Get Mystery Box with random crypto!

SURXONDARYO KADASTR

Logo of telegram channel surxonkadastr — SURXONDARYO KADASTR S
Logo of telegram channel surxonkadastr — SURXONDARYO KADASTR
Channel address: @surxonkadastr
Categories: News
Language: English
Subscribers: 941
Description from channel

Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


The latest Messages 9

2021-11-09 06:43:47
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA #Kadastr #Aerogeodeziya

Kadastr agentligi Respublika aerogeodeziya markazi tomonidan Toshkent shahri ma'muriy-hududiy birliklar chegaralarini aniqlash, shahar hududiga Toshkent viloyatidan qo'shilayotgan yerlarni belgilash hamda markaz mutaxassislari tomonidan yaratilayotgan yuqori aniqlikdagi elektron xaritalar haqida "Sevimli" telekanalining "Zamon" informatsion dasturidan lavha.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
106 views03:43
Open / Comment
2021-11-09 06:43:29
KUN HIKMATI
Ish jarayonida jahlingiz va asabingizni jilovlay oling. Sizda bor asab, jahl boshqalarda ham borligini unutmang.
Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati axborot xizmati.
148 views03:43
Open / Comment
2021-11-09 06:38:15
09-Noyabr “Xalqaro sifat kuni”

“Butun dunyo sifat kuni”
bayrami har yili noyabr oyida nishonlanadi. Bayram 1989 yilda tashkil qilingan. BMTning yordami ostida yirik xalqaro tashkilotlar bu bayramning tashabbuskorlariga aylanishdi. Ushbu bayram birinchi marta dunyo bo'yicha 1989 yil 9 noyabrda nishonlandi.

“Butun dunyo sifat kuni” bayramining asosiy maqsadi keng jamoatchilik diqqatini taklif qilinayotgan mahsulot va xizmatlarning sifati muammosiga qaratishdan iborat. Sifat muammolarini echishga qaratilgan harakatni kuchaytirish zarur.

Ayni muammoni echishda shu narsa nazarga olinadi-ki, birinchidan, ishlab chiqariladigan mahsulotlar inson va atrof-muhit uchun xavf tug'dirmasligi kerak. Ikkinchidan, mahsulotlar iste'molchilarni talablariga to'liq javob berishi kerak.Hozirgi kun talablari darajasidagi mahsulot va xizmatlarning sifati-har qanday tashkilot va korxonalarning muvaffaqiyatli faoliyati garovidir.

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati axborot xizmati.
184 views03:38
Open / Comment
2021-11-08 15:25:35
#xalqaro_hamkorlik #xalqaro_hamkorlik #sun_iy_intellekt

Bugun Kadastr agentligida Buyuk Britaniyaning "Bikal UK" rahbari Raj Sandhu va Kadastr agentligi direktor o'rinbosari Mirsaid Mirmaksudov o'rtasida sun'iy intellekt va aqlli tizimlar joriy qilish orqali axborot tizimlari, biznes jarayonlarni yanada samarali boshqarish, istiqbolli loyihalar muhokmasiga bag'ishlangan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
96 views12:25
Open / Comment
2021-11-08 13:53:33
Қайси ҳудудда қурилиш корхоналари сони кўп?

Давлат статистика қўмитаси маълумотларига кўра, 2021 йилнинг 1 ноябрь ҳолатига ҳудудлар кесимида фаолият юритаётган қурилиш корхоналари сони:

Тошкент шаҳри – 9 013 та

Тошкент вилояти – 3 946 та

Фарғона вилояти – 3 656 та

Қашқадарё вилояти – 3 483 та

Андижон вилояти – 3 423 та

Самарқанд вилояти – 3 395 та

Бухоро вилояти – 2 938 та

Сурхондарё вилояти – 2 810 та

Наманган вилояти – 2 552 та

Қорақалпоғистон Р. – 2 489 та

Жиззах вилояти – 2 160 та

Хоразм вилояти – 2 079 та

Навоий вилояти – 1 704 та

Сирдарё вилояти – 1 611 та

A'zolik— https://t.me/surxonkadastr
170 views10:53
Open / Comment
2021-11-08 13:18:34
#kadastr #yer_nazorati #Surxondaryo

Kadastr agentligi Denov tuman bo'limi inspektorlari tomonidan tumanidagi "O'zbekiston" massivi "Oxtom" mahallasi xududidagi "Nuriddin" fermer xo'laligiga qarashli qishloq xo'jalik xaritasining
6q-dala konturidagi 0,15 gektar suvli yer maydoniga "Oxtom" mahallasida yashovchi fuqaro Safarov Sadriddin tomonidan o'zboshimchalik bilan noqonuniy egallab olinib, uy-joy binosi qurish maqsadida poydevor (Fundament) quyish ishlari olib borilayotganligi aniqlandi.

