Get Mystery Box with random crypto!

SURXONDARYO KADASTR

Logo of telegram channel surxonkadastr — SURXONDARYO KADASTR S
Logo of telegram channel surxonkadastr — SURXONDARYO KADASTR
Channel address: @surxonkadastr
Categories: News
Language: English
Subscribers: 941
Description from channel

Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


The latest Messages 6

2021-11-18 09:55:55
#Sayyor_qabul

DIQQAT EʼLON!

Hurmatli Samarqand viloyati fuqarolari hamda tadbirkorlari!

Aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Samarqand viloyati Samarqand tumanida sayyor qabul o‘tkaziladi.

Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va kadastr bilan bog‘liq boshqa muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 30-noyabr kuni soat 15:00 dan boshlab sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

Sayyor qabul Kadastr agentligi direktorining o‘rinbosari Mirmaqsudov Mirsaid Sadiqovich boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

Manzil: Samarqand viloyati Samarqand tumani, Gulobod shaharchasida joylashgan 12-son Musiqa va san’at maktabi binosi.

Sayyor qabulga kelish istagida bo‘lgan yurtdoshlarimizdan karantin qoidalariga rioya qilgan holda tashrif buyurishlarini so‘rab qolamiz.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
37 views06:55
Open / Comment
2021-11-18 09:15:47
Bugun, Jahon banki missiyasi va Gruziya delegatsiyasi tashrifining sakkizinchi kuni.

Mehmonlar kadastr tizimining Respublikamizda yo'lga qo'yilgan qator yangiliklari va sohadagi muhim jihatlarni o'rganish va tajriba almashishda davom etmoqdalar.

Bugun ham delegatsiya a'zolari Davlat kadastrlari palatasida bo'lib, tashrif doirasida “Innovatsiyalarning ahamiyati, kadastr va ro'yxatga olish ma'lumotlari misolida – yig'ish, boshqarish, standarlashtirish, sifat nazorati, tegishli xizmatlarni taqdim etish, oshkor qilish, saqlash, maxfiylik” mavzusi bo'yicha o'zaro fikr almashmoqdalar.

Mehmonlar kun so'nggida kadastr tizimining boshqarmalardagi faoliyatini o'rganish maqsadida Samarqand viloyatiga yo'lga chiqishlari rejalashtirilgan.

#xalqaro_hamkorlik #DavKadastrPalata #Jahon_banki

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook
75 views06:15
Open / Comment
2021-11-18 08:52:17
Barchangizni 18-noyabr-O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun bilan samimiy qutlaymiz.
Vatanimizning sha’ni, xalqimizning g‘ururini aks ettiruvchi bayrog‘imiz baland hilpirayversin!

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
67 views05:52
Open / Comment
2021-11-18 08:51:41 O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan davra suhbati bo`lib o`tdi.
124 views05:51
Open / Comment
2021-11-18 08:02:25
1991 yil 18 noyabr – O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun.

Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmalari jamoasi siz aziz yurtdoshlarimizni vatanimizning muqaddas ramzi – Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan samimiy qutlaydi.
176 views05:02
Open / Comment
2021-11-18 07:54:13
Bayroq insoniyat tarixini aks ettiradigan o‘ziga xos ramzlardan biridir. Zero milliy bayrog‘imiz mamlakatimiz suverenitetining oliy ramzi bo‘lib, xalqaro miqiyosda O‘zbekiston Respublikasining timsoli sifatida namoyon bo‘ladi.

Bugun Yangi O‘zbekistonni porlayotgan quyoshga qiyoslasak, undan taralayotgan ilmu ziyo nuri ko‘hna zaminga merosdir. Davlatimiz bayrog‘i xalqimizning irodasini toblab, elni ezgulik, ulug‘ va buyuk maqsadlar sari birlashtirib xalqimizga ruhiy quvvat beradi. Milliy bayrog‘imiz juda chiroyli unda ulug‘vorlik, ezgulik, tariximiz aks etadi.

“O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingan kunga 30 yilligi munosabati bilan butun mamlakat bo‘ylab aholi vakillari ishtirokida #bayrog‘im_g‘ururim, #bayroq_30, #bayroq_kuni shiori ostida o‘tkazilayotgan o‘ziga xos xeshtegda
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmasi xodimlari ham faol ishtirok etishmoqda.
176 views04:54
Open / Comment
2021-11-18 07:28:26
Bayrog'imiz 30 yoshda!

