Get Mystery Box with random crypto!

Easy metodic

Logo of telegram channel easy_metodic — Easy metodic E
Logo of telegram channel easy_metodic — Easy metodic
Channel address: @easy_metodic
Categories: Blogs
Language: English
Subscribers: 3

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


The latest Messages 4

2022-03-01 12:21:57 Har kimda bor ersa oliy bir istak,
Duch kelganin bari totlidir, demak.
114 views09:21
Open / Comment
2022-02-08 18:43:23 You can only gain your goals by working hard. Start moving, take the right steps towards your goals.
134 views15:43
Open / Comment
2021-12-21 05:16:02 „Ertalar charchaganlarniki emas, rohatidan voz kechganlarniki bo‘ladi“.
262 views02:16
Open / Comment
2021-09-03 19:57:08 Ba'zi insonlar kanal faoliyati qayta tiklansin deb yozishibdi. Men uchun foydali bo'layotgandi deb aytishibdi.

Mening javobim esa quyidagicha;
Men kanal faoliyatini to'xtatishdan oldin juda ham ko'p o'yladim va bir qarorga keldim.
Rosti barchangizni fikr mulohazalaringizni o'qib xursand bo'ldim.
Bu darajada kanalni e'tibor bilan kuzatasiz deb o'ylamagandim.

Ayollar va qizlar uchun @Murabbiyah kanali mavjud. Agar siz ayol kishi bo'lsangiz @Murabbiyah_bot ga ovozli xabar qoldirsangiz, Murabbiyah kanaliga qo'shilish imkoni bo'ladi.

Samimiy fikrlar va o'rinli mulohazalar uchun barchangizga tashakkur!

Ha aytgancha, yuqorida @Murabbiyah kanalidagi ba'zi kerakli postlarni foydasi tegar degan maqsadda kanalga tashlab qo'ydim. Alloh manfaatli qilsin.

Allohga omonatsiz!
17 views16:57
Open / Comment
2021-09-03 19:51:42 Sizda imkon bor

Sizda duo qilish imkoni bor.
Tanangizni Robbingizning rahmat va marhamat ostonasiga tashlashga qodirsiz.
Bisotingizda peshonangizni sajdaga qo'yish soatlari bor.
Ayni damda fursatni va vaqtni boy bermang.
Sizda hali hamon imkon bor.
Imkonyatdan foydalana biling!
13 views16:51
Open / Comment
2021-09-03 19:51:04 ​​Uy tozalashni tezroq amalga oshirish maqsadida biz o’zimizga yomon odatlar ortirib olishimiz mumkinligi haqida o’ylab ko’rganmisiz? Bu odatlarni hayotimizga ta’sirinichi? O’zingizni tekshiring. Uyni tozalashda ushbu xatolardan birigi yo’l qo’ymaysizmi?

1.Tozalash vaqtida gubkalar va chang artish uchun mo’ljallangan supurgilardan foydalanasizmi?
Idishlarni yuvish uchun eng to’g’ri tanlov bu gubkalar (biroq, ularni vaqtida o’zgartirishni unutmang) mebel va texnika uchun mos kelmaydi. Chunki gubkalar bakteriyalarni juda tez o’ziga singdirib olishadi. Chang artish uchun mo’ljallangan supurgilar esa xonanani changitib yuboradi. Ular bilan javon va tokchalarni changdan halos qilashingiz mumkin, ammo havoni ifloslantirganingiz qoladi.

2.Oshxona idishlarini gazdan olgandan so’ng sovutmasdan yuvasizmi?

Barcha tova va kostryulkalar ham keskin harorat o’zgarishiga dosh bera olmaydi. Misol uchun, maxsus tagi olmaydigan idishlar bunga toqat qila olmaydi, issiqlikka chidamli idishlar esa bunday sinovlarga duchor bo’lmasa sizga uzoqroq xizmat qiladi.

3.Derazalarni quyoshli havoda yuvasizmi?

Ajablanarlisi shundaki, derazalarni shamolsiz, ammo bulutli kunda yuvish maqsadga muvofiq. Quyoshli kunda oyna juda tez quriydi va bu uni xiralashib qolishiga olib keladi.

