Get Mystery Box with random crypto!

SURXONDARYO KADASTR

Logo of telegram channel surxonkadastr — SURXONDARYO KADASTR S
Logo of telegram channel surxonkadastr — SURXONDARYO KADASTR
Channel address: @surxonkadastr
Categories: News
Language: English
Subscribers: 941
Description from channel

Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


The latest Messages 3

2021-11-22 13:55:19
#xalqaro_hamkorlik

Корея Ер, инфраструктура ва транспорт вазирлиги томонидан молиялаштирилаётган “Ўзбекистон миллий географик ахборот тизими учун фазовий маълумотларни стандартлаштириш ва улардан фойдаланиш” грант лойиҳаси доирасида ўқув семинар ўз ишини бошлади.

Семинар 3 кун давом этади ва унда тингловчилар,

1. Корея Республикасининг Миллий геоахборот тизими (МГАТ) ва Миллий фазовий маълумотлар инфраструктураси (ФММИ) сиёсати;
2. Фазовий маълумотни стандартлаштириш;
3. INSPIRE стандартлар тизими;
4. UML ва Data моделлаштириш;
5. Стандартлар портали
билан яқиндан танишади.

Семинарда Кадастр агентлиги ҳамда вазирлик идораларнинг давлат кадастрларини юритиш ва фазовий маълумотлар йўналишига масъул 40 дан ортиқ мутахассисларига Кореянинг LX корпорацияси мутахассислари томонидан дарслар ўтилади.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
98 views10:55
Open / Comment
2021-11-22 12:20:10
Surxondaryo#kadastr#yer_nazorati

Kadastr agentligi Angor tuman bo'limi yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan olib borilgan yer nazorat tadbirlari davomida Angor tumani "Amudaryo" massivi hududida faoliyat yuritayotgan "Dilinura Angor" fermer xo'jaligiga qarashli qishloq xo'jalik xaritasining 51q-dala konturidagi 0,04 gektar yer maydoniga fuqaro Xolliyev Elbek tomonidan tegishli ruxsat beruvchi xujjatlarsiz o'zboshimchalik bilan uy joy qurish maqsadida poydevor qurilganligi holati aniqlandi.

Ushbu holat bo'yicha Kadastr agentligi Angor tuman bo'limi yer nazorati inspektorlari tomonidan fuqaroga 15 kunlik muddatda ushbu holatni o'z ixtiyori bilan bartaraf etishi ushbu belgilangan muddatda ixtiyoriy bartaraf etilmasa tegishli tartibda ma'muriy javobgarlikka tortilib to'plangan hujjatlar sud tartibida ko'rib chiqilishi yuzasidan rasmiy ogohlantirish xati berilib, tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Axborot xizmati:
171 views09:20
Open / Comment
2021-11-22 09:56:49
Сурхондарёда мамлакатимизда биринчилардан бўлиб ҳокимлик боғи ташкил этилди

Сурхондарё вилояти ҳокими Тўра Боболов “Яшил макон” умуммиллий лойиҳаси “Долзарб 40 кунлик” акцияси доирасида хайрли ташаббус билан чиқди.

Ангор туманининг Каттақум маҳалласи ҳудудидаги фойдаланишдан чиққан 4 гектар майдонда Сурхондарёда вилояти ҳокимлиги боғи ташкил этилиб, ҳокимлик ходимлари янги боққа эзгу ниятлар билан 2000 туп ўрик кўчати экди.

Ҳокимлик ахборот хизматининг маълум қилишича, вилоятда “Яшил макон” умуммиллий лойиҳаси доирасида 16 миллион, шу жумладан, йил якунига қадар 6 миллион туп мевали ва манзарали дарахт ва бута кўчатлари экиш режалаштирилган бўлиб, шу кунгача кўчатларнинг 2 миллиондан ортиғи экилган.

Каналга уланиш:
https://t.me/AOKA_Surxondaryo
62 views06:56
Open / Comment
2021-11-22 09:51:20
#kadastr #Namangan #sayyor_qabul

O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining o‘rinbosari Abdullayev To‘lqin Mansurovichning Namangan viloyati aholisi va tadbirkorlari uchun o‘tkazgan sayyor qabuli Namangan teleradiokompaniyasining “Diyor yangiliklari” informatsion dasturida.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
40 views06:51
Open / Comment
2021-11-22 08:30:29 ​​Surxondaryo viloyatida 2021 yilda Obod mahalla dasturi orqali bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Viloyatida _2021 yil Obod mahalla dasturiga tushgan mahallalardagi ko‘chmas mulklarning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish ishlari davom etmoqda.

* Viloyatda jami 31 ta mahallada 25107 ta obyektlar mavjud bo‘lib shundan 13499 ta obyektlarni kadastr yig‘ma jildi shakllantirilib 11487 tasi Davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi yaʼni bir kunda o‘rtacha 47 tani tashkil etadi.

