Get Mystery Box with random crypto!

SURXONDARYO KADASTR

Logo of telegram channel surxonkadastr — SURXONDARYO KADASTR S
Logo of telegram channel surxonkadastr — SURXONDARYO KADASTR
Channel address: @surxonkadastr
Categories: News
Language: English
Subscribers: 941
Description from channel

Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


The latest Messages 12

2021-11-03 15:30:49
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA #xatlov #farmon6243

Toshkent viloyatida o‘tkazilgan xatlov ishlari yakuniga bag‘ishlangan matbuot anjumani tafsilotlari
Yoshlar telekanalining YANGI DAVR infarmatsion dasturida

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
63 views12:30
Open / Comment
2021-11-03 15:14:17
#Statistik_ma_lumotlar #Kadastr_pasportini_shakllantirish #Davlat_kadastrlari_palatasi

Davlat kadastrlari palatasi tomonidan kadastr pasportini shakllantirish bo'yicha ko'rsatilgan xizmatlar


(2021- yil III-chorak yakuni bo'yicha)
88 views12:14
Open / Comment
2021-11-03 14:44:09
Ўзбекистонда 9 ойда қанча ер майдони аукционга қўйилгани маълум бўлди

Шу вақтгача 444 гектар ер электрон аукционда сотилган

Батафсил — bugun.uz/88283

Расмий | LIVE | Дайжест
82 views11:44
Open / Comment
2021-11-03 13:20:43
"Ер муносабатларида тенглик ва шаффофликни таъминлаш, ерга бўлган ҳуқуқларни ишончли ҳимоя қилиш ва уларни бозор активига айлантириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Президент Фармони ижроси юзасидан матбуот анжумани

Бегзод Нишонов, Кадастр агентлиги бошқарма бошлиғи:

Йил бошидан буён кадастр агентлиги республика бўйича жами 14530 та ҳолатда 2406 гектар ер майдонлари ўзбошимчалик билан эгаллаб олинганлиги аниқланди. Шу ҳолатлардан 8530 таси бу уй-жой қуриш учун ер майдонларини ўзбошимчалик билан эгаллаб олиш билан боғлиқ. Бу ҳолатлар бўйича тегишли органларга тақдимномалар киритилган.
UzReport

Каналга уланиш https://t.me/studio_67
87 views10:20
Open / Comment
2021-11-03 13:20:04
#Kadastr #Matbuot_anjumani #Davlat_kadastrlari_palatasi #Surxondaryo_viloyati

Hurmatli fuqarolar, jurnalist va blogerlar

Joriy yilning 04-noyabr kuni soat 10:00 da Surxondaryo viloyati matbuot uyida O‘zbekiston Respublikasining Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlar palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan "Kadastr tizimida Yer nazorati yuritish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda Madaniy meros obyektlari yerlarini muhofaza qilish" mavzusida matbuot anjumani bo'lib o'tadi.

Ushbu matbuot anjumanlariga jurnalistlarni va blogerlarni taklif qilamiz.

Manzil: Termiz shahri Barkamol avlod ko‘chasi 30-uy

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
78 views10:20
Open / Comment
2021-11-03 13:14:27
#kadastr #yer_nazorati #Surxondaryo

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Sherobod tuman bo'limi inspektorlari tomonidan tumanidagi "Istiqbol" massivi xududida faoliyat yuritayotgan "Isoqul" fermer xo'jaligiga qarashli qishloq xo'jalik xaritasining 135q-dala konturidagi 0,03 gektar yer maydoniga "Istiqbol" mahallasida yashovchi fuqaro Ismatov Xolbadan tomonidan o'zboshimchalik bilan noqonuniy egallab olinib, 4 xonali yashash uyi qurganligi aniqlandi.

Ushbu holat bo'yicha Kadastr agentligi Sherobod tuman bo'limi yer nazorati inspektorlari tomonidan o'zboshimchalik bilan noqonuniy egallab olgan fuqaroga nisbatan rasmiy ogohlantirish xati berildi.

Hozirda bartaraf etish yuzasidan izchil choralar ko'rilmoqda.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Axborot xizmati:
133 views10:14
Open / Comment
2021-11-03 08:55:26
DIQQAT EʼLON

Ertaga, 04 noyabr kuni soat 10:00 da "Surxondaryo viloyati matbuot uyida O‘zbekiston Respublikasining Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlar palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan "Kadastr tizimida Yer nazorati yuritish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda Madaniy meros obyektlari yerlarini muhofaza qilish " yuzasidan Matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

Ushbu matbuot anjumaniga jurnalist va blogerlarni taklif etamiz.

Manzil:
Termiz shahri Barkamol avlod ko‘chasi 30-uy

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati axborot xizmati.
187 views05:55
Open / Comment
2021-11-03 08:31:01
Ерлар очиқ аукционга чиқарилади ва қайси тадбиркор уйнинг нархини арзон қилиб бериш мажбуриятини олса унга афзалликлар берилади

http://uza.uz/posts/316969

ЎзАнинг телеграм каналларини кузатиб боринг

Ўзбекча | O`zbekcha | Русская | Илм-фан | Тезкор
112 views05:31
Open / Comment
2021-11-03 07:35:05
#Sayyor_qabul

DIQQAT E’LON!

Hurmatli Beruniy tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

Aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Qoraqalpog'iston Respublikasi Beruniy tumanida sayyor qabul o‘tkaziladi.

Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va kadastr bilan bog‘liq boshqa muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 10-noyabr kuni soat 11-00 dan boshlab sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

Sayyor qabul Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari Abdushukur Xamidovich Abdullaev boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

Manzil: Beruniy tumani Xalqlar do‘stligi ko‘chasi «Yoshlar markazi» binosida.

Sayyor qabulga kelish istagida bo‘lgan yurtdoshlarimizdan karantin qoidalariga rioya qilgan holda tashrif buyurishlarini so‘rab qolamiz.

Murojaat uchun telefon: (+99891) 370-07-68

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
93 views04:35
Open / Comment
2021-11-03 07:15:24
SAVOL BERING-JAVOB BERAMIZ

Savol:
Bino foydalanishga qabul qilish uchun DXAga murojaat qilganimda murojaatimni ko'rib chiqish uchun davlat boji to'lagan edim, biroq mening murojaatim tuman kadastr filiali tomonidan ko'rib chiqib rad etildi. Men har safar murojaat etganimda to'lov to'lashim shartmi yoki avvalgisi kuchini yo'qotmaydimi?


Javob: VMning 2018 yil 18 maydagi 370-sonli qarorining 7 ilovasi 20-bandida “Ariza beruvchi dalolatnoma loyihasini tayyorlash yoki kelishish rad etilgan kundan boshlab bir oy mobaynida davlat xizmati ko'rsatish uchun yig'imni to'lamasdan ob'ektni foydalanishga qabul qilish uchun qayta murojaat qilish huquqiga ega” deb belgilangan.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Axborot xizmati:

Aʼzolik: http://t.me/surxonkadastr
161 views04:15
Open / Comment