Ushbu holat bo'yicha Kadastr agentligi Denov tuman bo'limi yer nazorati inspektorlari tomonidan fuqaroga 15 kunlik muddatda ushbu holatni o'z hohishi bilan bartaraf etishi ushbu belgilangan muddatda ixtiyoriy bartaraf etilmasa tegishli tartibda mamuriy javobgarlikka tortilib to'plangan hujjatlar sud tartibida ko'rib chiqilishi yuzasidan rasmiy ogohlantirish xati berildi.

Natijada, ushbu holat fuqaroning o'z hohishi bilan bartaraf etildi.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Axborot xizmati:
162 views10:18
Open / Comment
2021-11-08 12:50:06
#Davlat_kadastrlari_palatasi #sayyor_qabul #murojaatlar

Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmasiga qarashli Shayxontohur tumani filialida tadbirkor va fuqarolar uchun sayyor qabul tashkil etildi.

Mazkur sayyor qabul “O’zbekiston 24” telekanalining “Yangiliklar24" informasion dasturida keng yoritildi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
96 views09:50
Open / Comment
2021-11-08 10:23:10
BILASIZMI?

Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish axborot tizimlari orqali 3 bosqichda amalga oshiriladi:

1-bosqich
— binolar va inshootlarning texnik ko‘rsatkichlarini o‘lchash vositalari orqali aniqlash va axborot tizimida hisobga olish;

2-bosqich — obyektlarni chizmada joylashtirib, raqamli kadastr rejasini tuzish;

3-bosqich — oldingi bosqichlarda olingan maʼlumotlarni hisobga olgan holda, maʼlumotlarni axborot tizimiga kiritish yoki mavjud maʼlumotlarni yangilash.

Har bir bino va inshoot axborot tizimiga muayyan kadastr raqami ostida yozib qo‘yiladi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
125 views07:23
Open / Comment
2021-11-08 10:02:14
Cурхондарё вилояти туманларини доимий аҳолиси сони

Cурхондарё вилояти статистика бошқармаси маълумотларига кўра, 2021 йилнинг 1 октябрь ҳолатига кўра, вилоятимиз ҳудудларининг доимий аҳолиси сони қуйидагича:

Денов тумани – 397 334 киши
Қумқўрғон тумани – 242 306 киши
Жарқўрғон тумани – 225 511 киши
Шўрчи тумани – 216 507 киши
Сариосиё тумани – 216 331 киши
Шеробод тумани – 200 754 киши
Термиз шаҳри –187 810 киши
Олтинсой тумани – 182 982 киши
Узун тумани – 178 467 киши
Музработ тумани – 146 286 киши
Ангор тумани – 136 571 киши
Бойсун тумани – 119 085 киши
Қизириқ тумани – 118 127 киши
Термиз тумани – 79 813 киши
Бандихон тумани – 78 202 киши

Каналга уланинг: https://t.me/surxonstat_uz
140 views07:02
Open / Comment
2021-11-08 08:00:09 ​​#Kadastr #milliy_geoaxborot

Davlat kadastrlari yagona tizimiga kiruvchi quyidagi Hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastrini O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda yuritadi. Fanlar akademiyasi hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastri yuritilishini ilmiy jihatdan ta’minlaydi.

HAYVONOT DUNYOSI OBYEKTLARINING DAVLAT KADASTRI

hayvonot dunyosi obyektlarining son va sifat holatini aniqlash;
hayvonot dunyosi obyektlarini iqtisodiy baholash;
hayvonot dunyosi obyektlaridan xo‘jalikda foydalanish hajmlarini aniqlash;
davlat organlari, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarga hayvonot dunyosi obyektlarining holati to‘g‘risida ishonchli axborot taqdim etish;
hayvonot dunyosi obyektlarini saqlash, ulardan oqilona, barqaror foydalanish, himoya qilish, qayta ko‘paytirish va tiklash hamda ularning biologik xilma-xilligini saqlashni tashkil etish;
hayvonot dunyosi obyektlarini saqlash, ulardan oqilona, barqaror foydalanish, himoya qilish, qayta ko‘paytirish va tiklash talablariga rioya etilishini ta’minlash uchun yuritiladi.

Jami obyektlar soni: 250 tur
Shundan, DKYATga kiritilgan obyektlar soni: 250 tur, 100 % ni tashkil qiladi.

2021-yil 1-sentabr holatiga

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
100 views05:00
Open / Comment