Get Mystery Box with random crypto!

Cambridge Exams

Logo of telegram channel cambridgeexams — Cambridge Exams C
Logo of telegram channel cambridgeexams — Cambridge Exams
Channel address: @cambridgeexams
Categories: Education
Language: English
Subscribers: 147
Description from channel

The official Telegram channel of Authorized Cambridge Exam Centre of Cambridge English Assessments in Uzbekistan.
16 Afrosiyob Street
998 99 889 8670

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


The latest Messages 2

2021-01-07 09:24:42
Eslatma: Samarqand shahrida CEFR imtihonlari bo’lib o’tadi

Bir necha kun avval Samarqand shahrida tashkil etilayotgan CEFR imtihoni haqida rasmiy ma’lumot berib o’tgan edik.

Agar hali ham o’z joyingizni band qilmagan bo’lsangiz hoziroq ro’yxatdan o’ting. Qulay imkoniyatni qo’ldan boy bermang.

Imtihon kunlarining to'liq ro'yxati bilan tanishing:

CEFR B1
Imtihon o’tkazilish sanasi:
23-yanvar
Imtihon o’tkazilish manzili: Samarqand shahri

CEFR B2
Imtihon o’tkazilish sanasi:
27-yanvar
Imtihon o'tkazilish manzili: Fast Education o'quv markazi

CEFR C1
Imtihon o’tkazilish manzili:
Samarqand shahri
Imtihon o’tkazilish sanasi: 2-fevral

Onlayn ro'yxatdan o'tish

Telegram | Instagram | Facebook
4.8K views06:24
Open / Comment
2021-01-05 12:58:25 ​​Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi va "Action Group" (Edu-Action) NNT o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Hamkorlik doirasida ta'lim va axborot texnologiyalari sohasida iqtidorli yoshlarni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan tizimli ishlar hamda istiqbolli loyihalar yo'lga qo'yilishi eng oliy maqsad etib belgilandi. Xususan, o'qituvchilar malakasini oshirish, xalqaro imtihonlarni tashkil etish va o'tkazish ishlari amalga oshiriladi.

Ushbu hamkorlik doirasida Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi huzuridagi maktablarda o'quvchilar va o'quvchilarning chet tillari bo'yicha bilim va ko'nikmalarini oshirish bo'yicha barcha shart-sharoitlar yaratiladi.

Quyidagi yo'nalishlar orqali o'zaro hamkorlik faoliyati yo'lga qo'yilishi ko'zda tutilgan:

- Agentlik qoshidagi maktablarda IELTS, Cambridge English Assessment xalqaro imtihonlarini tashkil etish va yo'nalishlar bo'yicha malakali o'qituvchi-mutaxassislarni tayyorlash;

- O'zaro manfaatli sohalarda ilmiy hamkorlikni yo'lga qo'yishda amaliy yordam ko'rsatish;

- Agentlik maktablarini Cambridge, Oxford Universiteti nashrlari, Macmillan va HarperCollins tashkilotlarining o'quv materiallari bilan ta'minlash;

- Xalqaro mutaxassislar va Edu-Action xodimlari ishtirokida agentlik qoshidagi maktablarda o'zaro foydali loyihalarni ishlab chiqishda ko'maklashish;

- Xalqaro mutaxassislar va Edu-Action xodimlari ishtirokida agentlik qoshidagi maktablarda o'quvchi va o'qituvchilar uchun seminarlar tashkil etish;

- Agentlik va Edu-Action vakillari o'rtasida forumlar, seminarlar, konferensiyalar, davra suhbatlari, brifinglari tashkil etish va o'tkazish;

- Maktab o'qituvchilariga Cambridge English Assessment (CELTA, TKT, CEFR) sertifikatlarini taqdim etuvchi xalqaro o'quv kurslarni tashkil etish;

Fursatdan foydalanib Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktab agentligi vakillariga hamda ushbu memorandumni imzolashda yaqindan yordam bergan turli tashkilot vakillariga o'z minnatdorchiligimizni izhor etamiz.
574 views09:58
Open / Comment
2021-01-05 08:33:18 ​​CEFR imtihonining afzalliklari haqida bilasizmi?

