Get Mystery Box with random crypto!

Dove_pg

Logo of telegram channel dove_pg — Dove_pg D
Logo of telegram channel dove_pg — Dove_pg
Channel address: @dove_pg
Categories: Education
Language: English
Subscribers: 313
Description from channel

𝖁.𝕽.𝕽🕊️
#Assalomu_alaykum 🦋
🕊️ #Ollohga_oshiq_qalblar_uchun_yaratilgan! 🕊️
#Shunchaki_saxifa☝
#Bizdan_oladigan_har_bir_bilimingiz_biz_uchun_juda_qadrli! #Buni_unutmang!☝️🕊
#Dove_pg🦋🕊️📚
04. 08 2020🕊️
@Korolevatvbot
🕊️

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


The latest Messages 6

2021-05-27 19:51:24 #mehr

Fotima rodiyallohu anho.

Kunyalari Ummu abiha (otasining onasi) - Fotima onamiz Payg‘ambarimiz solallohu alayhi va sallamga ona bolasiga qaragandek, mehr ko‘rsatganlari sababli Payg‘ambarimiz "Marhabo, otasining onasi" deb, Fotima onamizga murojaat qilar edilar.
25 views °•Nazokat Boliyeva•° , 16:51
Open / Comment
2021-05-27 19:51:20
سلاما على لون الحزن في عينيك..
Ko‘zlaringdagi huzunning rangiga salom bo‘lsin..
22 views °•Nazokat Boliyeva•° , 16:51
Open / Comment
2021-05-27 19:49:10 Qadrlang..

Yaqinlaringizni, sizga berilayotgan ne'matlarni har birini qadrlang va hamd ayting..)

Bir kuni ulardan ajralib qolganingizda, yoki ulardan uzoqqa ketganingizda ularni qanchalik yaxshi ko‘rishingizni va nega endi avval ko‘proq ular bilan birga vaqt o‘tkazmaganligingizni o‘ylab afsus qilasiz. Shuning uchun siz bilan yonma-yon yurgan har bir insonni, ota-onangiz, jigarlaringiz, birodarlarni har birini qadrlang. Ketganlari mayli ketaversin. Muhimi, sizdan ularga yaxshi xotira qolsin.

Ne'matlarni ko‘pligini qarang, nafas olish, yurish, ko‘rish, yozish, mustaqil ravishda harakatlana olish... Sanab tugata olmaymiz. Evazsiz sizga shu ne'matlarni taqdim etgan Robbimga hamd ayting..)
15 views °•Nazokat Boliyeva•° , 16:49
Open / Comment
2021-05-27 19:49:03 إِنَّ لِلْمُتَّقِينَ مَفَازًا
Albatta, taqvodorlarga yutuq bordir.

حَدَآئِقَ وَأَعْنَـٰبًۭا
Bog‘-rog‘lar, uzumzorlar bordir.

لَّا يَسْمَعُونَ فِيهَا لَغْوًۭا وَلَا كِذَّٰبًۭا
U yerda bekorchi gaplarni ham, yolg‘on gaplarni ham eshitmaslar.

جَزَآءًۭ مِّن رَّبِّكَ عَطَآءً حِسَابًۭا
Robbingdan mukofot, sovg‘a hisobidandir.

(Naba surasi, 31-32-35-36 oyatlar)
14 views °•Nazokat Boliyeva•° , 16:49
Open / Comment
2021-05-27 19:48:57 ​​O‘z ko‘nglimizga murojaat etib ko‘raylik..
13 views °•Nazokat Boliyeva•° , 16:48
Open / Comment
2021-05-27 19:48:57
Yusuf alayhissalomni quduqdan chiqarib, Misrga sulton qilgan Robbimiz, seni eshitmasmi?
13 views °•Nazokat Boliyeva•° , 16:48
Open / Comment
2021-05-27 19:48:41
Allohni sevgan bir qalb, u yo‘lda charchashni ham sevadi..
13 views °•Nazokat Boliyeva•° , 16:48
Open / Comment
2021-05-27 19:48:36 Onam... (botga 4-5kun oldin ona haqida yozing deyishgandi..)