4.Siz tozalashni pol artishdan boshlaysizmi?

To’g’ri tozalashning oltin qoidasi, yuqoridan pastga harakat qilish. Tozalashni derazalardan va mebeldan boshlang polni esa eng oxirida tozalang. Shunda ishingiz osonlashadi.

5.Tozalash vositalaridan juda ko’p miqdorda foydalanasizmi?

Tozalash vositalaridan ko’p foydalanish yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi. Birinchidan bu cho’ntakka zarar, ikkinchidan esa samarasiz hamdir. Tozalash vositalari qanchalik ko’p bo’lsa, ularni yuvib tashlash ham shuncha murakkablashadi. Har doim qadoqda ko’rsatilgan qoidalarga rioya qiling va agar ularni ichida o’lchash uchun mo’ljallanjan idishchalar bo’lsa, ulardan albatta foydalaning.

6.Tozalash uchun aksessuarlarni tozalamaysizmi?

Chang lattalar, gubkalar, supurgi, changyutgich, kir yuvish mashinasi– ularning barchasi millionlab bakteriyalarni o’ziga to’playdi va ularning ko’pchiligi immunitet darajasi past insonlar va bolalar uchun xavfli bo’lishi mumkin. Har bir tozalashdan keyin aksessuarlarni toza yuvish va dezinfektsiya qilish, changyutgich qopchalarini o’zgartirish, kir yuvish mashinasini shamollatish, kerak.

7. Tozalashni uzoq vaqtga kechiktirasizmi?

Eng yomon odat, uyni qalin chang qatlami qoplanmaguncha va ifloslanmaguncha tozalamaslik. Agar har kuni ozginadan ish qilsangiz, tozalash falokat kabi ko’rinmaydi va uyda har doim tozalik hukm suradi.

Uydagi tozalik - bu salomatlik va yaxshi kayfiyat garovidir!)
15 views16:51
Open / Comment
2021-09-03 19:49:33 ​​Limon to’g’risida qiziqarli ma’lumotlar

Limon shamollashda eng birinchi yordamchi vazifasini o’taydi. Ammo bundan tashqari uning foydali xususiyatlari juda serob bo’lib, shu sababdan uni qadim zamondan ishlatib kelishgan. Shunday qilib, limonning o’ziga xos xususiyatlari quyidagicha:
•Limon o’zida ko’p biriktiruvchi to’qima va kislotalarni saqlab, ovqat hazm qilishni yaxshilaydi;
•Limon moddalar almashinuvini yaxshilaydi;
•O'zida temir moddasini saqlashi sabab ham, kamqonlikda ham foydalidir;
limon yurak-tomir tizimini mustahkamlaydi;
•Shamollash va anginada u nafaqat C guruh vitamini borligi sababidan foydalidir, balki u shamollashga qarshi samarali kurashadi;
•Garmonlar muvozanatini ushlab turadi;
•Immunitetni mustahkamlaydi.

Limonni zararli tomonlari
Albatta bu mevani qo’llashga qarshi ko’rsatmalar ham mavjud. Limonlardan kamroq iste’mol qilish yoki umuman cheklash kerak, agar siz:
•Oshqozon yoki ichak yarasidan aziyat cheksangiz;
•Sitrus mevalarga alergiyangiz bo’lsa;
•Pankreatitga chalingan bo’lsangiz.

Shuni esdan chiqarmaslik lozimki, limon tish emaliga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Undan juda ko’p miqdorda iste’mol qilish esa qon bosimiga ham yomon ta’sir ko’rsatadi. Hamma narsaning me’yori borligini unutmang.)

Limonni to’g’ri qo’llash
Shamollash vaqtida ham haddan ziyod limon iste’mol qilish mumkin emas. U oshqozon shilliq qavati va tish emaliga salbiy ta’sir ko’rsatishi sabab ham uni och qoringa iste’mol qilish tavsiya etilmaydi. Limon solingan bir stakan suv bu ovqatdan keyin ichsa bo’ladigan yaxshi ichimlikdir.