Bugun biz sizlarga CEFR (Common European Framework of Reference) afzalliklari haqida ma’lumot berib o’tishni afzal deb bildik. Quyida CEFR sertifikatining foydali jihatlarini bilib olasiz:

Dunyo miqyosida tushunarli bo'lgan o’quv materiallari va jahon mamlakatlari tan olgan til darajasini baholash standartlariga oid foydali va mazmunli ma'lumotlarga ega bo’lish imkoniyati;

Tillarni o'rganish, o'qitish va baholashning batafsil tavsifi, o'quvchilarni til darajasini belgilangan standart namunasi asosida taqqoslash imkoniyati;

O’quvchi va o’qituvchilar CEFR imtihoniga tayyorgarlik jarayonida tanlangan darajaga oid aniq o’qitish metodikasiga ega bo’ladilar.

O'qituvchilar uchun CEFR imtihoniga tayyorlanishni tizimlashtiruvchi rasmiy o'quv materiallarini (darslik va manbalarni) tanlash imkoniyati taqdim etiladi;

CEFR darajalari chet elda ishlash yoki o’qish uchun muloqot qilish qobiliyati haqida tushuncha beradi;

CEFRda talablar yo'q. O'qituvchi va talaba tilni rivojlantirish kursining rejasini o’zlari tuzadilar. CEFR ularga nima qilish kerakligini va qanday qilish haqida yo’riqnoma taqdim etmaydi;

CEFR sertifikatining yaroqlik muddati mavjud emas. Bir marta topshirib butun umr foydalanishingiz mumkin bo’ladi.

Agar CEFR haqida qo’shimcha savollaringiz bo’lsa bizga murojaat qilish orqali javob topishingiz mumkin

Biz bilan aloqa: +998998898670

Telegram | Instagram | Facebook
689 views05:33
Open / Comment
2020-12-31 10:12:46
Aziz yurtdoshlar!

Sizlarni kirib kelayotgan yangi 2021-yil bilan Cambridge English Assessments in Uzbekistan chin qalbidan muborakbod etadi. Yangi yil sizga tinchlik va hotirjamlik, fayzu baraka, sihat-salomatlik va oilaviy baxt olib kelsin. Hamisha oilangizda mehr oqibat, sevgi muhabbat, baxt va saodat hukm surishini tilab qolamiz. 2020-yilda erishmagan orzu-maqsadlaringizga 2021-yilda erishishingizni tilab qolamiz.

Cambridge English Assessments in Uzbekistan ma'muriyati

Telegram | Instagram | Facebook
443 views07:12
Open / Comment
2020-12-29 09:28:12
Cambridge English Assessment (CEFR) va IELTS o’rtasida qanday farq bor?

Cambridge English Assessment (CEFR) va IELTS o’rtasida farq turlicha. Masalan, maqsad va vazifalari, imtihon o’tkazish formati, baholash me’zonlari va beriladigan sertifkati bilan farqlanadi.

Undan tashqari, CEFR sertifikatining yaroqlik muddati mavjud emas. Bir marta olingan sertifikat bir umr xizmat qilishi mumkin.

Qolaversa, yosh chegarasi ham turlicha. CEFR imtihoniga 6 yoshdan boshlab topshirish imkoniyati bor.

CEFR imtihonining yana bir qulayligi shundaki, har kim o'zi istagan CEFR darajasini o'zi tanlab imtihon topshiradi. Har bir daraja uchun to'lov miqdori esa quyidagicha:

• A1 - 500 000 UZS
• A2 - 700 000 UZS
• B1 - 750 000 UZS
• B2 - 1 300 000 UZS
• C1 - 1 500 000 UZS
• C2 - 1 500 000 UZS

Biz bilan aloqa: +998998898670

Telegram | Instagram | Facebook
3.0K viewsedited  06:28
Open / Comment
2020-12-25 16:01:44 ​​CEFR o’zi nima? Uning afzalliklari nimada? To’liq javob beramiz

CEFR - The Common European Framework of Reference, ya’ni Yevropa mamlakatlarida ishlash yoki o’qish uchun til darajasini tasdiqlovchi rasmiy ma’lumotnoma hisoblanadi. CEFR 6ta bosqichdan iborat bo’lib, har bir bosqich o’ziga hos bilim va tajribani talab etadi.

