Get Mystery Box with random crypto!

SURXONDARYO KADASTR

Logo of telegram channel surxonkadastr — SURXONDARYO KADASTR S
Logo of telegram channel surxonkadastr — SURXONDARYO KADASTR
Channel address: @surxonkadastr
Categories: News
Language: English
Subscribers: 941
Description from channel

Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


The latest Messages 2

2021-11-23 14:13:52
Davlat kadastrlari palatasi tizimining asosiy e’tibori xozirgi kunda Andijon viloyatining Asaka va Shahrixon tumanlaridagi xatlov ishlariga qaratilgan.

Mazkur xududlarda tizim xodimlari bilan katta ishlar amalga oshirilmoqda deb, xech mubolag‘asiz aytish mumkin.

Jumladan, xatlov jarayoniga nafaqat mazkur tumanlarning mutahassislari balki qo‘shni tumanlardan ham 314 nafar muxandislar jalb etilgan.

#DavKadastrPalata #xatlov_ishlari #Asaka_Shahrixon #mutahassislar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook
132 views11:13
Open / Comment
2021-11-23 13:28:29
Bugun Kadastr agentligida O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Kadastr agentligi rahbar hamda xodimlari ishtirokida ZOOM platformasi orqali yig‘ilish o‘tkazildi.

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmalari hamda uning hududiy tuman-shahar bo‘limlari boshliqlari va filiallar rahbarlarining yig‘ilishda ishtiroki ta’minlandi.

Mazkur yig‘ilish ochiq muloqot tarzida o‘tkazilib, hududlarda sodir etilgan holatlar tanqid ostiga olindi va bu kabi holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, ularni oldini olish yuzasidan fikr almashildi.

Yig‘ilish davomida korrupsiyaga qarshi kurash borasida joriy qilingan yangi mexanizmlar, korrupsion holatlarga sabab bo‘luvchi omillarni aniqlash va ularni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar atroflicha muhokama etildi.
165 views10:28
Open / Comment
2021-11-23 13:16:24 Биз Кадастр ходимлари коррупцияга қаршимиз.
159 views10:16
Open / Comment
2021-11-23 12:08:11 Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

Ўзбекистонда расмий ахборотнинг биринчи манбаси - ахборот хизматлари ҳисобланади. Хозирги кунда барча давлат органлари телеграмда ўз саҳифаларини юритишмоқда.

Мазкур телеграм каналларида янги қонун ҳужжатлари шарҳи, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан бохабар бўлиш имконияти мавжуд.

Давлат органларининг расмий каналлари билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.
87 views09:08
Open / Comment
2021-11-23 09:39:41
#korrupsiyaga_qarshi_kurash

Бугун Ўзбекистон Республикаси Коррупцияга қарши курашиш агентлиги ва Кадастр агентлиги раҳбар ҳамда ходимлари иштирокида ZOOM орқали видеоселектор йиғилиши ўтказилди.

Йиғилишда “Коррупцияга қарши курашиш ва уни олдини олиш борасида олиб борилаётган ишлар ҳамда келажакдаги режалар” мавзуси юзасидан бугунги кунда коррупцияга қарши курашиш соҳасидаги давлат дастурлари, жамиятда коррупцияга нисбатан муросасиз муносабатни шакллантиришга доир чора-тадбирларни ишлаб чиқиш, коррупцияга оид ҳуқуқбузарликларни аниқлаш, уларга чек қўйиш ва олдини олиш, уларнинг оқибатлари, шунингдек имкон берувчи сабаблари муҳокама қилинди.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
54 views06:39
Open / Comment
2021-11-23 09:16:39
Oltinsoyni "Yashil makon"ga aylantirishda kadastr xodimlari ham faol ishtirok etishmoqda.

Davlat rahbarining "Yashil makon" umummilliy loyihasini amalga oshirish bo‘yicha ilgari surgan tashabbuslari bugun, mamlakatning barcha hududlarida o‘z aksini topmoqda.

Bu borada, viloyat markazidan tortib to chekka tumanlar hududlarida ham hasharlar tashkil etilib, har bir tashkilot ko‘chat ekish ishlarida faol ishtirok etmoqda.

Jumladan, Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasining Oltinsoy tuman bo'limi hamda filial hodimlari ham "Yashil makon" umummilliy loyihasini davom ettirgan holda daraxt ekish ishlarini amalga oshirishdi.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Axborot xizmati:
103 views06:16
Open / Comment
2021-11-23 09:16:10
Ayni dam, Davlat kadastrlari palatasining Fazoviy maʼlumotlar milliy infratuzilmasi boshqarmasi xodimlari “Koreyaning rivojlanishga rasmiy yordam” grand loyihasi asosida “O‘zbekistonda milliy geografik axborot tizimi uchun fazoviy ma’lumotlarni standartlashtirish va ulardan foydalanish” dasturi bo‘yicha seminar treningda qatnashmoqdalar.

Ushbu malaka oshirish kurslariga yig‘ilgan tizim xodimlari koreyalik mutahassislardan - Fazoviy ma’lumotlarni standartlashtirish, ISO/INSPIRE standartlar tizimi hamda UML & JML modellashtirish kabi mavzularda ma’lumotlarga ega bo‘lishmoqda.


#DavKadastrPalata #hamkorlik #Koreya

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook
70 views06:16
Open / Comment
2021-11-23 06:57:53
KUN HIKMATI
Yer yuzida juda ko'p ajoyib joylar bor. Lekin eng yaxshisi, sizni kutishayotgan joy.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Axborot xizmati:
141 views03:57
Open / Comment
2021-11-23 06:38:40
Surxondaryo viloyatidagi Oltinsoy tumani tashkil topgan kun.

Oltinsoy Tumani – Surxondaryo viloyatidagi tuman. 1981 yil 23 noyabrda Sho'rchi va Denov tumani qismlaridan tuzilgan. Viloyatning Denov, Boysun, Sho'rchi, Qumqo'rg'on tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 56 832 ga . Aholisi 181,7 ming kishi. Tumanda 9 qishloq fuqarolar yig'ini bor.

Axolisi, asosan, o'zbeklar, tojiklar, rus,tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi.

Xo'jaligi. Tuman xo'jaligi asosan qishloq xo'jaligiga ixtisoslashgan. Sanoat, transport, aloqa korxonalari bor. Qishloq xo'jaligida bog'dorchilik asosiy o'rin tutadi. Ayniqsa, tokchilik rivojlangan.

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati axborot xizmati.
226 viewsedited  03:38
Open / Comment
2021-11-22 14:53:26
Бугун Президент Шавкат Мирзиёев ҳузурида 2022 йилда қайта тикланувчи энергиядан фойдаланиш соҳасида давлат-хусусий шериклик лойиҳаларини кўпайтириш чора-тадбирлари юзасидан йиғилиш бўлиб ўтади.

Шунингдек, давлатимиз раҳбари мамлакатимизда қурилиши режалаштирилган объектлар тақдимоти билан танишади.

Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев проведет совещание по мерам расширения реализации проектов государственно-частного партнерства в сфере использования возобновляемых источников энергии.

Глава государства также ознакомится с презентацией об объектах, планируемых к строительству в нашей стране.
111 views11:53
Open / Comment