🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

MILLIY SERTIFIKAT

Logo of telegram channel milliy_sertifikat — MILLIY SERTIFIKAT M
Logo of telegram channel milliy_sertifikat — MILLIY SERTIFIKAT
Channel address: @milliy_sertifikat
Categories: Education
Language: English
Subscribers: 35.53K
Description from channel

🇺🇿 Milliy sertifikatlar haqida blog!
(Bilimni baholash agentligiga aloqamiz yoʻq)
💬 Guruh linki: @milliyfikrlar
🤖 Bot: @milliy_sertifikatlar_bot
🖥️ Platforma: ytest.uz / metest.uz
🔖 Reklama: @milliys_reklama
🗣️ Murojaat uchun: @ms_adminn

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


The latest Messages 13

2022-01-22 03:04:49 Savollarga javoblar (#2)

#11 Assolomu alaykum. Tasviriy san' at va chizmachilik fanidan milliy sertifikat beriladimi? Javob uchun oldindan rahmat.
#javob: Assalomu alaykum, yoʻq. Faqatgina quyidagi fanlardan milliy sertifikat mavjud: Chet tillari, Matematika, Fizika, Kimyo, Biologiya, Geografiya, Tarix va Oʻzbek, Rus, Qoraqalpoq tillari va adabiyoti

#12 Salom yaxshimisiz informatika fanidan ham milliy sertifikat bormi.
#javob: Assalomu alaykum, yoʻq

#13 Assalam alaykum .Man tarix fanidan milliy sertigikat olmoqchiman .Shunga aniq malumot bera olasizmi .Kiyin milliy sertifikat insitutga kirishga qande yordam beradi , nechi yil mudatti ,milliy sertifikat dan nechi %olsez qancha bal berishini xam ayting iltimos .Oldindan katta raxmat
#javob: Umumtaʼlim fanidan Milliy sertifikatni qoʻlga kiritgan abituriyent sertifikatdagi o‘zlashtirish foiziga mos ravishda oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ballga ega boʻladi. Ushbu sertifikat 3 yilga amal qiladi.

#14 Man matematika fani uqituvchisi milliy sertifikat qanday olsam buladi
#javob: Milliy sertifikat olish uchun roʻyxatdan oʻtish boshlanishi bilan my.dtm.uz saytidan roʻyxatdan oʻtishingiz talab etiladi. Soʻng, 405 ming soʻm toʻlovni amalga oshirib, belgilangan imtihon kunlarida ishtirok etib, yuqori foizlarni qoʻlga kiritgan holda sertifikat olasiz.

#15 Menga matematikdan milliy sertifikat haqida maʼlumot kk
#javob: Matematika fanidan imtihon tartibi quyidagicha:
Jami savollar soni: 45 ta
Savol turlari: qisqa ochiq, batafsil ochiq va yopiq.
Umumiy berilgan vaqt: 180 daqiqa (3 soat)
Imtihon 5-11 sinf darsliklarini qamrab oladi.
Har bir toʻgʻri topilgan savollar qiyinligiga qarab 1 baldan 8 balgacha taqdim etiladi.
Maksimal ball - 100 ball

#16 Салом Рус тили буйича миллий сертификат топширмокчиман каерда топширса булади
#javob: Assalomu alaykum, registratsiya boshlanganda roʻyxatdan oʻtib, toʻlovini qilib (my.dtm.uz), belgilangan imtihon kunida oʻzingizni hududdagi DTMda imtihon topshirishingiz mumkin boʻladi.

#17 Assalomu alaykum matematika o'qituvchilariga milliy sertifikat testi qachon bo'ladi? Milliy sertifikat olish uchun necha % dan baland bo'lishi kerak o'qituvchilar to'plagan ball? Matematika fani o'qituvchilari milliy sertifikatga ega bo'lsalar shaxar hududida 25% , qishloq hududida 50 % gacha ustama to'lanadi degan mazmundagi habarlar to'g'rimi?
Iltimos to'liqroq ma'lumot bering.
#javob: Sertifikat talabini bajarish uchun 60% dan yuqori koʻrsatkich qayd etish talab etiladi. Ustama haqidagi gap ushbu tizimning nizomida belgilab berilgan va bu haqiqat.

