Get Mystery Box with random crypto!

«Аkademnashr» nashriyoti

Logo of telegram channel akademnashr — «Аkademnashr» nashriyoti А
Logo of telegram channel akademnashr — «Аkademnashr» nashriyoti
Channel address: @akademnashr
Categories: Literature
Language: English
Country: Uzbekistan
Subscribers: 4.61K
Description from channel

«Akademnashr» nashriyotining rasmiy kanali
Мutolaa qiling!
Оnlayn buyurtma: t.me/akademsavdo
Tel: 99 433-16-77
Manzil: https://maps.app.goo.gl/VcqwAHTqhVTkZLUFA
Ish vaqti: 9:00 ›› 18:00 (Dushanba - Juma)
Aloqa: @akademnashr_bot

Ratings & Reviews

2.75

4 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


serobov
serobov


The latest Messages 6

2022-06-13 19:01:14
Бисмиллаҳ..!

Ваниҳоят бугун “Академнашр” нашриётида “ҲАД” номли шеър китобим нашр этилди!

Қувончим чексиз!

Ўзига шукр…


@nodiranazar
1.0K views16:01
Open / Comment
2022-06-13 18:03:15
Bugun... #viktorina

Sovrin: Nazar Eshonqul: «Kitob bandasi»

21:21

@akademnashr
1.1K views15:03
Open / Comment
2022-06-13 14:01:05 ​​​​KUTUBXONA SHAKLIDAGI KITOB

Nazar Eshonqul – zamonamizning faylasuf yozuvchilaridan biri. Yozuvchi hamisha harakatda: ijodiy ishlari bilan o‘quvchini xursand qilishni yaxshi ko‘radi. Ijod bilan birga ijod laboratoriyasidagi jarayonlarni, adabiyot va san’at haqidagi mulohazalarini muntazam qog‘ozga tushirib boradi. “Mendan mengacha”, “Ijod falsafasi” kitoblari haqiqiy adabiyot o‘quvchilari uchun o‘ziga xos qo‘llanma bo‘lgan. Yaqinda shu ro‘yxat tag‘in boyidi.

“Kitob bandasi” nomli yangi kitobida muallif mutolaa jarayonida o‘zi zavq olgan kitoblarni nafaqat kitobxonga tavsiya qiladi, balki, asarlarning g‘oyasini sharhlaydi, obraz va timsollarni tahlilu tadqiq etadi. Bu asarlar yozuvchining ijodiga ham o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatgan.

Dunyoning eng sara asarlari haqida o‘y-fikrlar jamlangan boshqa bir kitob yodimga kelmadi. “Kitob bandasi” – o‘zbek tilida muqobili yo‘q kitob. Shu jihatdan yozuvchi hali hech kim qo‘l urmagan yaxshi bir ishni amalga oshirdi.

Kitobdan, shuningdek, muallifning Murod Muhammad Do‘st, Rauf Parfi, Abdulla Oripov, Ahmad A’zam, Faxriyor, Qozoqboy Yo‘ldoshev, Temirpo‘lat Tillayev ijodi va shaxsi haqida yozilgan maqolalari ham o‘rin olgan. Yozuvchi bu insonlarni “kitob bandalari” deb atagan.

Adabiyot yoki san’at bilan jiddiy shug‘ullanaman degan inson Nazar Eshonqulning “Kitob bandasi” kitobini o‘qishi lozim, deb o‘ylayman. Chunki bu kitob dunyo adabiyotining eng sara asarlarini tushunish va anglash yo‘lida o‘ziga xos tuynuk vazifasini bajaradi. Kitobni o‘qiy boshlagan kishi o‘zini kutubxonaga tushib qolganday his qiladi. Kitobga xuddi kutubxona shaklida tartib berilgan.

Kitob qanday o‘qilishi kerak? Kitobni o‘qib, u haqidagi fikrlarni qanday qog‘ozga tushirish mumkin? Asarning xulosasini uqish, ramz va obrazlarning ma’nosini tushunish uchun nima qilish kerak? Inson o‘zida fikrlash mexanizmini qanday ishga tushiradi? Bu asar bilan yozuvchi nima demoqchi? Bu kabi savollarga javob topish uchun “Kitob bandasi”ni o‘qishga to‘g‘ri keladi.