Ota-Onam uchun qilgan duolaringizni ijobatini Robbimdan tuydik, alhamdulillah. Duolaringizga rozi bo‘ling.
Onam kanalimda borlar, postimni o‘qiydilarmi yo‘qmi bilmadim.
"Sizni mendan-da baxtli yashashingizni istayman" deydilar doim. Maktabda ham, kolledjda ham o‘qigan vaqtlarimda, har xil kiyimlar kiyib yurar edim. Ko‘rgan dugonalarim keyinchalik o‘zimga "Seni ancha boy oiladan, o‘ziga to‘q oilani erka qizi bo‘lsa kerak" deb aytishgan. Aslida esa meni shunday go‘zal qilib kiyintirib, kiyimlarimni matolarini bozorma bozor yurib, ko‘z nurlarini ketqizib tikib beradigan inson onam edilar. Uyda o‘tiramiz. Kichkina opam bilan biron narsa yeymiz deb talashib qolsak, onam doim opamni urishib beradilar. "Singlingga ber" deb. Chunki, meni katta qilish onamga oson bo‘lmagan. Yoshligim deyarli kasalxonalarda o‘tgan. Mendan avval rahmatli akamni berib qo‘yganlari ularga ta'sir qilgan, ancha qiynalganlar.. Bir ona uchun farzandini tuproqqa berish osonmas.. Keyin esa men dunyoga keldim, onam doim aytadilar "Sen mening quyoshimsan.. Hayotim mazmunisan.."

Shu Onamsiz o‘tgan 17 kun boshqacha o‘tdi. Allohdan tinmay tezroq uyga qaytishlarini duolarimda so‘radim. O‘ylab qoldim, onasiz insonlarga juda qiyin bo‘lsa kerak... Alloh onalarimizni boshimizdan ayirmasin. Va yana o‘yladim.. Ertaga turmushga chiqib ketsam, umr yo‘ldoshim ham onamchalik men uchun qayg‘ura olarmikin..? Onamni har daqiqalari biz bilan o‘tgan, ularni hayotlari, biz farzandlarimiz...

Bugun onamga qarab o‘tirdim. Yig‘ladilar.. "Sizlarni ancha qiynab qo‘ydim.. Bilaman, 17 kun ichida ichingizdan nima o‘tganini.." dedilar, qo‘shilib yig‘ladim. Ichimda aytdim: "Oyijon, siz kechalari biz uchun ovora bo‘lganingizni, bizga fido qilgan daqiqalarizni haqqini bir daqiqa siz uchun ayirib ham ado ham qila olmasak kerak. Bu qarashlarimizni hech biri, siz bizni sevganingizchalik emasdir.." dedim. O‘zlariga aytolmadim. Chunki, aytsam yana yig‘lab yuborishim tayin edi. Allohga shukr aytdim, menga ular kabi Ona berganiga.
Balki ba'zilaringizni bu so‘zlarni yozib ranjitib qo‘ygandirman.. Uzr so‘rayman. Aytar gapim, sizni avval Robbingiz, so‘ng onangiz tushunganchalik hech kim tushuna olmaydi.

Yoningizdagi nuringizni qadrlang..)
13 views °•Nazokat Boliyeva•° , 16:48
Open / Comment
2021-05-27 19:48:28 - Qo‘y, yig‘lama, imom. Men chidolmayaman. Yig‘lama.

- Yig‘lamay bo‘ladimi? Allohning oyatlari yig‘latadi insonni. Ustiga ustak, g‘am, mahzunlik, ayriliq.. Bularning barini bir kunda boshimdan o‘tkazyapman. Endi bu oyat...

Jimgina kuzatib turgan Muxlis so‘radi:

- Qaysi oyat o‘zi, janob Abuzarr?

- Mana bu: "U kunda kishi o‘z aka ukasidan. Va onasi va otasidan. Va xotini va bola chaqasidan qochadi. U kunda ulardan har bir shaxsni ovora qiluvchi o‘z ishi bor. U kunda porloq chehralar bor. Ular kulgi bilan to‘la, yetgan xushxabardan xursand. U kunda bir chehralar borki, ularni g‘ubor bosgan. Ustini zulmat qoplagan. Ular, ana o‘shalar, kofirlar va fojirlardir"¹
Eshitdingizmi oyatni?.. U kunda hamma bir biridan qochadi...

¹ (Abasa surasi, 34-42oyatlar)

"Dor ostidagi odam" kitobidan
14 views °•Nazokat Boliyeva•° , 16:48
Open / Comment
2021-05-27 19:48:19
Abdulloh ibn Mas'ud rodiyallohu anhu dedilar:

"Bu qalblar bo‘sh idishlardir. Uni Qur'on bilan mashg‘ul etingiz, undan boshqa narsalar bilan emas!"

Ey Robbim, bizlarga O‘z fazli karaming ila, Kitobingga muhabbatli qalblar bergin..
13 views °•Nazokat Boliyeva•° , 16:48
Open / Comment