views04:21
Open / Comment
2022-06-13 21:16:41 ​​Muallifini eslolmadim, qaysidir mashhur tarixiy shaxs edi, mazmuni taxminan shunaqa: "Agar menga daraxt kesish uchun besh soat vaqt berishsa, shundan uch-toʻrt soatini boltani charxlashga sarflayman".

Boltani yaxshi charxlamay turib ish boshlaganim oyoqqa tepdi, juda koʻp vaqt va energiyam ketib qola boshladi. Bu esa ham ruhan, ham jismonan charchatdi. Ayniqsa soʻngi kunlarda umuman ishimda unum boʻlmay qoldi. Oxiri hammasini tashladim. Bir-ikki oy, balki butun yoz boltani charxlashga sarflayman. Bu oʻzimga yoqqan, zavqli mashgʻulot boʻlgani uchun qiyinchilik tugʻdirmaydi. Shu bilan birga dam olish, kayfu safo, ayniqsa mutolaaga koʻproq vaqt ajratmoqchiman. Shuningdek anchadan beri oʻylab, vaqt va hafsala yoʻq uchun ortga surib yurgan ba'zi ishlarga ham harakat qilib koʻrmoqchiman. Bugun shu masalada Akademnashrga maslahatga oʻtgandim. Quyidagi kitoblarni sovgʻa qilib kuzatib qoʻyishdi.

Oʻqiyman degan kitoblarim koʻp hollarda maqsadli ravishda emas, tasodifan qoʻlimga keladi, yoki oʻzim unga borib qolaman. Masalan, Baxtiyor Abdugʻafurning "bosmachilar" haqidagi kitobiga necha yildan beri qiziqardim, tariximizning shu davri haqida barmoq bilan sanarli adabiyotlardan biri.
Somerset Moemning hikoyalarini oldin sifatsiz nashrda oʻqigandim. Mahsulot sifatida bu toʻplam ajoyib chiqqan.
Sayfiddin Qutuz haqida esa oʻzim ham yaqinda bildim. Koʻpchilik Jaloliddin Manguberdini taniydiyu, ammo moʻgʻullarga undan ham qaqshatqichroq zarba bergan, oʻsha hududlarda qahramon sifatida ulugʻlanadigan tarixiy shaxs, Jaloliddin Manguberdining jiyani haqida koʻpchilik bilmaydi.
Va eng muhimi Nazar Eshonqulning "Kitob bandasi". Xuddi adabiyot borasida oʻzimga hamsuhbat topib olgandayman. Yoʻldayoq ancha-munchasini chuqqalab oʻqib qoʻydim u yoq bu yogʻidan. Shu kunlarda tinimsiz kitob oʻqigim kelyapti...

@salimov_blogi
831 views18:16
Open / Comment
2022-06-13 20:30:00 #viktorina

To‘g‘ri javob: iroda

Manba: «Konfutsiylik» kitobi

To‘g‘ri javobni birinchi bo‘lib Zuhra Muxamedova topdi.

Keyingi viktorinalarda omad!

@akademnashr
968 views17:30
Open / Comment
2022-06-13 19:23:06
#viktorina

Savol: X ni toping.

@akademnashr
1.0K views16:23
Open / Comment