#18 Ассаламу алейкум
Рус тили фанидан миллий сертификат качон кабул бошланаркан?
Кандай тартибда болади?
Шартлари кандай?
#javob: Rus tili va adabiyoti fanidan imtihon tartibi bilan quyidagi postda tanishishingiz mumkin:
https://t.me/milliy_sertifikat/4735

#19 Ассалому алайкум. Тарбия фанидан С1 даража олса буладими. Жорий килинганми. Жавоб учун аввалдан рахмат
#javob: Assalomu alaykum, yoʻq.

#20 Ассалому алайкум, яхшимисиз?
Миллий сертификатга рўйхатдан ўтишда ўқувчи ва ўқитувчи учун бир хил вақт белгиланганми
#javob: Bir xil vaqt belgilangan.

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat
2.6K views00:04
Open / Comment
2022-01-22 02:42:36 Savollarga javoblar (#1)

#1 Men maktabda matematika fanidan dars beraman. Milliy sertifikatga ariza tashlamoqchiman bu yil kech qolmadimmi? Toʻlovi qancha?
#javob: Kech qolmadingiz. Bu yil hisobidan hali Matematika fanidan milliy sertifikat imtihonlari boʻlib oʻtmadi.
Milliy sertifikat imtihoniga toʻlov summasi - 405 ming soʻm.

#2 Milliy sertifikat savollarida olimpiada savollari ham tushadimi?
#javob: Milliy sertifikat imtihon savollari Davlat taʼlim standarti boʻyicha tuziladi. Olimpiada darajasidagi savollar ham boʻlishi mumkin.

#3 Milliy sefrdan adabiyot bolimiga qiynalvoman . Iloji bolsa adabiy sanatlar haqida qisqacha va soddaroq chuntirib bersez
#javob: Ushbu fandan mutaxassis bilan bogʻlaning. Ular sizga koʻproq yordam beradi.

#4 Assalomu alaykum uzr 14 00dan oldin yozdim. Matematika òqtuvchisiman. Milliy sertfikatga topshirmoqchiman. Òqtuvchi va abiturientlar bn bir xil tartibda otkaziladimi.
Test qayerda qanday tartibda boladi. Savollar namunada berilganda oxshashmi?????
Agar registratsiya boshlansa taxminan qaysi oylarda bolish mumkin imtixon.
Javoblar uchun oldindan raxmat.
#javob: Milliy sertifikat imtihonlari hamma uchun bir xil tartibda oʻtkaziladi. Oʻqituvchi, oʻquvchi, abituriyent, magistr deb ajratilmaydi. Testlar oʻzingizning yashab turgan hududingizda oflayn tarzda boʻlib oʻtadi (hududni oʻzingiz tanlaysiz). Savollar xuddi namunada koʻrsatilgan tartib va darajada boʻladi.

#5 Ассалому алайкум мен физика фани укитувчисиман ,физика фанидан миллий сертификат олмокчиман.Кандай ва кай тартибда мурожаат килишни тушунтирсангиз
#javob: Fizika fanidan milliy sertifikat imtihonlariga roʻyxatdan oʻtish yakunlandi. Agar roʻyxatdan oʻtgan boʻlsangiz, my.dtm.uz saytidagi shaxsiy kabinetingizda imtihon kunlari, joyi va vaqti haqida maʼlumot olishingiz mumkin boʻladi. Agar roʻyxatdan oʻtmagan boʻlsangiz, navbatdagi imtihonlarni kutishingiz kerak boʻladi. Navbatdagi imtihonlarga roʻyxatdan oʻtish boshlanishi bilan kanalda maʼlumot beramiz.