Ushbu_ _maʼlumotlarni Termiz shahri hamda tumanlar kesimida taxlil qilinganda:

Angor tumanida 308 ta
Bandixon tumanida 276 ta
Boysun tumanida 529 ta
Denov tumanida 477 ta
Qiziriq tumanida 938 ta
Sherabod tumanida 652 ta
Jarqo‘rg‘on tumanida 622 ta
Qumqo‘rg‘on tumanida 673 ta
Sho‘rchi tumanida 605 ta
Muzrabod tumanida 748 ta
Oltinsoy tumanida 763 ta
Sariosiyo tumanida 559 ta
Termiz tumanida 744 ta
_ _
Termiz shaxar _ 3255 ta
*
Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati axborot xizmati.
138 views05:30
Open / Comment
2021-11-22 08:06:03
#Andijon #press_tur

Журналистлар Асака ва Шаҳрихон туманларидаги хатлов жараёнлари билан танишди.

Ўзбекистон Республикаси Давлат солиқ қўмитаси ҳузуридаги Кадастр агентлиги Андижон вилояти бошқармаси томонидан жорий йилда вилоятда амалга оширилаётган хатлов доирасида олиб борилаётган ишлар юзасидан матбуот анжумани ва пресс-тур ташкил этилди.

БАТАФСИЛ
72 views05:06
Open / Comment
2021-11-22 08:01:35
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekistonda jami 85,9 trln. so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.

Bajarilgan qurilish hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,1 % ga oshgan.

O‘zbekistonda so‘nggi 5 yilda bajarilgan qurilish ishlari hajmi:
2016 yilda – 29,4 trln. so‘m
2017 yilda – 34,7 trln. so‘m
2018 yilda – 51,1 trln. so‘m
2019 yilda – 71,2 trln. so‘m
2020 yilda – 88,1 trln. so‘m


#DavKadastrPalata #statistika #qurilish

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook
94 views05:01
Open / Comment
2021-11-22 07:15:49
Sho'rchini "Yashil makon"ga aylantirishda kadastr xodimlari ham faol ishtirok etishmoqda.

Davlat rahbarining "Yashil makon" umummilliy loyihasini amalga oshirish bo‘yicha ilgari surgan tashabbuslari bugun, mamlakatning barcha hududlarida o‘z aksini topmoqda.

Bu borada, viloyat markazidan tortib to chekka tumanlar hududlarida ham hasharlar tashkil etilib, har bir tashkilot ko‘chat ekish ishlarida faol ishtirok etmoqda.

Jumladan, Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasining Sho'rchi tuman bo'limi hamda filial hodimlari ham "Yashil makon" umummilliy loyihasini davom ettirgan holda daraxt ekish ishlarini amalga oshirishdi.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Axborot xizmati:
152 views04:15
Open / Comment
2021-11-22 07:01:03
Milliy geoaxborot tizimidagi vakolatli organlarning Davlat kadastrlariga oid maʼlumotlarini toʼliq shakllantirishi boʼyicha turkum maʼlumotlar!

Mazkur maʼlumotda siz, Tabiiy xavfi yuqori bo'lgan zonalarning joriy yil 1 noyabr holati boʼyicha maqsadli koʼrsatkichlari bilan tanishishingiz mumkin.

Infografika№15

#DavKadastrPalata #info #tabiiy_xavfi_yuqori_zonalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook
102 views04:01
Open / Comment
2021-11-22 06:55:41 Davlat kadastrlari palatasi hafta ichida:

Milliy geoaxborot tizimidagi vakolatli organlarning Davlat kadastrlariga oid maʼlumotlarini toʼliq shakllantirishi boʼyicha turkum maʼlumotlar!
Batafsil: 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7.

Endilikda, Qurilish litsenziyasini onlayn rasmiylashtiramiz!
Batafsil

“Qishloq xoʼjaligiga moʼljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish toʼgʼrisida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi!
Batafsil

Davlat Kadastrlari Palatasida, Kadastr agentligi Koʼchmas mulk boʼyicha kadastr muhandisi malaka shahodatnomasini olishga talabgor boʼlgan jismoniy shaxslarga imtihonlar o‘tkazildi.
Batafsil

Jahon banki missiyasi va Gruziya delegatsiyasi - Davlat kadastrlari palatasiga tashrif buyurdi.
Batafsil

Muqaddasdir millat bayrog'i!
Batafsil

Davlat kadastrlari palatasi raisi M.Valiyev rahbarligida Asaka va Shahrixon tumanlaridagi xatlov ishlari nazorati davom etmoqda.
Batafsil

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan OAV vakillari uchun press tur o‘tkazildi.
Batafsil

Davlat kadastrlari palatasida Jahon banki missiyasi va Gruziya delegatsiyasining tashrifi “O’zbekiston 24” telekanalidagi “Yangiliklar24” informatsion dasturida keng yoritildi.
Batafsil

Asaka va Shahrixon tumanlarida aholi turar joylarni yalpi xatlovdan o'tkazish borasida jadal ishlar natijalari.
Batafsil 1, 2, 3.

#DavKadastrPalata #xafta_ichida #daydjest

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook
98 views03:55
Open / Comment