Get Mystery Box with random crypto!

SURXONDARYO KADASTR

Logo of telegram channel surxonkadastr — SURXONDARYO KADASTR S
Logo of telegram channel surxonkadastr — SURXONDARYO KADASTR
Channel address: @surxonkadastr
Categories: News
Language: English
Subscribers: 941
Description from channel

Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


The latest Messages 13

2021-11-03 06:45:07
KUN HIKMATI
Qayeringiz og‘riyotgani haqida hech kimga maʼlumot bermang. Yo‘qsa kelasi safar sizga ozor berish uchun aynan o‘sha yeringizga zarba berishadi.
Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati axborot xizmati.
A‘zolik: http://t.me/surxonkadastr
156 views03:45
Open / Comment
2021-11-03 06:42:40 ​​03-Noyabr,Panamada Mustaqillik kuni

*Rasmiy nomi* - Panama Respublikasi. *Poytaxti *- Panama. *Hududi -78200km2. _Aholisi - 3405800 kishi _. _Davlat tili - ispan. Sig’inuvchilarning asosiy qismi xristian dinining katolik mazhabiga e'tiqod qiladi_. _Pul birligi - balboa.

_ _
Geografik joylashuvi va tabiati. Markaziy Amerikaning Panama bo’yidagi davlat. G’arbda - Kosta - Rika, sharqda - Kolumbiya bilan chegaradosh. Quruqlikdagi chegaralari uzunligi - 555 km. Mamlakat hududining teng yarmini tog’liklar egallagan. Harakatdagi Baru vulqoni (3475m) Panamaning eng yuqori nuqtasi hisoblanadi. Eng katta ko’li - Bayano. Asosiy tabiiy boyliklari - mis, qizil daraxt, mayda qisqichbaqalar (krevetkalar)._

_
Iqlimi - tropik. O’simlik dunyosida banaut daraxti, tropik o’rmon daraxtlari hamda Panama ko’rki hisoblangan orxideyalar keng tarqalgan._
_
Hayvonot olami rang - barang kapalaklar, gigant kapalaklar, bundan tashqari o’rmonlarida yaguar, puma kabi yirtqich hayvonlar mavjud. Qushlarnin_g _850 turi, ilon, chayon, o’rgimchaklar va turli hasharotlar keng tarqalgan._

Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. *
*Davlat tuzilishi *- respublika. Mamlakat 9 provinsiya va 5 muxtor hindular rezervatsiyasidan iborat. Panama 1903 yil 3 noyabrda o’z mustaqilligini e'lon qilgan (ilgari Kolumbiya tarkibida edi), shu sana uning milliy Mustaқillik kuni bayramiga aylandi. Davlat va ҳukumat boshliғi -prezident. Qonun chiqaruvchi hokimiyat bir palatali - Qonun chiqaruvchi assambleyadan iborat.

Sanoat asosan qishloq xo’jalik mahsulotlariga ishlov berish bilan bog’liq boshqa sohalardan - neftni qayta ishlash va qurilish ancha taraqqiy etgan. Asosiy portlari - Kolon, Kristobal, Panama.


* Tarixi. *1502 yilda ispanlar tomonidan kashf etilgan Panama, 1510 yilda ispaniya mustamlakasiga aylandi. 1513 yilda panama bo’ynini kesib o’tib, Tinch okeani qirg’oqlariga birinchi bo’lib yevropalik Nunyes de Balboa yetib bordi. Panama 1821 yilda ispan hukmronligidan ozod bo’lganidan so’ng, Buyuk Kolumbiya tarkibiga kiradi. 1903 yil Panama o’z mustaqilligini e'lon qildi.

