Get Mystery Box with random crypto!

«Аkademnashr» nashriyoti

Logo of telegram channel akademnashr — «Аkademnashr» nashriyoti А
Logo of telegram channel akademnashr — «Аkademnashr» nashriyoti
Channel address: @akademnashr
Categories: Literature
Language: English
Country: Uzbekistan
Subscribers: 4.61K
Description from channel

«Akademnashr» nashriyotining rasmiy kanali
Мutolaa qiling!
Оnlayn buyurtma: t.me/akademsavdo
Tel: 99 433-16-77
Manzil: https://maps.app.goo.gl/VcqwAHTqhVTkZLUFA
Ish vaqti: 9:00 ›› 18:00 (Dushanba - Juma)
Aloqa: @akademnashr_bot

Ratings & Reviews

2.75

4 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


serobov
serobov


The latest Messages 4

2022-06-20 19:21:01
#viktorina

Savol: Gap nima haqida ketayotganini sezgan bo‘lsangiz, X, Y, Z ni aniq yozib bering.

@akademnashr
1.3K viewsedited  16:21
Open / Comment
2022-06-20 14:50:27
Bugun... #viktorina

Sovrin: «She'rlar», Cho‘lpon

21:21

@akademnashr
1.4K views11:50
Open / Comment
2022-06-20 13:09:57 ​​Balzakning mashhur iborasi hamisha o'rinlimas. Shaharda ham daholar yetishadi.

Odamning qayerda tugʻilib, qayerda o'lishi muhim emas. Uning nima qila olgani muhim. Muhimi - iste'dod. To'g'ri, qishloqda samimiyat, tabiiylik kuchli. Shaharda fikr ustunlik qiladi. Ularning o'rtasidagi farq bor-yo'g'i shunda.

Men uchun qishloqda yashagan Folkner qanchalik zavq bersa, umrida shahardan boshqa yerda yashab ko'rmagan Kafka ham shunchalik zavq beradi. Men adiblarni shaharlik yoki qishloqlik deb boʻlishlariga, shu bo'lish orqali ulardan nimadir izlashlariga qarshiman.

Murod Muhammad Do'st hikoyalari qanchalik oʻzbekona bo'lsa, iste'dodli shahar yozuvchilarining hikoyalari ham shunchalik o'zbekona. Qodiriyni eslab qo'ya qolaylik. Ko'pincha yozuvchilarni hududiy bo'lib
muhokama qilishsa, hayron qolaman.

Bunaqa gap-soʻzlar, bunaqa tahlil nima beradi, shu bilan Amerika ochiladimi yoki tahlili chuqurlashadimi yoxud bular hammasi o'zimizning iste'dodimiz oqsayotganini bir-birimizga ag'darish uchun o'ylab topiladimi?

To'g'risi, aqlim yetmaydi. Bunaqa muhokamadan ko'ra M.M.Do'st bilan Qodiriy asarlarini birin-ketin mutolaa qilgan ma'qul.

KITOB BANDASI
1.4K views10:09
Open / Comment
2022-06-19 08:39:57
«Mustaqillik masalasi hatto 1917-yilda ham kun tartibida turmagan» — MAHIN READS

Telegram | Instagram | Facebook
597 views05:39
Open / Comment
2022-06-18 09:56:31
#yangi_nashr Tez kunda...

SALTANATLAR JANGI

Fransiya va Rossiya, Gʻarb va Sharq... Bu ikki mahobatli saltanat o‘rtasidagi kurash borasida mulohaza yuritar ekanmiz, jahon tarixida bunday hayajonli, bunday fojiali to‘qnashuv kamdan-kam bo‘lgan deb bemalol aytishimiz mumkin.

Bu kitobda Napoleon hukmronligi ostidagi farang imperiyasi va imperator Aleksandr I boshchiligidagi Rossiya imperiyasi o‘rtasidagi dahshatli hamda dramatik kurash haqida hikoya qilinadi.

Muallif: Ixtiyor Esonov
Muqova: yumshoq
Hajmi: 256 bet

—————————
Manzil: Chilonzor, So'galli ota - 5.
Xarid: t.me/akademsavdo

Telegram | Instagram | Facebook
315 views06:56
Open / Comment
2022-06-17 15:32:58
#qayta_nashr Tez kunda...

Bolalarning yozgi ta'tilda galaktika bo'ylab sayohat qilishiga nima deysiz?

Qanday qilib deysizmi?

Sa'dullo Quronovning «Galaktikada bir kun» kitobi yangilangan dizayn bilan uchinchi nashrga tayyorlanmoqda.

Kitob tez kunda qo‘lingizga yetib boradi.

—————————
Manzil: Chilonzor, So'galli ota - 5.
Xarid: t.me/akademsavdo

Telegram | Instagram | Facebook
905 views12:32
Open / Comment
2022-06-17 10:17:13 ​​Yozar ersang Haqqa yozg‘il ko‘ni yo‘lg‘a ko‘ndurur,
Zinhor xalqqa yozmag‘il ura-ura o‘ldirur.


YASSAVIY HIKMATLARI LUG‘ATI

@akademnashr
1.0K views07:17
Open / Comment
2022-06-16 22:03:06 ​​#viktorina

To‘g‘ri javob: Rauf Parfi

Manba: «Kitob bandasi», Nazar Eshonqul

To‘g‘ri javobni birinchi bo‘lib, «Kitoblar shahzodasi» niki ostidagi obunachimiz topdi. Bu ishtirokchimiz Shahzod Soliyev, viktorinalarimizda beshinchi marotaba g‘olib bo‘lmoqdalar.

Shuningdek, obunachilarimiz orasida javobni bir xil vaqtda yozganligi va kanalimizni faol kuzatib, postlarimizga eng ko‘p izoh yozib borganliklari sababli Ma'rufjon ismli kuzatuvchimizga ham kitob hadya qilishga qaror qildik.

Keyingi viktorinalarda barchaga omad!

@akademnashr
1.2K views19:03
Open / Comment
2022-06-16 19:21:02
#viktorina

Savol: Qaysi ijodkor haqida gap ketmoqda?

@akademnashr
1.3K views16:21
Open / Comment
2022-06-16 16:02:26
Bugun... #viktorina

Sovrin: «Jahon adabiyoti: modernizm va postmodernizm», Ulug‘bek Hamdam

21:21

@akademnashr
1.3K views13:02
Open / Comment