Xurshid Abdurashid

—————————
Manzil: Chilonzor, So'galli ota - 5.
Xarid: t.me/akademsavdo

Telegram | Instagram | Facebook
1.1K views11:01
Open / Comment
2022-06-13 08:24:31
Adabiyot fanini mukammal o‘zlashtirish uchun qo‘llanma

5-11-sinf

har bir mavzu yuzasidan savol-javoblar;
mavzulashtirilgan testlar;
jadvallar;
har qaysi sinf uchun alohida topshiriqlar o‘qituvchi bilan o‘quvchining, yana tun-kun o‘qishdan charchamaydigan abituriyentlarning mushkulini oson qiladi.

Muallif: Sadoqat Xolmonova
Muqova: Yumshoq
O‘lchami: 84x108 1/16 A4 formatda
Narxi: har bir kitob 10 000 so‘m + javoblar kitobi bilan

—————————
Manzil: Chilonzor, So'galli ota - 5.
Xarid: t.me/akademsavdo

Telegram | Instagram | Facebook
1.2K views05:24
Open / Comment
2022-06-12 13:57:54 ​​#bolalar_adabiyoti #parcha

Qizaloqning gapidan esankirab, fe'lim buzildi:

- Nima, meni poraxo'r demoqchimisiz?
- Ha!
- Odam bitta konfetgayam poraxo'r bo'lib qolarkanmi?!
- Ha! - koʻzini kitobdan uzmasdan boshqalarga sezdirmasdan javob berdi qizaloq.
- Xo'sh, agar pora bersam, nima ahvolga tushaman? - qiziqdim yana.

- Bizda pora bergan qo'ldan xuddi maymunnikiday jun oʻsib chiqadi. Keyin uni yuz marta qirsa ham, baribir, yo'qolmaydi. So'ng u odam umrining oxirigacha hammaga masxara boʻlib yuradi, birov bilan so'rasholmaydi. Hamma bilan ovqat-lana olmaydi. Nuqul qo'lini cho'ntagiga tiqib, chekka-chekkalarda kalamushday biqinib yuradi.

Xuddi hozir qo'limdan jun o'sib chiqadiganday xavfsirab, yana so'radim:

- Pora olgan qoʻlga-chi, unga nima bo'ladi?
- Pora olgan qoʻl esa xuddi o'rik qoqisiga o'xshab bujmayib qoladi, - davom etdi qizaloq. - Biz tomonda bitta shunaqa odam yashaydi, yoshi katta. Aytishlaricha, u oldin amaldor bo'lgan ekan. Yigitligida bir kampirdan bilmasdan pora olib qo'yib, qoʻli tirishib, judayam xunuk holga kelib qolibdi. Oʻsha odam doim qo'liga qo'lqop taqib yuradi...

BUVAMNING OSHQOZONIDAGI MAMLAKAT

—————————
Manzil: Chilonzor, So'galli ota - 5.
Xarid: t.me/akademsavdo

Telegram | Instagram | Facebook
2.7K views10:57
Open / Comment
2022-06-11 08:42:35
#nomsizmuqova

Bahriddin Bozorov ijodidan


@akademnashr — mutolaa qiling!
1.3K views05:42
Open / Comment
2022-06-10 12:36:13
METALLAR OLAMIGA SAYOHAT

#qayta_nashr

Kitobda metallurgiya tarixi, turli metallarning kashf etilishi va qo‘llanilishi, mashhur metallurglar haqidagi qiziqarli faktlar, voqealar, afsonalar, foydali ma’lumotlar, turfa hangomalar, ajoyib novellalar jamlangan.

Muallif metallar olish sohasidagi zamonaviy texnika va texnologiya yutuqlariga hamda yangiliklariga, kelajak metallurgiyasi borasidagi o‘ziga xos g‘oyalar va loyihalarga katta e’tibor bergan.

Muallif: S.I. Venetskiy
Hajmi: 112 bet
Narxi: 8 000 so‘m

—————————
Manzil: Chilonzor, So'galli ota - 5.
Xarid: t.me/akademsavdo

Telegram | Instagram | Facebook
593 views09:36
Open / Comment
2022-06-10 08:29:00
XUBBULAR — bolajonlar qo'lida

—————————
Manzil: Chilonzor, So'galli ota - 5.
Xarid: t.me/akademsavdo

Telegram | Instagram | Facebook
802 views05:29
Open / Comment
2022-06-09 20:00:46 To‘g‘ri javob: bola so‘rayotgan barcha narsani olib beravermaslik

Manba: UCHDAN KEYIN KECH

To‘g‘ri javobni birinchi bo‘lib Alisher Ashurov topdi.

@akademnashr
1.1K views17:00
Open / Comment
2022-06-09 19:01:56
Savol: Ibuka qaysi ishni bajarmaslikni tavsiya qilmoqda?

@akademnashr
1.1K views16:01
Open / Comment