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati axborot xizmati.
A‘zolik: http://t.me/surxonkadastr
173 views03:42
Open / Comment
2021-11-02 14:11:12
#Prezident #Kadastr #Xalq_bilan_birga #Tashkiliy_nazorat

Ижобий ҳал бўлган мурожаатлар ҳудудлар кесимида:

Қорақалпоғистон Республикаси - 457 та
Андижон вилояти - 705 та
Бухоро вилояти - 786 та
Жиззах вилояти - 760 та
Қашқадарё вилояти - 1 185 та
Навоий вилояти - 257 та
Наманган вилояти - 561 та
Самарқанд вилояти - 927 та
Сурхондарё вилояти - 1 523 та
Сирдарё вилояти - 389 та
Тошкент вилояти - 1 171 та
Фарғона вилояти - 1 624 та
Хоразм вилояти - 824 та
Тошкент шаҳар - 508 та

Telegram Instagram YouTube Facebook
95 views11:11
Open / Comment
2021-11-02 12:26:43
#Kadastr #IT_texnologiyalari

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi, IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i - O. Umarov Kadastr agentligining markaziy apparatiga tashrifi kuni “ArcGIS” dasturi yordamida interfaol xaritada kuzatish imkoniyatiga ega yagona axborot bazasi 21 turdagi qatlamlarning sohalar, hududlar va yo‘llar kesimida raqamlashtirilganlik darajasi yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
95 views09:26
Open / Comment
2021-11-02 12:26:43 ​​#Kadastr #manaviyat_va_marifat

TAVSIFNOMA

Tavsifnomaning zaruriy qismlari:
Tavsiflanayotgan shaxs haqida asosiy ma’lumotlar:
ismi, otasining ismi, familiyasi; tug‘ilgan yili;
millati; partiyaviyligi;
ma’lumoti; lavozimi;
ilmiy darajasi va unvoni;

Hujjat nomi (Tavsifnoma).
Matn.
Imzolar, sana, muhr.

Tavsifnoma matnini o‘zaro mantiqan bog‘langan uch tarkibiy qismga ajratib ko‘rsatish mumkin. Birinchi qismda shaxsning mehnat faoliyati, ya’ni mutaxassisligi, aynan shu korxona, tashkilot va boshqa joylarda qaysi muddatdan buyon ishlayotganligi, xizmat vazifasidagi o‘zgarishlar va boshqalar haqida ma’lumot beriladi.

Ikkinchi qismda xodimning shaxsiy tavsifi, ya’ni ishga munosabati, mutaxassislik bo‘yicha mahorati, siyosiy saviyasi, tashkilotchilik qobiliyati, jamoat ishlarida ishtiroki, oilaviy ahvoli, xulq-atvori, hatto ba’zida siyrati, jamoa a’zolariga munosabati, qanday mukofotlarga sazovor bo‘lganligi va boshqa asosiy rag‘batlantirishlari qayd etiladi. Xolis bo‘lish uchun kamchiligi ham ko‘rsatilib, istak bildiriladi.

Uchinchi qismda esa yuqorida bayon qilinganlardan xulosa chiqariladi va tavsifnoma qanday maqsadda yoki nima uchun berilayotganligi ko‘rsatiladi.

Tavsifnoma matni uchinchi shaxs tilidan bayon qilinadi. Xodimni tavsiflashda “halol”, “topshiriqlarni vaqtida bajaradigan”, “mehnatsevar”, “talabchan”, “tashabbuskor”, “tezkor”, “intizomli” kabi sifatlardan foydalaniladi. Agar tavsifnoma jamoat tashkilotlari yig‘ilishida tasdiqlangan bo‘lsa shu yig‘ilish bayonnomasi raqami va sanasiga havola bo‘ladi. Qoidaga ko‘ra tavsifnomaga ikki shaxs: muassasa (yoki bo‘linma) boshlig‘i va kasaba uyushmasi tashkilotining raisi imzo chekadi va ular imzosi yumaloq muhr bilan tasdiqlanadi. Tavsifnoma xodimning qo‘liga topshiriladi yoki uni shaxsan xabardor qilgan holda, tavsifnomani talab qilgan muassasaga jo‘natiladi. Tavsifnomalarning “ishlab chiqarish tavsifnomasi”, “Tavsifiy tavsiyanoma”, “xizmat tavsifnomasi” kabi turlari mavjud bo‘lib, ular ayrim xususiyatlari jihatidan o‘zaro farqlanadi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
73 views09:26
Open / Comment
2021-11-02 09:47:49
#Kadastr_ fuqaro# huquqiy tushuncha