Limonlar yuqori haroratda foydali xususiyatlarini yo’qotadi, shu sabab ham qaynoq choyga limon solmaslik kerak, biroz sovigandan so’ng solish kerak.

Bir kunda bir necha bo’lak limondan iste’mol qilish mumkin, faqat limonni o’zini yegandan so’ng tish emaliga zarar keltirmasligi uchun og’izni chayish kerak.

Limonni to’g’ri tanlash va saqlash
Agarda siz limonni uning rangiga qarab tanlasangiz, unda buni unuting! ular hech nimadan dalolat bermaydi. Yaxshi pishgan limonlar ham och rangda bo’lishi mumkin.
Ammo limon xarid qilayotganda quyidagilarga ahamiyat berish lozim:
Pishgan limon – qattiq va tarang bo’ladi. Agar bosib ko’rganda limon yumshoqroq bo’lsa, unda u o’tib ketgan bo’ladi. U ta’m jihatidan uncha bilinmaydi, ammo uning foydali xususiyatlari kamaygan bo’ladi
foydali va sersuv limonning po’sti silliq bo’ladi;
Limon ustida jigarrang chiziqlar yoki dog’lar mavjud bo’lsa, demak uni sovutgichda uzoq muddat ushlab turishgan. Bunday limonni foydasi kam, ta’mi ham achchiqroq bo’ladi.
Limonlarni sovutgichda 4-5 haftagacha konteyner yoki zip yelim xaltalarga solib saqlash mumkin. Xona haroratida esa bir haftacha yaxshi saqlanadi, so’ng esa quriy boshlaydi.

Qiziqarli ma'lumotlar uchun "Google" ga rahmat!)
12 views16:49
Open / Comment
2021-09-03 19:49:33 ​​Zikr va Zokirlar fazli haqida