#6 Assalomu aleykum tarix fanidan milliy sertifikat olish ushbu yildan boshlanadimi ?
#javob: Tarix fanidan milliy sertifikat imtihonlari joriy qilinishi yillari sifatida 2021-2024- yillar koʻrsatib oʻtilgan. Bu yildan boshlanishi ham mumkin, 2024-yildan ham.

#7 Assalomu alleykum
1 Biologiya va kimyo fanidan imtihon yozma bòladimi yoki test
2 keyingi sertificat imtihonlari qachon bòladi(kimyo, biologiya)
3 imtihon savol darajalari qanday bòladi
#javob: Biologiya fanidan imtihon tartibi quyidagicha:
Jami savollar soni: 50 ta
Savol turlari: ochiq va yopiq
Umumiy berilgan vaqt: 120 daqiqa (2 soat)
Imtihon 6-11 sinf darsliklarini qamrab oladi.
Har bir toʻgʻri topilgan savollar qiyinligiga qarab 1 baldan 3 balgacha taqdim etiladi.

#8 CEFR olish uchun vaqtni ozimiz bilgilaymizmi yo o'zlari belgilagan vaqtda topshiramizmi
#javob: Har oy DTM belgilagan vaqt boʻyicha imtihonlar boʻlib oʻtadi.

#9 Milliy sertifikat qanday imkoniyatlar beradi va matematikadan qachon boladi
#javob: Umumtaʼlim fanidan Milliy sertifikatni qoʻlga kiritgan abituriyent sertifikatdagi o‘zlashtirish foiziga mos ravishda oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ballga ega boʻladi. Chet tilidan B2 daraja sertifikatiga ega abituriyentlar esa ushbu fandan kirish imtihonlarida maksimal balni qoʻlga kiritadi. Milliy sertifikatga ega Oʻqituvchilardan faqatgina Matematiklar 25% dan 50% gacha ustamaga ega boʻlishi mumkin.

#10 Ассалому алейкум
Мен утган йили биология фанидан топширган едим
Лекин натижалари елон килинмади
Пулини кайтариб берамиз дейишганди, пулини ким кайтариб беради? Каерга бориш керак?
#javob: Assalomu alaykum, hududingizdagi Davlat test markazining boʻlimi bilan bogʻlaning.

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat
2.5K views23:42
Open / Comment
2022-01-21 17:56:49 1-savol: Milliy sertifikat imtihonlari har bir fan (Ona tili va adabiyoti, Matematika, Fizika, Kimyo, Biologiya, Tarix va Geografiya) dan yiliga necha marta tashkil qilinishi kerak ?

Kommentlarda javob bering. Davlat test markazi hodimlari bizni kuzatib borishadi. Ular sizning talabingizni bilishi kerak.

2-savol: DTM milliy sertifikat imtihonlari yillik oʻtkazilish sanalarini eʼlon qilmasligini sababi nimada?

3-savol: Taklif bering. Ushbu tizim qanday boʻlishi kerak, sizni qiynayotgan masalalarga qanday yechim topsa boʻladi!?

P/s: Ushbu post komentini savol va takliflar bilan toʻldirib tashlaylik. Ushbu murojaatlarimiz ularga tezroq va samaraliroq yetib boradi.

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat
2.5K views14:56
Open / Comment
2022-01-21 17:44:13 Qachon? / Qachon? / Qachon? SAVOL. Salom. Kimyo bu yil bòladimi. Qachon / fizikadan milliy sertifikat uchun test qachon bolib otadi. hali sanasi aniq emasmi? / Matematikadan qachon hujjat topshiriladi / Assalomu alaykum. Fizikadan milliy sertifikat uchun…
2.1K viewsedited  14:44
Open / Comment
2022-01-21 17:37:35 Navbatdagi eng koʻp berilgan savollardan biri

Milliy sertifikat oʻqituvchilarga qanday imtiyoz (ustama) beradi?