Bizga maʼlumki Hozirgi kunda fuqarolarimiz tomonidan xar xil turdagi murojaatlar kelib tushmoqda.
Ushbu murojaatlarni o‘rganish mobaynida fuqarolarning muammolari to‘liq yechilmagan holatlar yuzaga kelgan taqdirda xam biz Kadastr xodimlari ushbu murojaatchiga qonun doirasida o‘zimizning huquqiy maslahatlarimizni bergan xolda murojaatchiga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsata olishimiz kerak shundagina fuqarolar kadastrga ishonch hisi yana-da ortadi.
Nigora opa ham Termiz tumani "Ayritom" mahallasida yashaydilar, Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ekish uchun yer maydon ajratib berishni so‘rab murojaat qilganlar.
Murojaatlari yuzasidan N.Mamatmirzaevaga hozirgi kunda yer maydonlarini ajratish bo‘yicha huquqiy tushuncha berilib murojaatlari ijobiy hal etildi.
Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati axborot xizmati.
A‘zolik: http://t.me/surxonkadastr
64 views06:47
Open / Comment
2021-11-02 07:58:50
#Kadastr #malumot

“Yer kadastriga doir axborotlarni manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarga berish tartibi to‘g‘risida”gi qarorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Yer kadastriga doir axborotlarni shakllantirilishida ma’lumotlar va hujjatlar olinadigan ma’lumotlar bazasiga ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestri ham kiritildi.

Yer kadastriga doir axborotni uning shakllantirilishiga, saqlanishiga, yangilab borilishiga va turiga qarab foydalanuvchilarga taqdim etadigan tashkilotlar ro‘yxati belgilandi.

Yer kadastriga doir axborot olmoqchi bo‘lgan manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslar o‘zlariga tegishli yer uchastkasining o‘rnashgan joyi bo‘yicha Davlat kadastrlari palatasi, uning hududiy boshqarmalariga murojaat qilishlari mumkin.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
78 views04:58
Open / Comment
2021-11-02 06:58:31 Savol: Auksionda ishtirok etish uchun to'langan badal puli qaytarib beriladimi?

Javob: O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 20 dekabrdagi 1023-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali berish tartibi to'g'risida” gi nizomning 72-bandiga asosan, auksion yakunlanganidan yoki o'tkazilmagan deb topilganidan so'ng zakalat puli quyidagilarga qaytariladi:

oxirgidan oldingi taklifni bildirgan auksion ishtirokchisiga — auksion yakunlangan kundan boshlab o'n ikki ish kuni ichida;
boshqa ishtirokchilarga — auksion yakunlangan yoki o'tkazilmagan deb topilgan kundan boshlab uch
ish kuni ichida.
Bunda zakalat puli auksion ishtirokchisining arizasiga asosan aynan shu holat bo'yicha takroriy
auksionda qatnashish uchun operatorning bank hisob raqamida qoldirilishi mumkin.
Auksion ob'ektining qiymatini to'liq to'lamagan auksion ishtiroklariga (auksion g'olibi va ikkinchi ishtirokchi) zakalat puli qaytarilmaydi.
Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Axborot xizmati:
131 views03:58
Open / Comment
2021-11-02 06:57:34
KUN HIKMATI
Agar haqiqatan ham muhim narsalar haqida gaplashishni to'xtatsak, hayotimiz ham tugay boshlaydi.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Axborot xizmati:

Aʼzolik:
http://t.me/surxonkadastr
126 views03:57
Open / Comment
2021-11-02 06:56:40
2 noyabr Jurnalistlarga qarshi jinoyatlar jazosiz qolishini to‘xtatish xalqaro kuni

BMT Bosh Assambleyasining 2013 yil 18 dekabrda qabul qilingan rezolyutsiyasiga asosan, har yilning 2 noyabr kuni dunyo miqyosida Jurnalistlarga qarshi jinoyatlar jazosiz qolishini to‘xtatish xalqaro kuni deb eʼlon qilingan.

Mazkur hujjatda BMTga aʼzo barcha mamlakatlar jurnalistlarning xavfsiz faoliyat yuritishi uchun sharoit yaratish, axborot olishni kafolatlash va so‘z erkinligini taʼminlash, jurnalistlarga nisbatan sodir etilgan jinoyatlar va huquqbuzarliklarga nisbatan zarur choralarni ko‘rishga chaqiriladi.
Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati axborot xizmati.
A‘zolik: http://t.me/surxonkadastr
139 viewsedited  03:56
Open / Comment