CEFR-ning afzalliklari nimada?

CEFR-ning son-sanoqsiz afzalliklar mavjud bo’lsa-da, quyida eng asosiylari keltirilgan:

• CEFR dunyo miqyosida tan olinadigan til darajasini turli me’zonlarda baholashda va sizning til darajangiz haqida mutaxassislarning shaffof fikrlarini ifodalashda yordam beradi.

• CEFR tilni o’qitish va o’rganish bo’yicha batafsil tavsiflarni berishda yordam beradi. Shuningdek, u o’quvchilar natijalarni taqqoslash orqali rivojlanishlari uchun vazifalarni belgilab beradi.

• Ko’plab dunyo o’qituvchilari til o’rganishni rivojlantirish uchun eng to'liq va mos o'quv dasturini taklif etuvchi CEFR tomonidan ishlab chiqilgan o’quv materiallarini afzal ko’radilar.

CEFR nima uchun kerak?

CEFR o'quv materiallari istalgan darajada insonlar bilan hech qanday qiyinchiliklarsiz gaplasha olish uchun kerak deb ta'kidlagan bo'lar edik. Chunki, CEFR-ning har bir darajasi ingliz tilida yanada osonroq gaplashish imkoniyatini yaratib beradi.

Undan tashqari, CEFR Yevropa mamlakatlarida ishlash yoki o’qish uchun til darajasini tasdiqlovchi ma’lumotnoma hisoblanadi. CEFR sertifikati barcha uchun nufuzli Universitetda o’qish yoki yuqori daromadli ishga kirish imkoniyatini yaratib beradi.

Yana bir ma'lumot, agar o'quvchi kamida CEFR B2 darajasini qo'lga kiritsa O'zbekiston Oliy Ta'lim Muassasalarining kirish imtixonlarida joriy qilingan chet tili testlaridan ozod etiladi va eng yuqori ball qo'yib beriladi.

* Ushbu javoblarimiz sizlar uchun foydali bo'ldi degan umiddamiz. Agar qo'shimcha savollaringiz bo'lsa biz bilan hoziroq bog'lanishingiz mumkin

Biz bilan aloqa: +998998898670

Telegram | Instagram | Facebook
493 views13:01
Open / Comment
2020-12-24 09:14:32 ​​ Samarqand shahrida ingliz tilidan CEFR B2 imtihoni bo’lib o’tadi

Keling, avvalo CEFR imtihonining afzalligi haqida aytib o’tamiz. Ingliz tili darajasini belgilab beruvchi CEFR imtihonining boshqa imtihonlardan (masalan, IELTS) farqi shundaki, test sinovlaridan so’ng olingan sertifikatning yaroqli muddati mavjud emas.

CEFR’ning B2 darajasi IELTS 6.0-6.5 bilan teng.
Demak, imtihon muvaffaqiyatli topshirilsa O’zbekiston Universitetlarining Bakalavr va Magistraturaga kirish imtihonlarida belgilangan chet tili fanlaridan ozod etiladi va maksimal ball taqdim etiladi.

Undan tashqari, ushbu sertifikat dunyoning ko’plab nufuzli Universitetlariga kirish uchun asosiy omil bo’lib xizmat qiladi. CEFR’ning yana bir asosiy jihati shuki, qayta-qayta imtihon topshirmaysiz (istasangiz topshirasiz), bir martaning o’zi yetarli.

Yurtdoshlarimizga mana shunday imkoniyatni yaratish maqsadida O’zbekistondagi Cambridge English Assessment markazi Fast Education bilan hamkorlikda Samarqand shahrida CEFR B2 imtihoni tashkil etiladi.