O'zbekiston Respublikasining 1991 yil 18 noyabrdagi "O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i to'g'risida"gi Qonuni bilan tasdiqlangan Milliy bayrog'imiz bugun 30 yoshda

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Axborot xizmati:
130 views04:28
Open / Comment
2021-11-18 07:03:12
Milliy geoaxborot tizimidagi vakolatli organlarning Davlat kadastrlariga oid maʼlumotlarini toʼliq shakllantirishi boʼyicha turkum maʼlumotlar!

Mazkur maʼlumotda siz, Temir yo'llarining joriy yil yanvar-sentyabr oylari boʼyicha maqsadli koʼrsatkichlari bilan tanishishingiz mumkin.

Infografika№11

#DavKadastrPalata #info #Temir_yo_llari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook
113 views04:03
Open / Comment
2021-11-18 06:59:12
KUN HIKMATI
Muvaffaqiyatining kaliti - bu o'z-o'zini aniqlash, shaffoflik, haqiqiylik va javobgarlikdir.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Axborot xizmati:
145 views03:59
Open / Comment
2021-11-16 13:08:07 #Қонунчиликдаги_янгиликлар

“Қишлоқ хўжалигига мўлжалланмаган ер участкаларини хусусийлаштириш тўғрисида”ги Қонун Президент томонидан имзоланди (ЎРҚ–728-сон, 15.11.2021 й.).

Қонунга кўра, қуйидаги ерлар хусусийлаштирилиши мумкин:

юридик шахсларга тадбиркорлик ва шаҳарсозлик учун берилган ерлар;
фуқароларга якка тартибда уй-жой қуриш ва уй-жойни ободонлаштириш, тадбиркорлик ва шаҳарсозлик учун берилган ерлар (илгари ЯТТларнинг хусусийлаштирилиши назарда тутилмаган);
хусусийлаштириладиган давлат объектлари жойлашган ерлар (илгари бу рухсат берилмаган);
бўш турган ерлар.

Ер участкалари қуйидаги шаклларда хусусийлаштирилади:

умрбод эгалик қилиш ҳуқуқи асосида тегишли бўлган ерни сотиб олиш;
ерни электрон онлайн-аукцион орқали сотиб олиш.

Хусусийлаштиришдан тушадиган маблағлар Давлат бюджетига йўналтирилади (илгари Урбанизацияни ривожлантириш жамғармасига йўналтирилган).

Aриза ДХМ ёки ЯИДХП (my.gov.uz) орқали берилади.

Ариза кўриб чиқилиб хабарнома шаклда ижобий ёки салбий қарор қабул қилинади.

Салбий қарор асослантирилган шаклда бўлиши шарт.

Қуйидагилар хусусийлаштиришни рад этиш учун асос ҳисобланади:

● хусусийлаштириш учун асос мавжуд эмаслиги;
● ерга нисбатан тугалланмаган суд ишларининг мавжудлиги;
● ерда жойлашган кўчмас мулкка қўйилган тақиқнинг ёки хатловнинг мавжудлиги;
● аҳоли пунктларининг тасдиқланган бош режаларида, аҳоли пункти лойиҳаларида хусусийлаштиришга монелик қиладиган маълумотларнинг мавжудлиги;
● давлат ва жамият эҳтиёжлари учун ер участкаларини олиб қўйиш тўғрисида қарор мавжудлиги;
● хусусийлаштириладиган ер участкасини сотишга ёки бошқача тарзда ўзга шахсга ўтказишга нисбатан тақиқнинг мавжудлиги;
● аризада нотўғри, бир-бирига зид бўлган ёки бузиб кўрсатилган маълумотлар аниқланганлиги;
● хусусийлаштириладиган ер пули тўланмаганлиги.

Хусусийлаштиришни бошқа сабабларга кўра рад этишга йўл қўйилмайди.

Бўш турган ер участкалари электрон онлайн-аукцион орқали хусусийлаштирилади.

Ерга бўлган мулк ҳуқуқи учун давлат ордери ер учун тўлов қилинганидан сўнг 1 иш кунида Давлат активларини бошқариш агентлиги томонидан берилади.

Қуйидаги ҳолатларда хусусийлаштирилган ерни мулкдордан олиб қўйиш мумкин:
ерга ижро ҳужжатлари бўйича ундирув қаратилганда;
ер давлат ва жамият эҳтиёжлари учун сотиб олинганда (эгасининг ёзма розилиги билан);
ер мусодара қилинганда;
ер реквизиция қилинганда (эпидемия, табиий офат вақтида).

Хусусийлаштирилган ерни национализация (ҳақ эвазига давлат ихтиёрига ўтказиш) қилиш Қонундан чиқариб ташланди.

Қонун расмий эълон қилинган кундан эътиборан кучга киради.
189 views10:08
Open / Comment