Matematika fani oʻqituvchilaridan tashqari umumtaʼlim fanlarini bilish sertifikatini qoʻlga kiritgan oʻqituvchilarga hozirda xech qanday imtiyoz va ustama koʻzda tutilmagan. Milliy sertifikatning tegishli darajasiga ega matematika fani o‘qituvchilariga esa (Ixtisoslashtirilgan maktablarning matematika fani o‘qituvchilaridan tashqari) ular faoliyat olib borayotgan davlat ta’lim muassasasining joylashuviga qarab, bazaviy tarif stavkasiga nisbatan shahar hududida joylashgan maktablarda 25 foiz, qishloq hududida joylashgan maktablarda 50 foizgacha har oylik ustama haq to‘lanadi.

Shuningdek, hozirda fanni bilish darajasiga ega oʻqituvchilarga maʼlum ustamalar toʻlash rejalashtirilayotgani, ushbu oʻqituvchilarga imtiyozlar berish koʻzda tutilgan qarorlarni tayyorlashga topshiriqlar berilmoqda. Tez orada ustama yoki imtiyozlar kutilmoqda. Agar shunday qarorlar chiqsa, albatta xabar beramiz.

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat
3.2K views14:37
Open / Comment
2022-01-21 17:23:26 Qachon? / Qachon? / Qachon?

SAVOL. Salom. Kimyo bu yil bòladimi. Qachon / fizikadan milliy sertifikat uchun test qachon bolib otadi. hali sanasi aniq emasmi? / Matematikadan qachon hujjat topshiriladi / Assalomu alaykum. Fizikadan milliy sertifikat uchun test qachon bo'lib o'tadi / Tarix fanidan milliy sertifkat uchun test qachon o'tkaziladi / Assalomu alaykum matematikadan o'qituvchilar uchun milliy sertifikat testi qachon bo'ladi? / Assalomu aleykum 2022 yilda endi buyog'iga milliy sertifikat Imtihoni yana qacho buladi ona tilidan topshirmoqchi edim. / Assalomu aleykum savolim shundan iborat bu yil matematikadan milliy sertifikat imtihonlari qachon o'tkazilari. O'qituvchilar ham qatnashsa bo'ladimi / Регистрация качон булади? / Ассаламуалайкум.Математика фанидан кашон болади / Assalomu aleykum ona tili va adabiyot hamda ingiliz tili fanlarini bilish darajasini aniqlash Milliy sertifikat imtihonlari qachon aniq muddatda bo'lib o'tadi / Matematika fanidan milliy sertifikat qachon bo'ladi / Assalomu aleykum. Matematikadan milliy sertifikatga ro'yhatdan o'tish qachon boshlanadi?
O'qituvchilar uchun alohida bo'ladimi? / АссаломАлекум она тилидан миллий сертификат бўйича качон тест ўтказилади ? / ....

JAVOB. 40 ga yaqin obunachilarimizdan bir xil turdagi savol kelib tushdi. Ularni qiynayotgan masala milliy sertifikat imtihonlariga roʻyxatdan oʻtish qachon boshlanishi va imtihonlar qachon oʻtkazilishi haqida. Kanalimiz chatida deyarli har kuni ushbu savol bir necha marotabadan takrorlanib berilib turiladi. (https://t.me/+SctRvTneNIMHZ_iC)
Bizda ushbu savolga javob yoʻq. Sababi, ushbu imtihonlarni oʻtkazadigan Davlat test markazi ochiq manbalarda bu haqida maʼlumot taqdim etmayabdi. Shuningdek, ularning aloqa raqamlari bilan bogʻlanganimizda, imtihonlar yaqin orada boshlanishi bu haqida saytlarida maʼlumot berishlari bilan cheklanmoqda.