Alloh taolo:
«Ey iymon keltirganlar! Allohni ko'p zikr qilinglar. Va ertayu kech uni poklab yod etinglar», degan (Ahzob 41-42).
Allohni zikr qilish qalbni Unga bog'lashdir, U meni kuzatib turibdi, degan doimiy e'tiborda turishdir, Allohning buyruqlarini bir lahza ham esdan chiqarmay amalga oshirib borishdir.
Ha, mo'minlarning Allohni ko'p qilishlari matlub amaldir. Alloh ko'p zikr qilingandagina turli yolg'on, bo'hton, ig'vo, g'iybat, chaqimchilik kabi gunoh gap-so'zlar bizdan uzoqlashadi.
Allohni ko'p zikr qilgan odamning qalbida dunyoning, uning matohlarining zikriga joy qolmaydi.
Allohni ko'p zikr qilgan odamning qalbida turli ko'ngilxushliklarga, inson zehnini chalg'ituvchi maishatlarga joy qolmaydi.
Allohni ko'p zikr qilgan odamning qalbiga Allohning muhabbatidan boshqa muhabbat sig'maydi.
Allohni ko'p zikr qilgan odamning tiliga avvalo Allohning ismi jo bo'ladi. So'ngra bu muborak ism asta-sekin uning halqumiga, ko'ksiga va qalbiga yetib boradi. Bunday inson tili bilan Allohning ismini aytmasa ham, qalbi «Alloh, Alloh» deb turadi. Nihoyat, butun vujudi shu holatga yetadi. Ana shunda zokirlik maqomiga erishadi.
Imom Ahmad ibn Hanbal rahmatullohi alayhi rivoyat qilgan hadisda quyidagilar aytiladi:
Rasulullohning huzurlariga bir a'robiy keldi. Ulardan biri:
«Ey Allohning Rasuli, eng yaxshi odam kim?», deb so'radi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Kimning umri uzoq bo'lib, amali yaxshi bo'lsa, o'sha», dedilar.
Ikkinchisi esa:
«Ey Allohning Rasuli, Islomning takliflari ko'paydi. Menga bir ishni amr qilingki, uni mahkam tutay», dedi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Doim tiling Allohning zikri ila xo'l bo'lsin», dedilar.
Ha, Allohning zikrini ko'p qilish mo'min bandani oliy maqomlarga erishtiradi.
Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisda Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam:
Robbingiz: «Modomiki, bandamning lablari meni zikr qilib qimirlar ekan, men u bilan birgaman» deydi, deganlar.
«Va ertayu kech Uni poklab yod etinglar».
Ertalab ham, kechqurun ham dunyoda katta o'zgarishlar ro'y beradi. Shuning uchun ham bu ikki vaqtda Allohni poklab yod etish alohida ta'kidlanmoqda.
Agar bandalar Alloh taoloni ko'p zikr qilib, Uni ertayu kech pok deb yod etsalar, mukofoti nima bo'lishi kelasi oyatda aytilmoqda:
«U sizlarni zulmatlarda nurga chaqirish uchun O'zi ham, farishtalari ham salovot aytadir. U mo'minlarga o'ta mehribon bo'lgan Zotdir». (Ahzob, 43)
Alloh taoloning bandaga salovot aytishi U zotning bandaga bo'lgan rahmatini bildiradi. Farishtalarning salovot aytishi esa, bandaga Allohning rahmati yog'ilishini tilab, duo qilishlarini anglatadi.
«U mo'minlarga o'ta mehribon bo'lgan Zotdir».
Shuning uchun Alloh taolo bandalarning zikriga muhtoj bo'lmasa ham, bandalar o'z foydalari uchun Uni zikr qilsalar ham, O'zini ko'p zikr qilgan, ertayu kech poklab yod etgan bandalariga O'zi salovot aytib, farishtalariga ham salovot ayttirmoqda. Bundan ortiq yana qanday mehribonlik bo'lishi mumkin?!
Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisi qudsiyda Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam:
«Alloh taolo «Kim Meni ichida zikr qilsa, Men ham uni ichimda zikr qilaman, kim Meni jamoat ichida zikr qilsa, Men ham uni uning jamoatidan yaxshiroq jamoat ichida zikr qilaman», deydi», deganlar.
Bu farishtalar ichida zikr qilaman deganidir.
«U zotga yo'liqadigan kundagi so'rashishlari salomdir. Va ularga go'zal ajrni tayyorlab qo'ygandir». (Ahzob, 44)
Allohni ko'p zikr qiladigan, ertayu kech Uni poklab yod etadigan ana o'sha bandalarga Alloh taoloning O'zi va farishtalari salovot bilan birga ularning:
«U Zotga yo'liqadigan kundagi so'rashishlari salomdir».
Allohga yo'liqadigan o'sha mo'minlarning qiyomat kunida hol-ahvol so'rashlari salomdan iboratdir. Avvalo, mo'minlar salom berib kutib olinadi, qolaversa, ularga barcha xavfu xatardan, qiyomat kunining dahshatlaridan va do'zax azobidan salomatlik ato etiladi.
«Va ularga go'zal ajrni tayyorlab qo'ygandir».
Va Alloh taoloning O'zi bunday zokir bandalarga go'zal ajrni — jannatni tayyorlab qo'ygandir.

"Hadis va Hayot" kitobidan
12 views16:49
Open / Comment
2021-09-03 19:49:33 ​​​​Gullar parvarishida yo'l qoyiladigan xatolar..

1. Gulning pastki barglari qurishi va to'kilishi yorug'lik yetishmasligi yoki havoning o'ta yuqori haroratliligi yoki yetarlicha sug'ormaslik oqibatida ro'y beradi.
2. G'unchasi yoki guli to'kilishiga havoning quruqligi, kam sug'orish, tuvak joyini tez-tez almashtirish, azot yetishmasligi va zarar kunandalar sabab bo'ladi.
3. Gullari tez so'lib qolsa, bu o'simlikning og'itga muhtojligi, quyosh nuri, xona havosida namlik yetishmayotgani, haddan ortiq issiq harorat belgisi.
4. Barglari uchining sarg'ayishi — kalsiy yetishmasligi, yetarlicha sug'ormaslik oqibati.
5. Yaproq va shoxlari chiriy boshlasa, bunga gullar uchun yomon shart-sharoit tufayli yuzaga kelgan kasallik, aksariyat hollarda tuprog'idagi yuqori namlik sabab.
6. O'simlik sekin o'syapti yoki umuman o'smayaptimi? Barcha osimliklar uchun kuz va qish sokinlik davri hisoblanadi. Bu paytda ular deyarli o'smaydi yoki juda sekin o'sadi. Agar bu hol bahor va yozda ham davom etsa, bunga mineral moddalar, yorug'lik yetishmasligi va ko'p sug'orish sabab boladi.
7. Gullamasligi sokinlik davrining buzilishi, mineral moddalarning haddan ortiq berilgani yoki ko'p martta tuvagini almashtirishga ham bog'liq.
8. Sopol tuvak yuzasida yashil qoplam paydo bolsa, bilingki, suvni kop quygansiz.
9. Barglarda quruq dog'lar bo'lsa, suvning kamligidan. Agar dog' tushgan barglar qurimasa, ko'p sug'orilganidan darak bo'ladi.
10. Barglar burishib qolsa, o'simlik haddan ortiq sovuqda qolib ketgan bo'ladi. Uning joyini o'zgartirgan maqul.