Imtihon o’tkazilish sanasi: 27-yanvar
Imtihon o'tkazilish manzili: Fast Education o'quv markazi

Imtihonga ro’yxatdan o’tish

Biz bilan aloqa: +998998898670

Telegram | Instagram | Facebook
5.7K views06:14
Open / Comment
2020-12-21 08:07:37
Xorijiy universitetlarda nufuzli ta’lim olish uchun ajoyib imkoniyat

Dunyoning ko’plab nufuzli universitetlarga qabul jarayonida ingliz tili darajasini tasdiqlovchi hujjat asosiy ahamiyat kasb etadi. Agar ariza topshiruvchining ingliz tili darajasi C1 bo’lsa talaba bo’lish ehtimoli keskin ortadi.

CEFR C1 darajasi IELTS 7.0-8.0 bilan teng mavqega ega va ushbu sertifikatni qo’lga kiritganlar uchun katta imkoniytalar eshigi ochiladi. Bu esa o'z navbatida, yorqin kelajak sari dadil qadam demakdir.

O’zbekistondagi Cambridge English Assessment markazi Buyuk Britaniya bilan hamkorlikda CEFR C1 imtihonini tashkil etmoqda.

CEFR sertifikatlarining yaroqlik muddati mavjud emas. Muvaffaqiyatli natija esa sizga bir umr xizmat qiladi.

Imtihon o’tkazilish manzili: Samarqand shahri
Imtihon o’tkazilish sanasi: 2-fevral
Imtihonga ro’yxatdan o’tish: https://bit.ly/3rht7k3
Biz bilan aloqa:
+998998898670

Telegram | Instagram | Facebook
1.3K viewsedited  05:07
Open / Comment
2020-12-14 13:11:07 ​​Cambridge English Assessment endi Samarqand shahrida

Dunyo bo’ylab katta mavqega ega bo’lgan Cambridge English Assessments endi Samarqand shahrida. Yangi yilning yanvar oyida hamyurtlarimiz uchun Samarqand shahrida CEFR B1 imtihoni tashkil etiladi.

CEFR B1 sertifikatini qo’lga kiritgan inson:

• ish, maktab yoki dam olish bilan bog'liq mavzularda muntazam ravishda uchraydigan masalalar bo'yicha asosiy fikrlarini tushunishi mumkin bo’lgan
• sayohat qilishda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan holatlarni bartaraf eta oladigan
• tajriba va hodisalarni, orzu va umidlarni, shuningdek fikrlar yoki rejalarni qisqacha tasvirlab bera oladigan shaxs sifatida tan olinadi.

Qolaversa, ushbu sertifikatni qo'lga kiritganlar yurtimizdagi OTM bakalavriatining kirish imtihonlaridagi chet tili fanidan ozod etiladi va maksimal ball taqdim etiladi.

Shu munosabat bilan, 23-yanvar kuni Samarqand shahrida CEFR B1 Level imtihoni tashkil etiladi. Quyidagi link orqali onlayn ro’yxatdan o’tishingiz mumkin

Onlayn ro'yxatdan o'tish

Telegram | Instagram | Facebook
6.9K views10:11
Open / Comment
2020-12-09 08:38:34
CEFR haqida eng ko’p beriladigan savollarga javob beramiz

Cambridge English Assessment tomonidan berilgan CEFR sertifikati O’zbekiston Universitetlariga o'tadimi?

Ha, albatta. Imtihondan muvaffaqiyatli o'tgan va kamida B2 sertifikatiga ega bo’lgan shaxslar O’zbekiston universitetlari tomonidan tan olinadi va kirish imtionlarining ingliz tili fanidan ozod etiladi.

Ushbu CEFR sertifikati Davlat Test Markazi tomonidan beriladigan CEFR sertifikatidan farqi bormi?

Farqi bor. Cambridge English Assessment tomonidan yo’lga qo’yilgan CEFR imtihoni DTM taklif qilayotgan CEFR imtihonidan keskin farq qiladi. Masalan, biz taqdim etadigan sertifikat butun dunyo bo’ylab tan olinadi.

Kompyuter orqali CEFR imtihoni qay tartibda o’tkaziladi?

CEFR imtihonining strukturasi haqida avvalgi postlarimizda javob bergan edik. To’liq ma’lumotni quyidagi havola orqali topishingiz mumkin: https://t.me/cambridgeassessments/31

To'liq ma'lumot: +998998898670

Telegram | Instagram | Facebook
1.5K views05:38
Open / Comment