Shu oʻrinda, Davlat test markaziga sizning savolingizni yetkazamiz: Milliy sertifikat imtihonlari qachon boʻlib oʻtadi? Ushbu imtihonlarni yil davomida necha marta boʻlishi, yil davomida qaysi sanalarda boʻlishi rejalashtirilganligi haqida maʼlumot berish qiyinmi? Bu qanday maʼlumot-ki, sir tutilishi kerak? Yoki yillik rejani oʻzi yoʻqmi? Davlat test markazidan ushbu savollarga javoblarni kutib qolamiz. Axborot xizmati ishlaydimi bu tashkilotda?

Shuningdek, obunachilarimizga shuni eslatib oʻtamizki, qaysi bir fandan milliy sertifikat imtihonlariga roʻyxatdan oʻtish boshlanishi bilanoq, kanalimizda ushbu xabarni boʻlishamiz. Xech kim xabarsiz qolib ketmaydi. Bizni kuzatishda davom eting.

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat
2.7K viewsedited  14:23
Open / Comment
2022-01-21 16:23:07 Bugun Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi 2022-2023 yil magistratura mutaxassisligi bo'yicha rasmiy ma'lumot berilishi kutilmoqda.

Unda barcha oliygoh talabalari magistraturaga hujjat topshirishda chet tili sertifikati talab qilishnishi maqullandi.

Bundan ko'rib turinibdiki, magistratura mutaxassisligiga hujjat topshirish uchun chet el sertifikat bo’lmasa talaba hujjat topshira olmaydi!

Bu bo’yicha yaqin vaqtlar ichida rasmiy ma’lumot beriladi!
(@magistrlarofficial)

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat
2.4K views13:23
Open / Comment
2022-01-21 11:50:22 Savol-javoblar rukni:

Kanalimiz mavzusi Milliy sertifikatlarga oid sizni qiziqtirgan yoki javobini topa olmayotgan savollaringiz boʻlsa, bizga joʻnatishingiz mumkin. Qoʻldan kelgancha javob berishga harakat qilamiz!
Savollaringizni soat 14:00 dan 20:00 ga qadar @milliy_sertifikat_admin ga yuboring.
Barchani savoliga albatta, javob beramiz. Umumiy javoblar posti 20:00 dan soʻng @milliy_sertifikat kanalimizda eʼlon qilinadi! Bizni kuzatishda davom eting!

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat
2.6K views08:50
Open / Comment
2022-01-21 11:28:12 ​​​​​​ 2021-yil 9-10-iyun kunlari Biologiya fanidan boʻlib oʻtgan milliy sertifikat imtihonlarida nomzodlar qanday natija qayd etishgan? (statistika)

Biologiya — 2473 nafar nomzod.

0 nafar (0%) talabgor sertifikat talabini bajargan.

0 nafar (0 %) talabgor 90 foiz va undan yuqori natija ko‘rsatgan.

Hududlar bo‘yicha ko‘rsatkichlar mavjud emas.

Maʼlumot oʻrnida, Biologiya fani bo‘yicha test natijalari tahliliga ko‘ra testologiya mezonlari buzilganligi, talabgorlarning biologiya fanidan maktabda olgan o‘rtacha baholari bilan test sinovidagi natijalari o‘rtasida tafovutlar yuqori ekanligi hamda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab e’tirozlarga sabab bo‘lganligi uchun xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda 10-iyun kuni biologiya fanidan milliy sertifikat uchun o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilinmasligini ma’lum qilindi.

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat
2.3K views08:28
Open / Comment
2022-01-21 11:23:43 ​​​​​​ 2021-yil 9-10-iyun kunlari Matematika fanidan boʻlib oʻtgan milliy sertifikat imtihonlarida nomzodlar qanday natija qayd etishgan? (statistika)

Matematika — 898 nafar nomzod.

485 nafar (54 %) talabgor sertifikat talabini bajargan.

40 nafar (4,5 %) talabgor 90 foiz va undan yuqori natija ko‘rsatgan.

Hududlar bo‘yicha ko‘rsatkichlar quyidagi rasmda keltirilgan.

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat
2.2K viewsedited  08:23
Open / Comment