Hozircha shular..
15 views16:49
Open / Comment
2021-09-03 19:49:33 ​​Dazmol qilishni o'rganamiz..

1. Kiyimni dazmol qilishdan avval uning yorlig'iga etibor bering, balki uni umuman dazmol qilish mumkin emasdir yoki malum haroratga amal qilish lozimdir...
2. Haroratni nazorat qiling!
Odatda, o'ng tomondan chap tomonga, libosning keng qismidan ingichka qismiga qarata dazmol qilish lozim.
3. Toza, yuvilgan kiyim va buyumlarni dazmol qiling, aks holda kichik dog' ham kozga tashlanib qoladi.
4. Quruq liboslarni dazmollash biroz mushkul, shuning uchun pulverizator (suv purkagich) yoki namlash imkoni bo'lgan toza marlidan foydalaning.
5.Choyshab, yostiq jild, sochiqlarni yuza tomonidan dazmol qilinadi. Rangli liboslarni ichki tarafidan dazmol yurgiziladi, aks holda matoda yaltiroq chiziqlar paydo bolishi mumkin. Erkaklar koylagini esa faqat old qismidan dazmol qilish lozim.
6. Junli kiyimlarni astaridan ham, ustki qismidan ham dazmol qilaversa boladi, faqat nam marlidan foydalanishni unutmang.
7. Krep matosidan tikilgan va yuzasida bo'rtib chiqqan rasmli liboslarni quruq va past haroratda dazmol qiling.
8. Suniy ipakdan to'qilgan tafta matosini dazmollashda namlangan marlidan foydalaning, yana uni astar qismidan dazmol yurgizish lozim.
9. Kraxmallangan matolarni namlangan marli qoyib, yuqori haroratda teskari tarafidan ham, ustki tomonidan ham dazmollash shart! Bunda mato dazmolga yopishib qolmasligi uchun kraxmallash jarayonida ozgina tuz qoshishni maslahat beramiz.
10.G'ijimlangan galstuk dazmol qilinmaydi. Uch litrli bankaga qaynoq suv solib, galstukni banka ustiga o'rash kerak.
11. Paxtali matodan tikilgan kiyim va buyumlarda dazmoldan iz qolgan bolsa, bu dog'lar vodorod peroksidi bilan namlanadi va 15-20 daqiqadan keyin quruq mato bilan artiladi.
Yupqa tor, jimjimador matolarni doim teskari tomonidan dazmollang.
12. Duxoba va velyur matolarga suv purkab, astaridan dazmol qilinadi.
13. Erkaklarning klassik uslubdagi shimini dazmollashdan avval “strelka” ustidan suv yordamida namlanlangan mato yurgiziladi. So'ng choklarni tekislab, namlangan marli qo'yib dazmol qilish lozim.
14. Dazmol yuzasidagi kuygan mato qoldiqlarini tozalash uchun paxtali mato ustiga ikki osh qoshiq yirik tuz sepasiz. Dazmolni eng yuqori haroratga qo'yib, tuz ustidan yurgiziladi. Song quruq paxtali mato bilan dazmolning yuzasi artib olinadi.
18 views16:49
Open / Comment